просмотров
Bizning sahifamiz sizlarga dunyodagi eng noyob va ajoyib basseynlarga nigoh solishingiz uchun fotosuratlar tayyorlab qo'ygan. Balkim shu yozda siz aynan shu basseynlardan biriga cho'milishga borishingiz ham mumkin!
Chili, San Alfonso del Mag basseyni.
San Alfonso del Mar mehmonxonaning basseyni — dunyodagi eng katta basseyn. Uning uzunligi — 1 km. Bu basseynni qurilishiga $ 2 mlrd sarflangan edi, uni to'ldirishga esa bir yilda $ 4 mln pul sarf qilishadi. Dengiz suvini maxsus filtr yordamida oddiy suvga aylantirib basseynni to'ldirishadi, undan keyin esa suvni tozalab qayta dengizga quyib yuborishadi. Basseynni to'ldirish uchun bor yo'g'i 250 mln litr kerak bo'ladi.
«Osma basseyn», Gongkong
Indigo mehmonxonaning basseyni deyarli binoning 29-ci qavatida havoda osilib turibdi. U yerdan Gonkongn shaxrining chiroyli manzarasini ko'rish mumkin, shishali tubi esa suv tagidan ko'chani tepadan ko'rishga imkon beradi.
Suv tozaluvchi bekatining oldidagi basseyn, Meksika
Meksikadagi La Purificadora Hotel basseyni oldingi suv tozalaydigan bekatining barcha joyini egallaydi shu bilan restoran va barlar oralaridan o'tadi. Basseyndan Xalqaro YUNESKO ro'yxatidagi shaxarning ajoyib manzarasi ochiladi.
Avstraliya, Basseyn tumsoqlar bilan birga
Darvin shaxarining diqqatga sazovor joylarning eng muhimi — baxaybat tumsoqlarlik basseyn, ularning uzunligi 5 metrgacha yetib boradi. Akvarium ichiga mustahkam shishali kapsula — «o'lim qafasi» yordamida tushish mumkin. Aytishlaricha hamma ham bunga rori bo'lmayotgan ekan.
Infiniti-basseyn, Singapur
Marina Bay Sands mehmonxonaning basseyni — tomda joylashgan basseynlar ro'yxatida eng kattasi. U 55-chi qavatda joylashgan — bu basseyn ochiq osmon tagida bo'lib uchta 200 metrlik katta binolarni birlashtirib turibdi. Uning bortlari yo'q bo'lgani sababli suv huddi pastga oqib ketayotgandek tuyuladi.
Y-40 The Deep Joy basseyni, Italiya
Bu dunyodagi eng chuqur basseynlaridan biri. Uning chuqurligi — 42 metr, bu basseynni to'ldirish uchun 2,5 million litr suv ketadi. Basseyn ichida dayving uchun g'orlar bor va qurq qolib basseynning ichki tomonini tomosha qilish uchun suvosti tonneli bor.
AQSh, Basseyn akulalar bilan birga
Las-Vegasda joylashgan Golden Nugget kazinosidagi basseynida 16 hil turli akulalar oldida suzish mumkin . Uch bosqichli tepaliklar baxaybat havli baliqlar suzib yuradigan basseyn ichidan o'tadi. Bu basseynni qurish uchun $30 million sarf qilingan edi.
Tailand,Qizil suvli basseyn
O'zining boy kutubxonasi bilan mashxur bo'lgan The Library mehmonxonasi yana qizil rangli suv basseyni tufayli yanada mashxur bo'ldi. Qizil suv — bu ko'z boylamachilik, bu rang basseyndagi qizil plitkalari yordamida hosil bo'ladi.
Bali, Ikki bosqichli basseyn
Balidagi Hanging Gardens mehmonxonasidagi ochiq basseyn shundoqqina changalzor ichida joylashgan. Uning dumaloqsimon shakli tufayli huddi tabiat tomonidan paydo bo'lgandek tuyiladi. Bu yerda suzib ekzotik qushlarning qo'shiqlari bilan zavqlanish mumkin.
Tanzaniya, ko'l oldidagi basseyn
Four Seasons mehmonxonaning basseyni shundoqqina afrikan Serengeti qo'riqxonasining markazida joylashgan, bu basseynning oldiga hattoki hayonlar ham kelishadi.
Сообщения из Facebook