Uyda tartib bo’lishini ta’minlaydigan zamonaviy organayzerlar
Uyda tartib bo’lishini ta’minlaydigan zamonaviy organayzerlar
Uyda tartibga erishish qiyin ish emas, faqatgina har qanday mayda-chuyda narsalarning saqlanishini to’g’ri tashkil qilish darkor. Axir, narsalar o’zining joyida yotmasa ular topish uchun vaqt ketadi, buning ustiga esa, joydagi narsalarning pala-partishligi vujudga keladi, shuning uchun ham interyer beo’xshov va tartibsiz bo’lib qoladi.
Demak, bugun uy ichida bekami-ko’st tartibga erishish uchun turli narsalarni qanday tartibga solish yo’llarini ko’rib chiqamiz.

Toza choyshab, to’shak childlarini saqlash uchun metall savatchalar

 Toza choyshab, to’shak childlarini saqlash uchun metall savatchalar
Shubxasiz, har bir uyda shunday javon yoki shkaf borki, u yerda toza choyshablar, ko’rpa, yostiq childlari, zahira adyoli va toza sochiqlar saqlanadi. Ularni qanday taxlasangiz ham bir kun kelib, baribir bir birining ustiga ag’anab, g’ijimlangancha saqlanish joyida tartibsizlikni keltiradi.
Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun, choyshablar, yostiq va ko’rpa childlari, sochiqlarni alohida savatchalarga taxlab chiqing. Buning uchun katta teshikli metall jihozlardan ham foydalansa bo’ladi. Choyshablaringiz bunday holatda g’ijimlanmaydi va shamollatib turilgani uchun o’ziga badbo’y hidni singdirib olmaydi. Natijada, javoningizda tartib xukm suradi, qayerda nima turganini doimo bilasiz va shuningdek yoqimli estetik effektga erishasiz.

Poyabzal uchun qulay organayzer

Poyabzal uchun qulay organayzer
Dahlizdagi betartiblikning asosiy sababchilaridan biri xonaning chetida yotgan poyabzallardir. U yer yoki bu yerda etik yoki botinka turganida xonada xarakatlanish ham juda noqulay bo’ladi. Shuning uchun ham oyoq kiyimini saqlash uchun qulay tizimni o’ylab chiqing yoki saqlash polkasini o’zingiz yasang.
Interyerning bunday o’ziga xos elementini yaratish uchun plastik truba, kantselyariya pichog’i va yelim kerak bo’ladi. Shak-shubhasiz, bu kabi organayzerga talaygina poyafzal juftliklarini joylashtirish mumkin. Shu bilan birga, saqlash tizimi ko’p joy egallamaydi va ko’zga ham chiroyli ko’rinadi.

Jurnallarni saqlash uchun to’qilgan yashiklar

Jurnallarni saqlash uchun to’qilgan yashiklar
Turli-tuman jurnallar ham mehmonxonada ancha joyni egallaydi, ayniqsa ularning soni ko’payganida. Ularni tashlab yuborishga ko’zingiz qiymaydi, bundan tashqari goh-gohida varaqlagingiz ham kelib qoladi. Ular har yerda sochilib yotmasligi uchun ularni to’qilgan qutilarga taxlab qo’ying, agar jurnallar ko’p bo’lsa birdani-ga 2-3 organayzer ishlating.
Shunday qilib jurnallar uyumini ko’zdan nariga olish mumkin, ular yo’qolib ham qolmaydi, interyer ham ancha ko’rkamroq va qiziqarliroq ko’rinishga ega bo’ladi.

Chashkalarni saqlash uchun osma uskuna

Chashkalarni saqlash uchun osma uskuna
Oshxonada ko’zga ko’rinar darajada tozalikka erishish uchun gorizontal yuzalarni imkon qadar bo’shatish kerak. Oshxona shkaflari va polkalarida salmoqli joy egallaydigan buyumlarning biri chashkalardir. Ular aslida ko’p emas. Axir, doim mehmon yoki qarindoshlar kelib qolish mumkin.
Agar oshxonaning turli burchaklarida turgan chashkalar uyingizda betartiblikni yuzaga keltira boshlagan bo’lsa ularni devorga joylashtirib chiqing. Buning uchun ko’p ilgakli osma organayzerdan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu zamonaviy, saranjom-sarishta, tartibli va qiziqarli ko’rinadi.

Qisqichlar va paxta disklari uchun kolbalar

 Qisqichlar va paxta disklari uchun kolbalar
Paxta disklari yoki qisqichlarni yo’qotib qo’ymaslik uchun ularni shaffof idishlarga solib qo’ying. Bu dekorativ kolbalar, yoki xatto oddiy bankalar ham bo’lishi mumkin. Siz bu bilan kerakli mayda-chuyda narsalar qayerda turganini doimo ko’rib turishga erishasiz va ularni izlab yurish uchun ortiqcha vaqt sarflamaysiz.
Bundan tashqari, shaffof anjomlar vannaning interyerida juda chiroyli ko’rinadi, ayniqsa agar vanna xonasi uncha katta bo’lmasa.

Tortma uchun ajratgichlar

 Tortma uchun ajratgichlar
Xar xil mayda narsalarni eng ko’p xollarda tortmalarga solib qo’yamiz va shuning natijasida bu tortda tamomila betartiblikni vujudga keladi. Xamma narsalar aralashib ketadi, bunday xolatda esa biror narsani topish juda qiyin bo’ladi.
O’zingizning xayotingizni osonlashtirish maqsadida maxsus ajratgichlar yoki to’g’ri tortma ichiga o’rnatiladigan kichik organayzerlar yordamidan foydalaning.

Rakovina ustidagi mobil polka

Rakovina ustidagi mobil polka
Rakovina oldida doimo mayda-chuyda narsalar ko’p bo’ladi – idish yuvish gubkasi, yuvish vositasi, temir cho’tka, yorshik, tozalovchi vosita, sovun shular jumlasidandir. Ularning saqlanishini tartibga keltirish uchun, oshxona interyerini bitta juda foydali va kerakli jihoz – mobil polka bilan to’ldirish kerak.
Bu polkani rakovinaning ustiga qo’yish ham mumkin. Unga qo’l ostida bo’lishi kerak bo’lgan barcha mayda-chuyda narsalar joylashtiriladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook