Britaniya qirol oilasi navbatdagi an'anaviy o'z harajatlari to'g'risidagi hosobotni chop etdi. Aniqlanishicha, oilaviy byudjetning juda katta qismi monarx zotlarining rasmiy tashriflariga sarflanar ekan.
Qirol oilasi sayohatlari soliq to'lovchilarga har yili 4,5 million funtga tushar ekan. Ularning eng qimmatlari shaxzoda Charlz va uning rafiqasi Kamilla Parker-Boulzlarning Ruminiya, Italiya va Avstriyaga bo'lgan tashriflari bo'ldi. Yana bir kichik safarni shaxzoda Charlz Lankashirga shu yili 46 ming funtga amalga oshirdi.
Safarlarga bo'lgan harajatlarni shaxzoda Uilyam va Keyt Middlton amalga oshirgan bo'ldi. Hindiston va Butanga safar uchun juftlik deyarli 100 ming funt sarf qildilar. Juftlik uchun samolyot chiptalari hamrohlar bilan birga 35 ming funt va yana 62 ming shaxsiy samolyotda bu mamlakatlarda ichki parvozlar uchun sarflangan. OAV ma'lumotlariga ko'ra, Uilyam va Keytga bu safarda 12 odam hamroh bo'lgan.
Shaxzoda Uilyamning ikki kunlik tashrifi 37 ming funtga aylangan. Parijga tashrif uchun Uilyam va Keyt Middlton xususiy samolyotni 20 ming funtga ijaraga olishgan.
Shaxzoda Annaning Rossiyaga tashrifi oilaviy byudjetga 40 ming funtga aylangan.
Shaxzoda Filippning Devondagi rasmiy kechki ovqatga tashrifi 18 ming funtga, Milliy assambleyani ochilishiga tashrif esa 19 ming funtga to'g'ri kelgan. Qirolicha bilan birgalikda Shotlandiyaga safari 20 ming funtga aylangan.
Bu yili soliq to'lovchilar elkalariga monarx oilasi uchun xususiy samolyot harajatlari yotdi. 10 million funt samolyotni qaytadan jihozlanshga sarflangan edi. Xususiy samolyot qirol oilasining safarlarga bo'lgan harajatlarini qisqartirishi kutilmoqda.
Albatta, bu kabi safarlar qirol oilasi a'zolari uchun aslo ta'til emas. Vaqtning katta qismini monarx oilasi a'zolari rasmiy tashriflarga sarflaydilar. Ularning kunlari daqiqalargacha taqsimlab qo'yilgan. Madaniy haykallarga ekskursiyalar esa 40 daqiqadan ko'p davom etmaydi.
Сообщения из Facebook