![Yirik shaharlardagi ko’p qavatli uylarning tomida qurilgan 15 nafar kichik uylar](https://odam.uz/public/upload/media/posts/2018-01/28/caf52158fca15358cc5452c56799f739_1517111589-b.jpg)
7,009
просмотров
просмотров
Yirik shaharda istiqomat qiluvchilar ko’pincha tinchgina dam olish imkonini bera-digan kichkina dala xovlisi bo’lishini orzu qiladilar. Haqiqatan ham ayrim bahtiyor insonlarning “shahar changalzorlari” ichida joylashgan ana shunday hashamatli uy-lari bor. Quyida esa ushbu yirik shaharlardagi ko’p qavatli uylarning tomiga quril-gan 15 nafar osoyishta uychalar haqida bilib olasiz.
1. Minskdagi kottedj
Umumiy maydoni 253 kvadrat metrni tashkil etadigan va 3 pog’ona: sakkizinchi, to’qqizinchi qavat va tomdagi qo’shimcha qurilmani o’z ichiga oladigan xonadon-kottedj.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-1-8f593ceadceb6a74292e113918de5a1f.jpg)
2. Nyu-Yorkdagi dala xovli.
Maftunkor ayvoncha va ajoyib bog’ga ega bo’lgan xushmanzara uyga nazar tashlab, uni Nyu-Yorkdagi osmono’par binolardan birining tomida joylashganiga ishonish qiyin.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-3-c9dcb0f2b2ccdce0478e674201f27725.jpg)
3. Xitoydagi kottedj qishlog’i
Xengiangda yirik savdo markazining tomida butun bir kottedj qishlog’i qurildi. Osmono’par shaharcha yigirma besh nafar bir xil yoqimli sarg’ish tusdagi villadan, saranjom-sarishta yo’lakchalardan, maysazor va yashil rangli ekinlaridan iborat.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-5-558b2207a0a8e8b21c60f29872faeebe.jpg)
4. Niderlandiyadagi «Moviy orzu»
Turar-joy binosining tomida qurilgan va barcha qulayliklarga ega bo’lgan bu qoyil-maqom uy Rotterdamning xaqiqiy diqqatga sazovor joyiga aylanib qolgan.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-7-a9dfcfb5d4d1aa8641a223c0dcec24f9.jpg)
5. Nyu-Yorkdagi pushti rang uy
Bu pushti rang fasadga va mittigina ayvonchaga ega bo’lgan, ko’p qavatli uyning tomida qurilgan kichkinagina uycha yirik shaharning qoq markazida joylashgan xilvat joydir.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-9-38750c12a1649e7fd6671d66929d6144.jpg)
6. Irkutskdagi uy ustidagi uy
Irkutskdagi ko’p qavatli turar joyning tomida qurilgan ikki qavatli kottedj – 27 metr balandlikda joylashgan o’zgacha ko’rinishdagi maskan.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-11-773e68f501bf687eb087bd0b705934d8.jpg)
7. Nyu-Yorkdagi qarorgoh
Tomda barpo etilgan uslubiy shinam qarorgoh qizil g’ishtdan qurilgan turar joy bi-nosining uzviy davomiga aylandi.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-13-56f47e2c3b3cc2c650ca70bb5a51f1d2.jpg)
8. Syurixdagi dam olish majmuasi
Syurixdagi mehmonxonaning tomidagi ma’danli suv to’ldirilgan basseynli kichkinagina uy o’zingizni dunyoning cho’qqisida deya his qilish imkonini beruvchi ajoyib dargohdir.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-15-56f47e2c3b3cc2c650ca70bb5a51f1d2.jpg)
9. Nyu-Yorkdagi dupleks
Nyu-Yorkdagi beshqavatli uyning tomida barpo etilgan jozibador dupleks.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-17-e5013a4b0e73ec367689cd5e5f6009a4.jpg)
10.Chjuchjoudagi ikki qavatli kottedjlar
Chjuchjoudagi savdo markazining tomida qurilgan, uy oldi xududlariga ega bo’lgan betakror villalar – shahar turar joy maydonini tejashning yaqqol namunasi.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-19-10c1b9880cfac2b64b07df9d2ce2455a.jpg)
11. Nyu-Yorkdagi sersavlat uylar
Nyu-York Brodveyidagi eski turar joy binosining tomida joylashgan uchta sersavlat uy.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-21-00b04f8910b0f3d5df1cd853ce3a0e88.jpg)
12. Nyu-Yorkda oddiygina qurilmalar
Nyu-Yorkdagi ko’p qavatli turar joy binosining tomida Acheson Doyle Partners Architects kompaniyasi tomonidan qurilgan ko’kalamzor ekinlar orasidagi oddiy-gina uy qurilmalari.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-23-6df51f0cb8148a70a79ebd9b59b20cb4.jpg)
13. Loft
Ko’p qavatli uyning tomida qurilgan, dizayner Verner Ayslinger tomonidan o’ylab topilgan zamonaviy va o’ta qulay loft – toshli changalzorlardan uzoqlashmay turib tabiat bilan yuzma-yuz kelishning zo’r imkoni.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-25-2c7cbb3ad2cafdcf5817c60ddf73be04.jpg)
14. San-Diegodagi “Qulayotgan yulduz”
“Qulayotgan yulduz” uyi arxitektor Du Xo Suxning San-Diegodagi maktabning tomida barpo etilgan xaqiqiy durdonasi hisoblanadi.![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2018-01/28/1439-28-3000b250bb8a966f655f7cbc6c471dad.jpg)
Сообщения из Facebook