Ko’pchilik o’rganib qolganki, aholi uylarini pastdan tepaga qurishlarini. Zamonaviy tehnologiyalar ko’p qavatli uylarga tepaga o’sishga imkon beradi, huddi yomg’irdan so’ngi qo’ziqorinlarday. Lekin sanoqli binolarni topish mumkin, birinchi qavatdan emas, tomdan boshlab qurishgan.
Kolumb minoralarini Madridda qurish.
Kolumb minoralari: qurilishni boshlanishi.
Madridda (Ispaniya) ikkita osmono’par bino-egizaklar joylashgan, ularning nomi Torres de Colon (“Kolumb minoralari”). Ular 1976 yilda noodatiy usulda qurilgan. Birinchi bo’lib fundament markazida temirbeton stolblar paydo bo’lgan, undan osilib turadigan troslar bilan. Bundan so’ng quruvchilar pastki qavatini emas, balki tomini qurishni boshlashgan. Bundan so’ng qavatlar binoda tepadan boshlab paydo bo’lishgan.
Kolumb minoralarini qurilishi: Qudrat kolonnalari bor, lekin kvartiralar hali yo’q.
Loyihada ishtirok etgan muhandislar, qurilishni bunday usuli vaqt va sarmoyalarni tejaydi deb takidlashgan. Tepadagi qavatda elektrik, santehnik va ishlov beruvchilar o’z vazifalarini bajarayotganda, keying qavatni pastda qurishni boshlashgan. Haqiqatdan ham, bunday tehnologiya qurilish vaqtini bir necha oyga qisqartirgan, pul ham yuzlab ming dollarga kamroq ketgan.
Ispaniya poytahtida Kolumb minoralaridan biri.
Leningraddagi g’aroyib uy birinchi qavatini qurilishi.
Torres de Colon – shunday binolardan biri emas. Shunday tehnologiya bo’yicha Irlandiyani Dublindagi Markaziy Banki, Yohannesburdagi (JAR) yana bitta bank, Polshada uchta uy va Sankt-Peterburgda Magnitogorsk, 95 ko’chasida qurilgan.
Piterda (u paytda Leningradda) 4-qavatli bino 1959 yilda qurilgan. Panellardan qurilgan qavatlar domkratlar yordamida ko’tarilgan.
Leningraddagi panelli uy qurishdagi qurilish ishlari.
Uy foydalanishga rekord qisqa muddat ichida topshirilgan. Leningrad obkomini rahbariyati muhandislar va ishchilar ishlarini yuqori baholashgan, lekin ish bitta uydan nariga bormagan. Gap shundaki bunday qurilish hammadan yuqori malakani talab qilgan, ya’ni mahsus hodimlarni tayorlashga pul sarflashga to’g’ri kelar edi. Buning bilan shoshmaslikka qaror qilishdi.
Сообщения из Facebook