Xitoy va xitoyliklar haqida qiziqarli ma’lumotlar
Kimlardir uchun Xitoy – bu ming yillik qiziq tarixga ega ekzotik mamlakat bo’lsa, yana kimlardir uchun – u haddan tashqari ko’p aholisi bilan dunyoni to’ldirib yuborishi mumkin bo’lgan chumoli uyasidir. Ushbu maqolada Xitoy haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltiramiz.

Futbol Xitoyda paydo bo’lgan

Futbol Xitoyda paydo bo’lgan

2200 yil avval Xitoyda oyoqda o’ynaladigan to’p o’yini paydo bo’lgan va u keyinchalik u Yevropaga yetib borib, futbol, deya nomlangan. Ilk futbol to’pi teridan tayyorlangan bo’lib, ichi qushlarning patlari hamda ot sochlari bilan to’ldirilgan.

Xitoy Yangi yili 15 kun davomida nishonlanadi

Xitoy Yangi yili 15 kun davomida nishonlanadi

Avvalam bor, shuni aytib o’tish kerakki, Xitoy va Yevropa mamlakatlaridagi Yangi yil boshqa-boshqa sanalarda nishonlanadi. Xitoyliklar hisobi bo’yicha Yangi yilning dastlabki kuni 21 yanvar bilan 20 fevral oralig’idagi oy to’lgan kunga to’g’ri keladi. Shuning uchun bu kun yildan-yilga o’zgarib ketaveradi. Xitoyda bunday Yangi yil 15 kun davomida nishonlanadi.

Xitoydagi temir yo’l shunchalik uzunki, Yerni ikki marotaba aylanib chiqishi mumkin

Xitoydagi temir yo’l shunchalik uzunki, Yerni ikki marotaba  aylanib chiqishi mumkin

Xitoy egallangan maydon bo’yicha 4 chi o’rinda turadi, temir yo’llari ham butun mamlakatni qamrab olgan. Aslida Xitoy temir yo’llari shunchalik uzunki, u bilan Yer atrofini ikki marotaba aylanib chiqish mumkin bo’lar edi.

Har besh kunda Xitoyda osmono’par binolar barpo qilinadi

Har besh kunda Xitoyda osmono’par binolar barpo qilinadi

Hech bir mamlakat Xitoychalik jadallik bilan o’smaydi. Xitoyda bir yilda 73 ta osmono’par binolar qad ko’taradi, bu har besh kunda bitta baland imorat quriladi, degani.

2009 yildan beri Xitoyda Facebook taqiqlangan

2009 yildan beri Xitoyda Facebook taqiqlangan

Shunga qaramay, Xitoyda kamida 95 mln. odam Facebook ijtimoiy tarmog’idan foydalanadi, ular VPN servislari orqali blokirovkadan qutulib qolganlar. Xitoyliklarning boshqa bir qismi esa Facebookning o’rniga  ijtimoiy tarmoqni eslatuvchi turli xil saytlarni yaratdi. 

Dunyo aholisining har beshinchisi – xitoylik

Dunyo aholisining har beshinchisi – xitoylik

Agar siz xitoy tilini o’rganish – behuda ish, deb hisoblagan bo’lsangiz, fikringizni o’zgartirganingiz ma’qul. Axir dunyo aholisining 20% ini xitoyliklar tashkil etadi, bu har beshinchi odam – xitoylik, degani.

Van, Li, Zan – Xitoyda eng ko’p tarqalgan familiya

Van, Li, Zan – Xitoyda eng ko’p tarqalgan familiya

Bu familiya egalari mamlakat aholisining 20% ni tashkil etadi. Demak, har beshta insondan bittasi Van, Li yoki Zan familiyaga ega. Xitoy aholisining soni salkam bir yarim milliardligini hisobga oladigan bo’lsak, bu juda katta ko’rsatgich.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations