Biz o’z sayyoramiz haqida barcha ma’lumotlarga egadek tuyuladi ba’zida. Biroq, hatto eng taniqli turistik joylarda chindan ham hayratlanarli burchaklarni – tabiat tomonidan yaratilganini ham, inson qo’li orqali yaratilganini ham ko’rish mumkin.
Biz siz uchun, siz balkim hali eshitmagan 17 ta tengi yo’q joylarni havola etmoqchimiz. Va yana bir juda qiziq bonus sizni maqola oxirida kutmoqda.
17. Puledagi amfiteatr, Xorvatiya
Italiyaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri bu rimlik Kolizeydir. Ammo xorvat shaharchasi Puleda ham bundan qolishmaydigan amfiteatr bor. U daraxtdan qurilgan, va keyinchalik m.a. I asrda qaytadan toshdan qurildi, 23 mingta odamgacha sig’dirardi va katta kor’rinishlar uchun ishlatilardi. V asrda gladiatorlik janglarini man etishlari bilanoq, bu bino sekin sekin buzila va o’g’irlana boshladi. O’rta asrlarda arenani qoramollarni boqish joyi, yarmarka va ritsarlik turnirlari o’tkazish joyiga aylandi, XX asrda esa – harbiy bayramlar, paradlar va teatr ko’rinishlari o’rkazish joyi edi.
16. Shondong g’ori, Vyetnam
G’or 1991 yilda ochilgan, ammo uning o’rganilishi 2009 yilda boshlandi, tashkillashtirilgan turistlar guruhlariga u yerga kirishni yaqinda ruxsat berishdi. Shondongni- dunyodagi eng katta g’or deb atashadi – uning uzunligi 9 km dan ortiq, arkalarining balandligi shundoq balandki, u yerda osongina 40 qavatli inshoot sig’ishi mumkin. G’or ohakli tog’li yerlar chyqalishi natijasida hosil bo’lgan, endi uning ichida o’zining daryosi va sharsharasiga ega o’zining ekotizimi, noyob o’simliklar, hayvonlar, stalaktitlar va g’or marjonlari – yuz yillar davomida qum ustida, suv ta’sirida kalsitdan hosil bo’lgan toshlar mavjud.
15. Reziya ko’lidagi minora, Italiya
Reziya ko’li 1950 yilda ikkita qishloq suv ostida qolishi va gidroelektrostansiya va damba qurish natijasida hosil bo’lgan. Suv havzasi ustida hali XIV asrda qurilgan minora qad ko’tarib turibdi. Ko’ldagi suv bosimi o’zgarishi natijasida soatlik minoraning faqatgina uchini ko’rish mumkin. Qattiq shamollar sababli ko’lda to’lqinlar paydo bo’lib turadi, va shu uchun bu joy syorferlarga juda yoqadi.
Yozda minora atrofida katerda aylanish mumkin, sovuqlar tushishi bilan esa turistlar minoragacha muz ustida yurib yaqinlashishlari mumkin. Bundan tashqari, Afsonaga ko’ra, bu yerda hali ham qo’ng’iroqlar tovushini eshitish mumkin, biroq qo’ng’iroqlarning o’zini suv bosishidan oldinroq yechib olishgan.
14. Kallanish Mengirlari, Shotlandiya
Britaniyaning eng ko’p reklama qilingan inshooti bu Stounxendjdir. Lekin Shotlandiyaning Lyuis orolidagi Sirli Kallanishni olimlar megalitik madaniyatning eng yirik haykali deb atashadi. Bu 13 ta haykal va haykal guruhlari vertikal holatda turadi, va xuddi yer ichida o’sib chiqqan, 5 metrli toshlardek aylanani hosil qiladi. Aylana atrofida kelt krestini eslatadigan shakldagi, uchlari bilan dunyoning to’rt tomonini ko’rsatuvchi toshlar o’rnatilgan. Bir fikrga ko’ra, mengirlar – bu ulkan oy kalendari, boshqa fikrga asosan esa – bu qadimiy marosimlar maskani.
13. Pon-d’Ark tabiiy ko’prigi, Fransiya
Fransiya shimolidagi juda gavjum shahar ko’chalaridan uzoqda, Pon-d’Ark degan joyda shu nomli tabiiy ko’prik joylashgan. U Ardesh daryosi ustida joylashgan bo’lib, aynan o’sha daryo qoyali yerda yuz yillar davomida 50 metr balandligi va 60 metr kenglikdagi arkani yuvib-yuvib hosil qildi. Bu yerda hayratlanarli darajada tinch va sokin, yozda kanoeda suzish bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi. Ko’prikdan ozgina o’tib, haykal joylashgan – yoshi 30 ming yilgacha bo’lgan g’ordagi chizmali Shove qadimiy g’ori.
12. Madain-Salix, Xegra, Saudiya Arabiston
Iordaniya Petrasiga qaraganda, Madain-Salix arxeologik majmuasi unchalik taniqli emas, biroq u yoshi 2000 yilga yaqin bo’lgan Saudiya Arabistonning eng qadimiy yodgorliklaridan biridir. Bu tarixiy shahar-yodgorlik o’z ichiga qadimiy nabatey shahri Xegradagi 111 ta qoyali qabrlar, minoralar, turar joylar, cherkovlar va gidrotexnik inshootlarini oladi, bu shahar qachonlardir savdo markazi hisoblangan. Barcha qurilmalarni haykallar, barelyeflar va chizmalar bezab turadi.
11. Elton ko’li, Volgograd tumani, Rossiya
Ushbu g’aroyib va sho’r hovuzning yuzi – 150km2, va bu uni Yevropadagi eng minerallangan ko’lga aylantiradi. Uning chuqurligi yozda 7-10sm ni va bahorda 1,5 m dan oshmaydi. U kulik va turnalarning muhim migratsiya makoni hisoblanib, turistlarni g’aroyib tuzli manzaralar va balneologik xususiyatlari bilan maftun etadi. Ko’l joylashgan makon, ya’ni Elton parki, bir necha yuzlab xillardagi o’simliklar va hayvonlarning, shu navbatda noyob turkumlarning uyi hisoblanadi.
10. Kafedral darasi, “Purnululu” milliy parki, Avstraliya
YUNESKO ning Umumjahon merosi obyektlari ro’yxatiga kiritilgan milliy park “Purnululu” chiziqli, qumli tog’ zaminiga, ko’llariga boy, bu yerning flora va faunasi noyobdir. Uning hududi atrofida ko’p sonli daralar mavjud, va ulardan eng chiroylisi – Kafedral darasi, va u ajoyib akustikali haqiqiy tabiiy amfiteatrni tashkil qiladi.
9. «Orta Labirinti», Ispaniya
“Orta Labirinti” – XVII asrning oxirlarida neoklassik bog’ sifatida, Barselonada barpo qilingan tarixiy va qadimiy parkdir. Bu joy tirik klumbalar, besedkalar, kanallar bilan jihozlangan, madaniy va jamoaviy bayramlarni o’tkazish uchun eng ajoyib maskan hisoblanar edi. Bugungi kunda park ichiga kichik sonli odamlar kirishi mumkin.
Сообщения из Facebook