просмотров
"G'or odami" Anjelo Mastropetro bu hayolni ro'yobga chiqardi! U Vustershirdagi yoshi 250 million yillik g'orda joylashdi. Hamda xozir u yerda muhayyo bo'lgan qulayliklar bilan uni shahar kvartirasidan farqlab bo'lmaydi. Bu kishi uy uchun 160 000 funt va umrining 1000 soatiga yaqin vaqt sarf qildi. Lekin u yovvoyi tabiatga qulaylik olib kirishga erishdi.
Hodimlar tanlan olish bo'yicha avstraliyalik kompaniyaning sobiq rahbari asabiy eski hayotini ortda qoldirib, Vustershirda "yer tagiga ketish" ga qaror qildi.
U bu uchun, unga 2007 yili "parishonxotir skleroz" tashxisini qo'yishgandan so'ng, 160 000 funtga yaqin mablag' sarf qildi. Bir qancha vaqt davomida u o'ngli cho'kkan va ezilgan edi, lekin keyin u o'ziga: "Men baxtliroq va sog'lomroq hayotin bo'ladigan joyda yashashn xohlayman" deb aytdi.
Ikki nafar farzandlar otasi, o'zining orzusini ro'yobga chiqargunigacha, deyarli 80 tonna toshni kurab chiqishiga to'g'ri keldi.
Uning aytishicha, unga qoyilgan tashxis u uchun "unga o'z sog'lig'i va hayot tarziga hurmat bilan munosabat qilish vaqti kelgani haqida eslatgan katalizator" bo'lgan ekan.
Vustershirda tug'ilib o'sgan bo'lib, u g'or haqida birinchi bor 1999 yili bilgan edi. Bu g'or uy joy sifatida 300 yil davomida ishlatilgan bo'lib, 1940 chi yillarda tashlab ketilgan edi.
Evropada XX asrgacha saqlanib qolgan, eng qadimiy g'orli uyni Anjelo 62 ming funtga sotib oldi. 100 000 funt miqdorida byudjetga ega bo'lib, u mustaqil ravishda ishlab, g'orni tez orada shinam kvartiraga aylantirib yubordi. Faqatgina xonalar o'rtasidagi eshiklar ustidagi ish 11 kun vaqt talab etdi...
Bu yerda Anjelo uxlaydi. Shubhasiz, bu dunyodagi eng tinch yotoqxona bo'lsa kerak!
G'ordagi uyning shoxona mehmonxonasi.
Anjeloning uyida devorlar - oq rangda.
Bu sur'atda janob Mastropetro vannada o'tiribdi. U keyinchalik dushxonasiga aylantirishiga to'g'ri keldi. Anjelo vannani to'ldirish uchun etarli darajada suv isita olmasligini tushungandan so'ng shunday qildi.
Devorlarning past qubbalari va mayda toshda qilingan dekorasiyalar, dush xonasiga unikal ko'rinish bag'ishlaydi. Istgichli sochiq quritgich esa, uni qulay qiladi.
Mustaqil ravishda bu oshxonani loyihalashtirgan va qurgan, janob Mastropetro, g'orni, do'stlari bilan velosipedda qilgan sayri davomida, yomg'irdan saqlanayotgan vaqtida topib oldi.
Bu uy qanchonlardir g'or bo'lgani haqida, yashash joyi zamonaviy materiallar bilan ishlov olgan bo'sa ham, uyning devorlari va konturlari eslatib turadi.
Anjeloning uyiga suv, 80 metrlik chuqur, shaxsiy skvajinadan kiradi. Rakovinalar yashashda yog'och va tosh kabi organik xom ashyolar qo'llanilgan.
Mastropetroga loyihalashtish va qurish uchun ruxsatnomalar kerak emas edi. Shuning uchun uning fantaziyasi butun go'zalligida namoyon bo'ldi. Anjeloning ambisioz loyihasini Britaniya televideniesida ko'rsatildi. Hamda u tomoshabinlarning tasavvurlarini haqiqatda hayratda qoldirdi.
"Menga bu kabi qiyin masalalar yoqadi", - deydi Anjelo. " Mening familiyam "toshlar egasi" degan ma'noni anglatadi. Shuning uchun bo'lsa kerak, bu mening moyilligimdir. Ikkilanmay aytishim mumkin, men bu ish bilan avvallari kuchimni kompaniyamga sarflaganimdek, shunday g'ayrat bilan shug'ullandim. Men mag'rur va baxtiyorman. Bu haqiqatda ham ijodiy masala edi".
Katta oynalar orqali uyga doimiy ravishda yorug'lik tushib turadi. Katta ayvonda o'tirib uy devorlaridagi chirmashib o'suvchi o'simliklar ko'rinishidan bahramand bo'lish mumkin.
Uyning asosiy ajralib turuvchi belgilari bu - juda katta ayvon, shinam alohida xonalar va yorug' devorlar. Bu sur'atda eda siz toshli trubaning yuqori qismini ko'ryapsiz.
G'or qumtosh bo'lagida yuzaga kelgan. U joy professor Tolkienni O'rtayer dunyosini o'ylab topishga ilhomlantirgan bo'lsa kerak.
Anjelo Mastropetro o'zining yangi uyiga juda katta jismoniy mehnatni sarfladi va boshqa narsalardan tashqari, bu uning sog'lig'ini yaxshilashishiga ham olib keldi.
Yolg'izlikda yashashni niyat qilgan bo'lsa ham, Anjelo elektr quvvatidan ham, vodoprovoddan ham, hattoki internetdan ham vos kechmadi. Biroq, u o'zi aytganiday "uyning barcha qulayliklari bo'lsa ham, u g'orning qandaydir sharmini saqlab qolgan".
Сообщения из Facebook