просмотров
1. Shotlandiya
Shotlandiya – golf, viski va losos balig’iningvatanidir. Losos baliqlar qiroli hisoblanadi. Uni tutish uchun ham tvid(Shotlandiya milliy libosi) kiyib, qirollardek ko’rinishga ega bo’lish kerak.Shotlandiyada Spey va Tvid daryolari baliq ovi uchun juda qulay joydir.
2. Irlandiya
Irlandiya – baliq ovi uchun Evropadagi qulay joylardanbiridir. Bu yerdagi daryo va dengiz suvlari turli xil baliq navlariga boydir:losos, olabug’a (okun), gulmohi (forel), pikshi va hokazo. Irlandiyaliklarningmehmondo’stligi tahsinga sazovordir. Ovingiz baroridan kelsa, uni siz bilannishonlash uchun hamisha odam topiladi.
3. Sloveniya
Sloveniya nimasi bilandir Shotlandiyaga o’xshaydi:katta bo’lmagan tog’li yer, daryolari forelga to’la. Baliq ovlovchilarningasosiy maqsadi – Sloveniya faxri bo’lmish marmar lososni tutish.
4. Islandiya
Islandiya – yolg’izlikda baliq ovlash uchun ajoyibmaskandir. Yoqimli manzara qurshovida Atlantika lososi va forel baliqlariningovi sizda katta taassurot qoldiradi. Osmondagi bulutlar, yarim tundagiyorug’lik – bunday manzara hamma joyda ham uchrayvermaydi.
5.Janubiy Karolina, AQSH
Janubiy Karolina (AQSH) dagi Hilton-Xed orolida akulaovi avj olgan. Orol atrofidagi suvlarda yirtqich baliqlar juda ko’p. Nahanglarsoni bo’yicha bu yer yuqori ko’rsatgichga ega. Ularning turli tumanliginiaytmaysizmi.
6. Avstraliya, Shimoliy hudud
Avstraliya chuchuk suv havzalartida baramundi balig’lari bor. Bu baliq botqoqlik loylarida o’ynashni yaxshi ko’radi. Baliq ovidano’zgacha zavq olishni istagan baliqchilar uchun bu ayni muddaodir. Faqat timsohlardan ehtiyot bo’lish zarur.
7. Viks, Puerto-Riko
Viks – Puerto-Rikoning sharqidagi tropik oroldir,tarpon va albula baliqlarining klassik ovi uchun ajoyib maskandir. Odamlar ham bu yerda ko’p emas.
8. Tailand
Mekong degan joyda baliqlarning turi juda ko’p. Yirikskat, marlin, tunets, dorado. Bu yerning afzalligi – baliq ovini plyajdagi hordiqbilan birgalikda olib borish mumkin.
9. Texas, AQSH
Texasda olabug’a balig’ining ovi an’anadir. Bu baliqniMeksika chegarasi yaqinidagi Amistad ko’lida tutish mumkin.
10. Kuba
Kubada marlin baliqlarini ovlar ekansiz, buyuk adibErnest Hemingueyni eslab o’tmaslikning ilojisi yo’q. U ham baliq oviningshaydolaridan biri bo’lgan. “Qariya vadengiz” asarida qari baliqchi bilan yirik marlin balig’ining olishuvinitasvirlagan. Adib xotirasiga bag’ishlab har yili karnaval va baliq ovi turniri bo’lib o’tadi.
Сообщения из Facebook