просмотров
Internet foydalanuvchilar ziqnalik qilmadilar va 7 000 dan ziyod shov shuvli statistik ma'lumotlarni berishdi.
1. London faqatgina 2005 yilga kelib aholi sonining 1939 yili fiksasiya qilingan miqdoriga erishdi. Shuni e'tirof etish kerakki, na Parij, na Berlin urushdan avvalgi miqdorga hali yeta olmadilar.
2. 5 foizdan 10 foizgacha musallas bir yildan keyin yaxshiroq bo'ladi, va ulardan atigi bir foizi besh yildan keyin yaxshilashadi.
3. Google ning statistik ma'umotlariga ko'ra, o'rtacha hisobda har oltinchi qidiruv so'rovi unikaldir.
4. Katta Tokioda Kanadadan ko'ra ko'p odam istiqomat qilar ekan.
5. Agarda bir vaqtning o'zida 70 ta odam birga yig'ilsa, ularning xech bo'lmaganda ikki nafari hoy na hoy bir kunda tug'ilgan kunini nishonlaydilar.
6. Oxirgi 40 yil ichida Yer o'zining yovvoyi hayvonotining yarimini yo'qotdi.
7.Yerda Somon yo'lidagi yulduzlardan ko'ra 30 marotaba daraxtlar ko'proq.
8. Odamning 90 yil umri - bu taxminan 5 000 haftadan sal kam vaqt.
9. Britaniyalik uchuvchilarning 43 foizi parvoz vaqtida xech bo'lmaganda bir marotaba uxlab qolganlarini tan olganlar.
10. Vatikanda rim papalarining 1 kilometr kvadratga nisbati 2,3 ga teng.
11. Osiyolik 8 foizga yaqin erkaklar Chingizxonning to'g'ridan to'g'ri avlodlaridirlar.
12. AQSH da McDonald's restoranlaridan ko'ra kutubxonalar ko'proqdir.
13.Qachonlardir Yer binafsha rang bo'lgan edi. Merilend Universiteti genetiklarining tadqiqotlariga asosan, qadimgi mikroblar quyosh nurlarini yutish uchun xlorofill emas, balki, boshqa molekula - retinalni ishlatishgan. Shu yo'l bilan ular yashil rangni yutishgan va qizil va och binafsha ranglarni qaytarganlar, ularning qo'shilishi esa, binafsha rangni keltirib chiqargan. Kelajakda ranglar muvozanati yana siljishi mumkin degan taxmin mavjud. Yer atmosferadagi o'zgarishlar sababli binafsha rang bo'lib, koinotdan yashil bo'lib tuyuladi.
Dunyoda bilimlari darajasi bilan qoniqqan odamning o'zi bo'lmasa kerak. Qanchalar ko'p bilgan sari, shunchalar ko'p shibxalar paydo bo'ladi. Ammo o'qib organishga xech qachon kech emas.
Сообщения из Facebook