Braziliyalik Derek Rabelo – Payplayn – dunyodagi eng kuchli va juda havfli (o’lim bilan barobar) to’lqinni zabt etgan dunyodagi yagona serfer emas. Lekin, boshqa serferlardan uni bir narsa ajratib turadi: u absolyut darajada ko’r bo’lib, suvda boshqa sezgilariga tayanadi.
Derek tug’ilganida, uning otasi Ernesto bolaga, dunyodagi birinchi gavaylik serfing bo’yicha chempion, Derek Xo sharafiga ism berishga qaror qilgan. Ernesto o’z ham serfing bilan shug’ullangan va o’g’li otasi va unga ismini qo’ygan inson izlaridan borishi haqida orzu qilgan. Afsuski, glaucoma tufayli, bola ko’r tug’ilgan va serfing haqida unutish mumkin bo’lib tuyulgan edi. Lekin, bolaning yaqinlari, agar uning istagi bo’lsa, u hamma narsani eplay olishiga va hatto serfer bo’la olishiga ishonar edilar.
Derekning otasi uni ikki yoshligidanoq bodibordda uchishga olib borar edi. Unga suvda doim qulay bo’lgan bo’lib, serfing uning qonida edi. U 17 yoshga to’lguniga qadar deyarli, tu’lqinga chiqib olishga harakat qilmagan. Shunda, otasi Derekga serfing uchun doska sotib olib bergan. Otasi Derekni boshlang’ich ko’nokmalarga o’rgangan, lekin bolaning o’zi ham professional serfer bo’lish uchun juda ko’p mashqlar qilishi kerakligini yaxshi tushungan. U serfing maktabiga o’qishga kirgan va murabbiy Fabio Marudan o’rgangan.
“Birinchidan, mening otam meni qo’llagan va yordam bergan. Biz okeanga ertalablari borar edik. Yana, u meni serfing maktabiga, men o’qishim va ko’proq mashq qilishim uchun yubordi. Shu bilan birga, men do’stlarim bilan ham ko’p mashq qilar edim. Ular meni o’zlariga teng ko’rar edilar”, - deb aytib berdi Derek.
Lekin, doskaga turmoq va kichik to’lqin ustida o’zni tutib turmoq bu bir ish, ammo mashxur Payplaynni egarlamoq bu umuman boshqa ish. Maktabda o’qishning bir necha oyidan keyin, Derek aynan shuni qilishni istagan edi. Va u buni qildi, hamda afsonaviy professional serferlarning tasannosiga erishdi. Derek Payplaynni zabt etishi haqidagi video rejisser Brayn Djennigsni documental film sur’atga olishga ilhomlantirdi.
Hatto ko’zi yaxshi ko’radigan serferlar yaqinlashishga qo’rqadigan to’lqinlarni zabt etish qanday qilib Derekning qo’lidan keladi? U o’zining boshqa sezgi a’zolariga tayanadi. Derek to’lqinlarni, ularning dinamikasini sezish uchun, ushlab ko’radi hamda, eshitishga tayanadi. “Men okeannieshitaman va uni his etaman, to’lqinlarni ularning shovqiniga qarab farqlash mumkin”, - deydi Derek. “Agar, sizning orzuingiz bor bo’lsa, u holda siz o’zingizga ishonishingiz kerak. Aks holda siz xech nimaga yetisholmaysiz. Men har birimizga Xudo kuchli sezgi organlari ato etganiga ishonaman. Ularni entuziazm va matonat bilan ishlating”.
Сообщения из Facebook