просмотров
“Oltin stol” qoidasi
Bordi-yu siz odamlar bilan gavjum bo’lmagan mashhur kafelardan biriga kirib qolsangiz va u yerning xodimi sizni kiraverishdagi noqulay joyga o’tkazsa, hayron bo’lmang! Bu yo’l bilan ovqatxona odamlar bilan gavjumlik ko’rinishiga ega bo’lmoqchi hamda mijozlarni o’ziga qaratmoqchi bo’ladi.
Ko’pgina restoranlarning egalari ham “Oltin stol” siyosatining haqiqatdan ham borligini tan oladilar. Chiroyli va ko’rkam ko’rinishdagi mijozlarni xodimlar peshayvon, oyna oldiga yoki zal markazidagi eng yaxshi joylarga o’tkazishga harakat qiladilar. Bu bilan ular o’z korxonalarining ko’rkam va mashhurligini ko’rsatmoqchi bo’ladilar.
“Band qilingan” yozuvli taxtacha aslida nimaga qo’yiladi?
Deyarli hamma restoranlarda eng yaxshi joylar va kattaroq stollarda “Reserved” yozuvli taxtacha qo’yilgan bo’ladi. Aslida bu stollar doim ham band qilingan bo’lmaydi, shunchaki, “kutish rejimi”da turadi. Bu narsa ko’pchilik sig’adigan hamda yaxshigina daromad berishi mumkin bo’lgan katta stolga biror bir juftlik kelib o’tirib olmasligi uchun qilinadi.
“Besh soniya” qoidasi
Yana bir oshkor aytilmaydigan qoida: yerga tushib ketgan, biroq besh soniyaga yetmay turib, ko’tarib olingan taom yeyishga yaroqli, deb qabul qilinadi. Bordi-yu, xodimlar bu ishni besh soniya ichida bajara olmasalar, “o’n soniya” qoidasi ishga tushadi.
Ofitsiantlar nima uchun tarelkalarni tez olib ketadilar?
Hech sezganmisiz, odamlar stoldan turar ekanlar, yo’qliklarida ofitsiantlar hali oxirigacha tanovul qilinmagan taomlarini olib ketmasliklarini sizdan nazorat qilib turishingizni so’rab qoladilar. Chunki ofitsiantlar haqiqatdan ham shunday qiladilar – bu ularning asl maqsadi. Ya’ni qo’lingizni ovqatdan bir bahyaga uzishingiz bilan xodim likopchangizni olib ketishga shoshiladi. Shunda mijozning oldi bo’shab qoladi, bunday holda o’tirishdan uyalgan xo’randa yana biron narsaga buyurtma beradi.
“Aytilmagan buyurtma” qoidasi
Ha, ovqatlanish muassasalarida – xoh katta restoran bo’lsin, xoh kichik fastfood kafesi bo’lsin, shunday qoida bor. Ya’ni siz buyurtma berishni nihoyasiga yetkazmasingizdan ofitsiant savol bilan murojaat qiladi: “Sizga qaysi vinodan olib kelay – qizilidanmi yoki oqidan?” Siz avvaldanoq hech qanday ichimlik ichishni rejalashtirmagan bo’lsangiz ham, xodimning bunday murojaatidan keyin noqulay ahvolda qolmaslik uchun birorta ichimlikni tanlashga majbur bo’lib qolasiz.
Ofitsiant atayin tez-tez ichimlik quyib turadi
Ichimlik shishasi stolga kelib tushishi bilanoq, navbatdagi ustalik boshlanadi: ofitsiant stolingiz atrofida girdikapalak bo’lib aylanadi hamda har bir xo’plamingizdan kegin bokalingizni ichimlik bilan to’ldirishdan to’xtamaydi. Yo’q, u sizni bo’ktirish niyatida emas, shunchaki ichimlik tanovul qilish o’rtasida tugab qolsa, siz ichimlikka yana buyurtma berishingizdan umidvor.
Menyudagi hiyla
Bunday hiylalar kamdan-kam uchrasa-da, biroq uchrab turadi: ya’ni menyudagi narxlar 100 gramm mahsulot uchun ko’rsatilgan bo’ladi, taomning portsiyasi esa bu ko’rsatgichdan ko’proq bo’ladi. Ofitsiantlar bu haqda aytib o’tirmaydilar, menyuda esa bu ma’lumot yulduzcha bilan ajratib ko’rsatilishi kerak. Shuning uchun buyurtma berayotganingizda menyuni diqqat bilan ko’zdan kechiring, aks holda hisob-kitob qilayotganingizda raqamlar sizni hayron qoldirishi mumkin.
Tekin gazaklar faqat qopqonda bo’ladi
Sizga bepul gazaklar taklif qilishmoqdami, ehtiyot bo’ling – bu ham ovqatxona nayranglaridan biridir. Aslida sizga taklif qilinayotgan gazaklarning barchasi tashnalikni keltirib chiqaradi. Shunda siz qo’shimcha ichimliklarga buyurtma berasiz. Suv, vino, sharbat, qahva – bularning hammasi o’zingizning hisobingizdan.
Bordi-yu sizni bepul ichimlik, kokteyl yoki desert bilan siylashgan bo’lsa, xushyor torting. Bu ham bekorga emas, hamma narsaning sababi bor. Birinchidan, ofitsiant sizning ovqatxonada ko’proq o’tirishingizdan yoki choychaqani tuzukroq berishingizdan umidvordir. Ikkinchidan, ovqatxona xodimlaridan biri sizni yoqtirib qolgan bo’lishi mumkin. Ha, bunday voqealar ham uchrab turadi.
Ozroq musiqa haqida
Yana bir qiziq ustamonlik: har bir ovqatxonada musiqa yangrab turadi. Agar siz xodimlardan musiqa ovozini biroz pasaytirishni so’rasangiz, ular “xo’p bo’ladi” deb, iltimosingizni bajarganday qilib ko’rsatadilar. Aslida esa musiqa o’sha balandlikda jaranglayveradi. Buni qarangki, sizga musiqa ovozi haqiqatdan ham pasaygandek tuyuladi.
Baland musiqa tovushi insonning ishtahasini yanayam ochadi, jo’shqin ohanglar ritmi ostida esa odam ovqatni yanayam tezroq yeydi va bu bilan ko’proq taom tanovul qiladi.
Ofitsiantning taklifidan ehtiyot bo’ling
Ofitsiant sizga yomonlikni ravo ko’rmaydi, biroq undan faqat yaxshilikni kutish ham to’g’ri emas. Axir ular o’rgatilgan bo’ladilar va asosan ovqatxonaga naf keltirish payida bo’ladilar. Agar ovqatxona ofitsiantisizga biron nimani qat’iyat bilan taklif qilayotgan bo’lsa, buning bir necha sabablari bo’lishi mumkin: u buyurtmalarni adashtirib qo’ygan bo’lishi mumkin; yoki muayyan bir mahsulotni o’tkazgani uchun u qo’shimcha bonusga ega bo’ladi; yoki bo’lmasam, oshxonada qaysidir taomning yaroqlik mudda tugamoqda yoki uning miqdori juda ko’p. Shuning uchun buyurtma berayotganda ofitsiantning taklifidan saqlaning.
Eng qimmat taom oxirida sanab o’tiladi
Bu hiylani fransiyalik ovqatxona xodimlari o’ylabtopganlar: buyurtma berayotganingizda ofitsiant xuddi tezaytishlar aytyotgandek ichiliklar nomini sanab ketadi: “Chardonnay, sauvignon, chablis?” Agar siz bu ichimliklar haqida eshitmagan bo’lsangiz, oxirgi so’zni qaytarib qo’ya qolasiz. Bu bilan siz bunday ichimliklarni bilmasligingizni berkitmoqchi bo’lasiz, ammo eng oxirida sanalgan ichimlik eng qimmatlisi bo’ladi.
Kokteyl bilan bog’liq hiylalar
Va nihoyat oxirida kokteyllar haqida aytib o’tamiz:
*Barmenning shirakayf xo’randalar uchun tayyorlagan maxsus kokteyllari – bu shisha idishlardagi qolgan ichimliklarning sheykerdagi zo’r aralashmasidir
*Eski pivoni yangi qilib ko’rsatish uchun uni blenderda biroz ko’pirtirib oladilar
*Agarda barmen uzoq vaqt davomida “Б-52” kokteylini yondira olmayotgan bo’lsa va buni “bug’i ketib qolgan” deb tushuntirsa, demak uning tarkibida haqiqiy ingrediyentlardan ko’ra, oddiy aroq bo’lish ehtimoli bor.
*Pushti vino, deb maqtayotganlari aslida qizil va oqvinoning aralashmasidir.
Biz ushbu maqolamiz bilan ofitsiantlarni yomonlamoqchi emasmiz, yuqorida keltirgan ma’lumotlar hamma ofitsiantlarga ham taalluqli emas. Halol va insofli ovqatxonalarning xodimlari ham vijdonli bo’ladilar. Biroq aldanib ahmoq bo’lib qolgandan ko’ra, ozgina pishiqroq bo’lgan yaxshi-da.
Сообщения из Facebook