Hech narsa yozning issig’ida yaxshi muzlagan tarvuzchalik qutqara olmaydi. Agar tarvuz danaksiz bo’lsa, ayni muddao. So’z bilan aytganda, bu mevani yetarlicha obro’si bor. Foydali xossalari juda ko’p. Bu haqiqatni olimlar yana bir isbotladilar.
Tarvuzning po’stlog’i va urug’ini yesa bo’ladi
Yuz mingga yaqin manbalar tarvuzni po’chog’ini tashlab yubormaslikni maslahat beradilar. Ma’lum bo’lishicha, ulardan C, B1, B2 vitaminlariga boy bo’lgan kokteyl tayyorlash mumkin. Tarvuz po’chog’ini kichkina kubiklar shaklida kesib, uni limon, bodring va ezilgan muz bilan birga blenderga soling.
Tarvuzga qo’shib uning danagini ham yeyish mumkin. Aslida tarvuzning danagi qovoq urug’i hamda pistadan farq qilmaydi. Tadqiqotlar tarvuzning danaklari yallig’lanishga qarshi kurasha oladigan xususiyatga ega ekanligini, teriga ijobiy ta’sir qilishini ko’rsatdi. Bundan tashqari tarvuzning urug’i tarkibida temir, rux, oqsil va kletchatka kabi moddalar mavjud.
Tarvuz asosan suvdan iborat
Aslida meva hisoblangan ushbu poliz ekini asosan suvdan iborat ekanligini hamma biladi. Ha, tarvuzdagi suv miqdori 91% ni tashkil etadi. Tarvuz kaloriyasi kam bo’lgan eng shirin poliz ekinidir, 100 gr tarvuzda bor - yo’g’i 38 kaloriya mavjud.
Tarvuz miyya va ko’z uchun foydalidir
Tarvuz A va B6 vitaminiga boy, shuning uchun u ko’z nurini ravshanlashtiradi, aqliy qobiliyatning ko’taradi, tiniq fikrlashga va xotiraning yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Tarvuz ultrabinafsha nurdan himoya qiladi
Tadqiqotlardan ma’lumki, tarvuz ham ba’zi mahsulotlar kabi organizmning ultrabinafsha nurlariga qarshiligini oshiradi. Biroq bu quyoshdan himoyalovchi kremlardan voz kechish kerak, degani emas. Axir ular tanani zararli quyosh nurlaridan saqlaydi.
Tarvuz tanani chiqindilardan tozalaydi
Olimlarning ta’kidlashlaricha, tarvuz ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, buyrak va jigarni tozalaydi, yurak qon-tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi hamda tanani chiqindilardan tozalaydi. Agar sizda tarvuzni is’temol qilishga qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa, kuniga 3 kiloggrammgacha tarvuzni qo’rqmay yeyishingiz mumkin.
Tarvuzda nitratlar bor-yo’qligini tekshirish oson
Tarvuz organizm uchun eng xavfsiz hisoblangan mahsulotlardan biridir. Bugungi kunda bu ayniqsa muhimdir. Biroq shuni tan olish kerakki, oxirgi paytda ko’pgina mahsulotlar nitratlar yordamida yetishtirilmoqda, bu esa o’z navbatida mahsulotning foydali xususiyatini kamaytiradi. Tarvuzning sog’lomligini tekshirish uchun uning kesilgan bir bo’lagini suvga solib ko’rishning o’zi kifoya. Agar 1-1,5 soatlardan keyin suv ozgina xiralashsa, tarvuz yeyishga yaroqlidir. Agar suv to’q pushti, qizil yoki olovrangga kirsa, bu mevani tashlab yuborgan ma’qul.
Shirin tarvuzni tanlashni o’rganamiz
1.Tarvuz tanlayotganda o’rtacha kattalikdagisiga e’tibor bering, uning og’irligi 5-7 kg dan oshmasligi lozim.
2. Shakli yassiroq tarvuzlar eng shirini hisoblanadi, ularning danagi ham kamroq bo’ladi.
3. Tarvuzning dumi qurigan va sariq bo’lishi kerak – bu uning pishganligining belgisidir. Tarvuzning yashil dumi uning yetilmaganligini bildiradi.
4. Tarvuzning yetilganligini uni urib ko’rib ham bilish mumkin: uning ovozi bo’g’iqroq bo’lishi kerak va siqib ko’rilganda tarsillashi kerak.
5. Yaxshi tarvuzning po’stlog’i biroz yaltirab turadi va bir tarafi ozgina sarg’aygan bo’ladi, chunki tarvuz pishayotgan vaqtida aynan shu tarafi bilan yerda yotgan.
Сообщения из Facebook