Yaqindagina Shvetsiyada ahlat umuman qolmagani haqidagi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, davlat hukumati boshqa mamlakatlarga utilizatsiya qilish uchun chiqindilarni olish taklifi bilan murojaat qilish niyatida ekanligiga nima deysiz?
Tozalikni xush ko’ruvchi shvedlarga bu nima uchun kerak bo’lib qolganini quyida birgalikda ko’rib chiqamiz.
Yevropaning ko’pchilik mamlakatlarida chiqindini saralash tizimi juda ommabopligi sir emas, albatta. Shvetsiyaga kelsak, bu erda chiqindilarni saralash misli ko’rinmas keng ko’lamga etib bordi. Mamlakatda ahlat uyumlari umuman yo’q, chunki bu yerda har qanday chiqindi zudlik bilan qayta ishlovga jo’natiladi.
Chiqindilarni saralash madaniyati malakat aholisida bolaligidan tarbiyalanadi. Bolalar bog’chalarida mittivoylarga ahlatning zarari va foydasi to’g’risida gapirib beriladi, ularning uylarida esa turli chiqindilar, ya’ni oyna, qog’oz, plastik, metall, karton va har bir boshqa turdagi chiqindilar uchun alohida, kamida 6-7 konteynerlari bor.
Bilasizki, plastik 7 marta qayta ishlansa undan yana foydalanish mumkin bo’ladi. Bundan keyin esa uni yoqib yuborish uchun elektrostantsiyaga jo’natiladi. Har qanday holda ham plastik faqat foyda keltiradi.
Plastik va temir butilkalar masalasiga kelsak, Yevropaning boshqa ko’p mamlakatlaridagi kabi Shvetsiyada ham ularni supermarketda o’rnatilgan maxsus qabul qilish avtomatiga topshirish mumkin. Topshirilgan butilkalar uchun avtomat pul chiqarib beradi.
Agar shvedlarda muddati o’tib ketgan dori vositalari bo’lsa ularni aptekaga utilizatsiya uchun olib boradilar. Aholi vakillari maishiy texnika yoki mebeldan qutulishni istasalar, ularni bunday chiqindilarni qayta ishlash stantsiyalariga eltishadi.
Chiqindini transportirovka qilish yer osti havo o’tkazgichi orqali amalga oshiriladi. Uni mamlakatda 1961 yildayoq qurib bitkazganlar. Noto’g’ri saralangan chiqindi uchun shvedlarni katta miqdordagi jarima kutadi.
Agar statistika ma’lumotlariga murojaat qilsak, davlatdagi ahlatning atigi 7% foizigina chiqindi tepaliklariga etib boradi, qolgan barchasi qayta ishlashga yo’naltiriladi. Shvetsiya poytaxti Stokgolmda elektr energiyasi bilan ta’minlanish 45% foizga chiqindilarni qayta ishlash hisobiga amalga oshiriladi.
Mamlakatda chiqindilarni qayta ishlash mexanizmi shu darajada kuchayib ketganki, tez orada ushbu holat qanchalar g’alati tuyulmasin oddiy fuqarolarning hotirjamligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Chunki isitish va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi ham qayta ishlanadigan chiqindilarga bog’liq. Xozircha bu vujudga kelgan vaziyat bilan masalani hal qilishga Norvegiya mamlakati yordam beryapti. U yerdan Shvetsiyaga har yili 800 000 tonna chiqindi olib kelinadi.
Сообщения из Facebook