просмотров
Mening buvim 60 yoshida o'z o'limiga tayyorgarlik ko'rayotganlari esimda, hamda shundan keyin ular yana 15 yil umir ko'rganlar.
Albatta, bunday negativ fikr yuritish o'z - o'zidan paydo bo'lmagan. Katta yoshdagi avlodlar, haqiqatda ham, boshlaridan ko'p narsalarni o'tkazganlar. Eng qizig'i, olamni nessimistik qabul qilish nasldan naslga o'tar ekan. Baxtimizga, xozirgi kunda steriotiplarni buzadigan odamlar bor. Men hammaga va barcha narsalarga qarshi chiquvchi, yosh maksimalistlar haqida gapirayotganim yo'q.
Biz Nyu-Yorkda yashovchi o'ziga hos stilga ega ayol haqida ma'lumot tayyorladik. U internet sensasiyaga aylanib ulgurdi. 63 yoshlik, sosiologi fanlari professori, Lin Sleyterni stil ikonasi ( buti) deb ataydilar. Va bu juda ham unga loyiqdir.
Kunlardan bir kun paparassiyalar Linni Nyu York Fashion Week tadbirida, u yonlaridan o'tib ketayotgan vaqtda, mashxur yulduz deb o'ylashgan. Sur'atkashlar ayolni moda jurnalisti yoki bloger deb hisoblab, sur'atga olganlar.
Mash'um holatdan so'ng Lin haqiqatda ham o'zining shaxsiy moda blogini Accident Icon niki ostida yuritishni boshladi.
Shu bilan bir qatorda u mashxur bo'lish maqsadini hatto ketidan yurmagan edi ham.
Bunga qaramay takliflar birin ketin kelaverar edi.
Steylerga H&M, Mango kabi moda gigantlari, hamda boshqa taniqli brendlar o'z diqqatlarini qaratgan edilar.
Oxirgi bir necha yil ichida feshn-industriyasi qarilikni modaning odatiy qabul qilish chegaralaridan chiqish imkoniyati sifatida ko'rib chiqmoqda.
Lin Sleyterning foto sur'atlari internet bo'ylab " Amerikaning eng rusumli buvisi" kabi izohlar bilan tarqalib ketgan.
Haqiqatda ham, Linning stil hissi zavq va shavq hissiyotlarini uyg'otadi!
Sleyterning o'zi haqida shunday deydi: "Mening shaxsiy stilimni sharxlash qiyin. U mimimalistik, proaktiv, o'ziga rom etuvchi va avangardir. Lekin men uchun birinchi o'rinda haqiqiylikdir. Men xech qachon kundalik hayotda kiymaydigan kiyimlarda sur'atga tushmayman".
" Ba'zan kiyim tanlashda men qaltis qarorlar qabul qilaman, chunki ko'p marotaba bunga amin bo'lganman: kiyim menga ideal holda to'g'ri keladi, lekin ilgakda ko'rinishi unchalik emas. Lekin agar qandaydir keng tarqalgan moda tendensiyasi sizga to'g'ri kelmasa, zamonaviy bo'lish uchun unga rioya qilish shart emas. O'zingga yarashadigan narsalar bilan eksperiment qil" - deb davom etadi u.
Aytish joizki, Lin juda ham o'z yoshiga mos ko'rinadi, oq sochlarini berkitmaydi, sur'atlarini deyarli ishlov berib o'zgartirmaydi va tabiiy go'zallikni populyarizasiya qiladi.
Lin yaponiyalik minimalizm va konstruktivizmni juda hush ko'radi.
Uning 100 mingdan ortiq mushtariylari bor bo'lib, bloger ayolning har bir sur'ati 5 ming tadan kam bo'lmagan "Yoqadi" belgilarini yig'adi.
Agarda Linni bir nechta so'zlar bilan ta'riflaydigan bo'lsa, u holda bu nafislik, nazokat va futurizm.
Lin Sleyterning eng yaxshi ko'radigan aksessuari bu - quyoshdan saqlovchi ko'zoynaklardir.
Bu ayolni tomosha qilish - bu huzurdir. Endilikda men qarishdan qo'rqmauman, chin so'zim!
Bizning o'lkalarimizda nima uchundir yoshi katta odamlarga yorqin va chiroyli kiyim kiyish yarashmaydi deb hisoblanadi. Lekin, mening tilim bu ayolni qariya yoki buvijon deb aytishga nima uchundir aylanmayapti. Inkor etmayman, bizda ham 63 yoshida bundan yomon ko'rinishga ega bo'lmagan ayollar bor. Agarda sizni ham Lin Sleyterning stili ilhomlantirgan bo'lsa, u holda bu bilan do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing.
Сообщения из Facebook