просмотров
Bugun esa, sanoat chiqindilarining 90 metr chuqurligi ostida yotibdi. Sayohatchi-fotograf va jurnalist Amos Cheppl (Amos Chapple) mahalliy fotograf Kiprian Xord (Ciprian Hord) bilan birgalikda, bundan 40 yil avval qishloq aholisi evakuasiya qilingan joyga, keldilar. U yerda faqatgina bir qancha odam qolgan.
1970 yillarda Djamana (ha, bu birinchi sur'atdagi cherkovning huddi o'zi).
1977 yil bahorida Ruminiyaning prezidenti va diktatori, mahalliy aholi o'z ona qishloqlaridan ko'chishga tayyorlanishlari haqiqatdagi xabar bilan, geologlarni yuborgan edi. Aholining yashash joyi joylashgan tog' yon bag'ridagi tog'da mis konlai topilgan edi. Odamlarga ularning uylari uchun kompaniya qilib - ikki ming dollarga yaqin mablag'ni taklif qilishdi. Djamanalik 300 ta oila o'z ona yerlarini tark etib, butun mamlakat bo'ylab tarqalib ketishgandi.
Roziya Poyeni (Rosia Poieni) shaxtasida ishlar jadal sur'atlarda ketayotgan edi. U Evropadagi mis qazib olish bo'yicha ikkinchi eng yirik shaxta bo'ldi.
Hukumat Djamana vodiysini yopish maqsadida to'g'on qurishdi va sanoat chiqindilari bilan ifloslangan suvlar, qachonlardir hosildor bo'lgan, aholi yashash yerlarini to'ldira boshladi.
Toksik ko'lning sathi yiliga o'rtacha bir metrga ko'tarilishda davom etmoqda.
Ko'lning ba'zi qismlari shaxtaning kislotali ohova ariq suvlari oqib tushadigan joyga aylandi.
Bu yerning yashash uchun absolyut darajada yaroqsizligiga qaramay, o'z o'lkalarini hamma ham tashlab ketmagan.
Mariya Prata - ketmagan qishloqning 20 nafar aholsidan biri. Ko'lning sathi ko'tarilgan sari, odamlar tepaliklar bo'ylab teparoqqa ko'chib o'tmoqdalar. 70 yoshlik Mariya o'zining butun bolaligini Djamanada o'tkazgan, molxonada uxlagan. "Men bir tomondan, sigirlar esa boshqasida".
Sur'atda Mariya va uning turmush o'rtog'i. Sur'at qilingandan bir necha yil o'tgach, qishloqqa geologlar kelishgan. Bu ayol hayratlanarli darajada shaxtalar faoliyatiga tinch munosabatda. "Qilingan ish qilib bo'lindi. Qishloq vayron etildi. Xech bo'lmaganda odamlar uchun ish joylari bor". Biroq, boshqa shu yerda yashashga qolgan odamlar kabi, u hukumat bitta va'dalarini buzganlarini kechira olmaydi.
O'z vaqtida qishloq aholisini ularning ajdodlari qabrlari ko'chirilishiga ishontirishgan edi. Biroq, bu hodisa shu bo'yicha yuz bermadi.
Ana Prata, 2012 yili vafot etgan, turmush o'rtog'ining qabriga qarab turadi. Ayol uni shu yerga dafn qilishlarini xohlaydi. Qabr, uni Ananing ota-onasi va buvi va buvalarning qabrlarini ayanchli qismati yetmasligi uchun, toksik ko'ldan balandda bo'lgan tepalikda joylashgan.
Roziya Poyeni shaxtasi bosh direktori pressa bilan chiqindilar ko'li fonida gaplawmoqda. U eski qabrlar qismati haqida xech nima bilmaganligini ta'kidladi. Lekin, qabriston yonidagi cherkov ko'chirib o'tilishi to'g'risida ishontirib aytdi.
Bosh direltor, ularga pul kompensasiyasi to'langandan keyin ham vodiyda yashashga qolgan aholi, "bizning uylarimizda yashamoqdalar. Lekin, biz vaziyatga, ular shaxtalar ishlariga halal qilmagunlarigacha, sabr bilan munosabatda bo'lmoqdamiz", deydi.
Mahalliy ahililardan biri fotografga cherkovning spilini besh yildan avval demontaj qilishga urunishganini aytdi. Biroq, ishlarni mahalliy aholining g'azabli protestlari sababli to'xtatishdi, dedi. Ammo, chiqindilar ko'lini ko'lining sathi ko'tarilishi davom etmoqda, hamda yaqin orada vodiyda xech kim qolmaydi.
Сообщения из Facebook