Ranglar haqida qiziqarli faktlar
Ranglar haqida qiziqarli faktlar
Biz o’z fe’l atvorimiz, shaxsiyat va dunyo haqidagi mukkammal tushunchalarga ega emasmiz! Bazi narsalarni ko’z bilan ba'zi narsalarni esa eshitish orqali soddagina qabul qilish mumkin. Aslini olganda biz ko’z bilan aniq korib turgan ranglarni ham yashirin manolari bo’lishi mumkin. Shu sababli ham bugun siz avval eshitmagan va habardor bo’lmagan ranglar haqidagi ajoyib faktlarni etiboringizga havola etamiz.

Qizil rangni erkaklar va ayollar miyasi turlicha qabul qiladi.

Olimlarni aniqlashicha qizil rangni qabul qilishga X xromosoma aniqrog'i uning tarkibidagi gen javob beradi. Ayollar DNKsi tarkibida bu kabi xromosomalar ikkita bo'lganligi bois ular qizil rangni yorqinroq va har bir kichik elementlariga qadar aniq qabul qilishadi. Erkaklar DNKsi tarkibida esa bu turdagi xromosoma bitta. Shu sababli ham ular och qizil, qirmizi va qizil kabi tuslarni bir biridan ajrata olmaydi. 

Musiqa rangi

Kaliforniya olimlari tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarning birida musiqaning ham rangi mavjud ekanligi aniqlandi. Bir guruh ko’ngillilar ishtirokida o’tkazilgan natijalarga ko’ra, ijobiy ma'noga ega bo’lgan musiqalar inson tasavvurida iliq rangli ta'surotlar misol uchun sariq, krem rang ko’rinishlarni hosil qilishi aniqlandi. Shu bilan birga g'amgin musiqalar inson tasavurida to'q ranglar ko'rinishini hosil qilar ekan. Ushbu ma'lumot turli shou o'tkazuvchi tashkilot a’zolariga qo'l kelishi mumkin. 

Xromofobiya

Xromofobiya– insonning ma’lum bir rangdan qo'rqish kasalligidir. Agar etiborli bo'lasangiz ayrim insonlar ma'lum bir rangga bo'yalgan honalarda o'zlarini noqulay his qilishini sezishingiz mumkin. Tashqi tomondan qaraganda buni ongsiz bezovtalik huruji deb o'ylasa bo'ladi. Aslida barchasi bundan ham murakkabroq. Bunday hurujlar nafaqat ma'lum bir rangdagi honalar ichida emas ma'lum rangdagi libos, idish tovoq, yoki buyum bilan to’qnash kelib qolganda ham sodir bo'ladi. Bu kabi muammolar ruhiy jarohatlar oqibati olaroq yuzaga keladi. Xromofobiya bezovtalik hissi ko'ngil aynishi bosh aylanish holatlari bilan birga kechadi. 

Kulrang dunyo

Balki bu siz uchun juda g’alati tuyilar ammo dunyo aslida hech qanday rangga ega emas. Xa haqiqatdan ham barcha ranglar miya faoliyatining natijasi bo'lib u tashqi olamdan qabul qilgan malumotlarini rang shaklida yetkazib beradi. Aslini olganda atrofimizdagi buyumlar ma'lum darajada yoritiladi. Inson ko'zi turli uzunlikdagi elektromagnit to'lqinlarini qabul qilib ularni rang ko'rinishida qabul qiladi.  Rangni qabul qilish buyumlarni shakli, kattaligi uning qayerda joylashgani va qanchalar yoritilganiga bog'liq.Olimlarning taxminlaricha rangni qabul qilish evolyutsiya jarayonida kelib chiqqan psixofiziologik hodisadir.

Daltonizm

Bu insonnning rangni idrok etish borasidagi o’ziga hosligidir. Gap shundaki rangni qabul qilish uchun inson organizmida ishlab chiqadigan uch hil oqsil javob beradi. Daltoniklar esa irsiy o’ziga hoslik tufayli ana shu oqsillarning biriga ega bo’lmaydi. Ko’p hollarda daltoniklar qizil rangni yashil bilan almashtirishadi. Bu esa haqiqiy daltonizm deyiladi. 

Dunyodagi eng sevimli rang - moviy.

AQSH universiteti olimlari dunyodagi eng sevimli rang qaysi ekanligini bilish uchun tadqiqot o’tkazdilar. Tadqiqotchilar natijalarning samarali bolganini malum qilishdi. Ular turli ijtimoiy tabaqalar va turli yoshlardan iborat bo'lgan ko'ngillilarni tadqiqotga jalb qilishdi. Aniqlanishicha insonlar ko'proq moviy va ko'k rangni  yaxshi ko'rishar ekan.Toki bu rangni insonlar boshqalarga nisbatan ko’proq yaxshi ko'rar ekanlar marketing ustalari ushbu ma'lumotdan ajoyib usulda foydalanishlari mumkin. 

Pushti rang insonni tinchlantiradi

“Pushti rang ko’z o’ynaklaringni olib tashla” degan gap bejizga emas. Aniqlanishicha pushti rang insonni tinchlantirishi bilan birga tajovuskorlikka qarshi kurashishiga yordam beradi.  U alam hissini nari ketkazadi jismoniy faollikni oshiradi shu sababli ham uni davolash markazlari ijtimoiy moslashish muassasalarida keng qo'llashadi.

Qahva idishlari rangi

Ispaniya Universitet olimlari qaysi rangdagi idishlar qaxvaning tam sifatiga ta'sir qilishini aniqladilar. Olimlarning aytishlaricha qaxva ichadigan idishlarni jigarrang tusdagisidan aniqrog'i qaxvaning o’zi kabi tusdagisidan tanlagan maqul. Issiq shokoladni esa to'q sariq va krem rangli idishlardan ichgan ma'qul.

Qora va oq

Ranglarning qaysi biri haqiqatdan mavjud qaysi biri yo'q?

Istalgan rassom sizga oq rang dunyoda mavjud emasligi qora rang esa turli ranglar qorishmasi ekanligini aytadi. Fizika sohasida ish olib boradigan olimlar esa sizga buning aksini aytishadi. Qora yoruqliqning yoqligi shu bilan birga rangni ajrata olmaslik natijasida kelib chiqqan ko’rinishdir. 

Yulduz rangi

Yulduz rangi uning haroratiga bevosita bog'liq, bu esa yulduzning rangi qanchalar xira bo'lsa uning shunchalar issiq ekanligidan darak berishi haqidagi fikrni inkor qiladi. Eng issiq yulduzlar o'zidan sovuq ranglar spektorini taratadi, ular oq va ko’k ranglardir. Ozidan kam issiqlik taratuvchi yulduzlarning rangi sariq va to’q sariq rangda bo’ladi. Eng sovuq yulduzlar qizil rang bilan tovlanadi.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook