73 yoshlik avstraliyalik Devid Glashin muvaffaqiyatli biznesmen edi. 1987 yili moliyaviy inqiroz vaqtida u deyarli barcha mol-dunyosini yo'qotdi.
O'sha vaqtlardan beri bu erkak kishi butun hayotini qaytadan ko'rib chiqdi va Yashil qit'a yaqinidagi kichkina orolda yolg'iz yashashga qaror qabul qildi. U yerda u kishi 20 yildan beri yashab kelmoqda.
Glashinning so'zlariga ko'ra yangi hayot qidirishga unda deyarli 10 yil ketdi. Biznesmen bankrot bo'lganidan so'ng, ko'p vaqt o'tmay uning rafiqasi undan ketib qoldi.
Avstraliyalikning yangi sevgan ayoli, unga birgalikda qanday bo'lsa ham, kimsasiz orolga qochib ketishni taklif qildi. Devid rozi bo'ldi. Biroq, oradan ko'p o'tmay, uning suygan yori, bu kabi yovvoyi tabiat orasida yashashga tayyor emas ekani aniqlandi. Shunday qilib avstraliyalik yolg'iz qoldi.
Tom Xenksga "Darbadar" (Cast Away) filmida "Vilson" markasining voleybol to'pi ulfat bo'lgan vaqtda, Devidning o'rtog'i bo'lib, Kvazi laqabli kuchuk chiqmoqda.
Sobiq millionerning yog'och kulbasida elektr quvvati deyarli yo'q, u quyosh batareyalari tomonidan yuzaga keladi. Bunga qaramay, avstraliyalik tashqi dunyo bilan aloqani yo'qotmaydi. U vaqti-vaqti bilan internetga kirib turadi. U teleshoular ko'radi va hattoki ayollar bilan tanishadi.
"Orolda yashashning eng yaxshi tomoni - siz to'liq yolg'izlikda va tinchlikda yashaysiz. Eng yomoni - tirik muloqot yo'qligida. O'z kashfiyotlaringiz haqida xech kim bilan o'rtoqlasha olmaysiz, gapirib bera olmaysiz. Men turmush o'rtoq yoki ikkita, topishdan xursand bo'lgan bo'lar edim. Ular mening yonimga yiliga xech bo'lmaganda bir ikki marotaba kela olishsa ham", deb fikr bo'lishdi.
Devid o'zi mustaqil ravishda o'z tomorqasida o'stirgan sabzavotlar bilan ozuqlanadi. Yiliga bir marotaba u yaqinda joylashgan shaharga borib keladi. U yerda u,o'zini xursand qilish uchun, mustaqil ravishda tayyorlash imkoni yo'q bo'lgan, shirinliklar va boshqa oziq ovqat maxsulotlarini xarid qiladi.
Ba'zan uning yoniga sayyohlar kelishadi. Ular " Robinzon Kruzo"ga sovg'alar olib kelishadi. Masalan, alkogol.
Tarki dunyo hayoti bilan bog'liq barcha minuslarga qaramay, avstraliyalik, jannatda joylashganini aytadi. Bularni u xech narsaga alishmasligini ta'kidlaydi.
Uning turmushi oddiy: u dengiz maxsulotlari va mevalar bilan oziqlanadi. Hattoki, xususiy pivo tayyorlagichni ham yasab oldi. Kunlarini dam olish, cho'milish va gitarada o'ynash bilan o'tkazadi.
Afsuski, Avstraliyaning Kvinslend shtati Oliy sudi (orol Brisben sohilidan 2.5 ming kilometr masofada joylashgan) Devidni, orolning ijara shartnomasi buzilgani sababli, oroldan xaydab chiqarmoqchi bo'lyapti. Shartnomaga asosan Devid Glashin orolda turizm va baliq ovi uchun barcha shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.
Xozirgi vaqtda Devid sudning qarorini bekor qilish uchun bepul yuridik maslahatxonalar qidirmoqda.
Сообщения из Facebook