просмотров
Insoniyat tarixi mobaynida yopiq jamiyatlar va maxfiy joylar mavjud bo’lib kelishi xech kim uchun sir emas. Kimgadir bular xammasi o’tmishda qolgandek tuyulishi mumkin. Ammo bu unchalik xam to’gri emas. Bugungi kunda insoniyat jamiyatida sirlilik yanada ko’payganga o’xshaydi. Buning tasdig’i bo’lib 15 ta qiziqarli lekin juda xam kirish qiyin bo’lgan joylar haqidagi saralangan to’plam xizmat qiladi.
15 o‘rin. AQSH, Djorjiya shtati, Koka kola resepti siri saqlanuvchi yerto’la.
Mana100 yildan ortiq vaqt ichida “Koka kola” kompaniyasi alkogolsiz ichimliklar bozorida dunyo yetakchisi bo’lib kelmoqda. Kelajakda ham bu narsa o’zgarishi amri mahol bo’lsa kerak, chunku u o’z sirlarini astoyidil 125 yil saqlab kelmoqda. Bu sirli reseptni kompaniya Atlantadaga juda sinchikovlik bilan qo’riqlanadigan yerto’lalarning birida saqlaydi. Ekskursiya uchun bu “muqaddas” joyga kirish mumkin bo’lsada, bu degani resept sirini ko’ra olish imkoniyati borligini anglatmaydi.
14 o’rin. Norvegiya – Shpisbergendagi xalqaro urug’lar saqlash joyi
Shpisbergendagi xalqaro urug’lar saqlash joyi o’ziga xos Nux kemasini vazifasini bajaradi. Lekin faqat urug’lar uchun. Turli xil madaniyat va millatlarga havf soluvchi falokatlarni insoniyat yengib o’ta olishi uchun bu urug’lar saqlanish joyi qurilgan edi. U bizda qandaydir ekstraordinar xalokat yuz bersa ham ekinlarni tiklay olishimizga kafolat beradi. U yerga kirish mutlaqo amalga oshirib bo’lmas ish, ammo vizual sayr qilib chiqish imkoni bor.
13 o’rin. AQSH Virdjiniya shtati – Maunt Ueter shoshilinch operasiyalar markazi
Maunt Ueter markazi dunyodagi eng kuchli qo’riqlanadigan ob’ektlardan biri bo’lib, sayyoramizda ro’y berisgi mumkin bo’lgan shoshilinch vaziyatlarda, ayniqsa hukumatlarning yuqori toifali amaldorlari bilan yuz berishi mumkin xollada markaz muhim rolga ega. 2011 yil sentyabrida Dik Cheyni Nyu Yorkda teraktlar sodir etilayotgan vaqtda bu markazga maksimal havfsizlikni ta’minlash uchun etkazilgan edi.
Markaz Sovuq urush yillari davrida tashkil etilgan bo’lib, Vashingtondan bir nechadaqiqa uzoqlikda joylashgan. Bu yer usti va osti inshoati bo’lib, o’z o’tuchiruvchi va polisiya bo’linmalariga ega. Bu yerda o’z qonun qoidalari amal qilib, kuchli qo’riqlash tizimi sababli xech kim uning xattoki yaqiniga xam yaqin yo'lay olmaydi.
12 o’rin. Avstraliya – Vumer poligonining taq'iqlangan hududi
Xarbiy ob’ekt bo’lgani sababli yerdagi eng katta sinov Vumer poligoni hududiga kirish qat'iyan man qilingan. Agarda kimda kim xarbiy ob’ektga kirib qolsa, u o’z hayotini juda katta havfga qo’yadi, chunki havfsizlik tizimi uni dushman deb qabul qiladi. Poligon Avstraliya xarbiy kuchlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bu yerda ular turli xul qurollarni sinovdan o’tqazishadi. Bundan tashqari poligonda foydali qazilma boyliklari zahiralari bor. U mamlakatni kelajakda moliyaviy tomonlama ta’minlashi mumkin.
11 o’rin Braziliya – Yavari rezervasiyasi
Yavari rezervasiyasi Amazonkaning jungli zonasi bo’lib, tuzem xalqlari yuzlab yillar mobaynida izolyasiyada bu yerda yashab kelmoqdalar. Bu hudud jungli ichiga shu darajada kirib ketganki, ularni faqat odamlarning aktiv faoliyati tushurilgan sputnik sur’atlar yordamidagina aniqlash imkoni bo’lgan edi. Mutahassislar bu yerga etib kelganlarida esa, ular ishlov berilgan dalalar va hosil etilgani guvohi bo’ldilar. Bu qabilalarning havfsizligini ta’minlash maqsadida hukumat maydoni 77 000 km kv dan ortiq bu yerlarga kirishni man etib qo’ydi.
10 o’rin. AQSH, Nevada shtati – 51 Hudud
51Hudud o’zga sayyoralikalar mavjudligi masalasiga bevosita tegishlidir. Ko’pyillar davomida hukumat bu harbiy baza borligini inkor etib kelganlar. Bir qancha ma’lumotlarni maxfiylikdan chiqarib, ommaga taqdim etilishidan keyin ham inkor etish davom etmoqda.
Ayniqsa, bu o’zga sayyoralik hayot formalari va faoliyati bilan bog’liq izlanishlarga oid. Baza tomon olib boruvchi yo’lda juda ko’p ta’qiqlovchi belgilar bo’lib, ob’ekt kuchli qo’riqlash tizimi ostidadir.
9 o’rin. Belgiya ko’rfazi, Andaman orollari – Shimoliy Sentinel oroli
Shimoliy Sentinel oroli Hind okeanidagi eng go’zal orollardan biridir, ammo u yerga xech kim bora olmaydi. Bu turdagi orollarning ko’pi nihoyatda go’zal sohillarga ega bo’lsada, o’tib bo’lmas o’rmonlar bilan qoplangandir.
Muammo shundaki, mahalliy aholi begonalarni o’z hududiga kirishiga yo’l qo’ymasligidadir. Ular hattoki odam o’ldirishlari ham mumkin. Mahalliy aholi sivilizasiya bilan xar qanday aloqalarni rad etishadi. U yerliklar shu darajada ibtidoiyki, tepelaridan uchib o’tayotgan vertolyotlarga olov va nayzalar otishadi. Hind hukumati mahalliy aholi haq huquqlarini hurmat qilishadi va ularning daxlsizligini ta’minlab beradi. Bu choralar tuzem xalqi bilan aloqalar havfi yuqoriligidan hamdir.
8 o’rin. AQSH, Yangi Orlean – Disney klubi 33
Disneylendda Klub 33 mahfiy jamiyat bor bo’lib, u haqida faqat uning a’zolari ma’lumotga egadirlar. U Uolt Disney tomonidan 1967 yili mahfiy jamiyat sifatida asoslangan bo’lib, uning a’zolari Disneylendga kelgan siyosatchilar, mashhur yulduzlar,investorlar bo’lgan.
Bu klubni topish juda qiyin, uning joylashuvi haqida xech yerda ma’lumot yo’q. Mabodo uning joylashgan joyini topsada, uning ichiga kirish imkoni faqatgina personal taklifnomasi bor odamgagina nasib etadi.
Ko’pchilikni bu klubga a’zo bo’lishdan hayqitib turuvchi bir masala bu a’zolik badali bo’lib,u 25 000 dollarni tashkil etib, har yillik badal 10 000 dollar miqdorida va 14 yil oldinga navbat ham borligidir.
7 o’rin. Angliya, Uaytning djentelmenlar klubi
Uay tdjentelmenlar klubi – xattoki klub mavjudligi haqida odamlar 320 yildan beri xabardor bo’lsalarda, Angliyaning eng mahfay jamiyatidir. U faqat elita tabaqasidagi erkaklar uchungina ochiq bo’lib, ayollar va oddiy odamlar uchun klubga a’zo bo’lish ta’qiqlangan.
Klubdagi a’zoligini tugata olgan yagona inson bu Buyuk Britaniya bosh vaziri DevidKemeron bo’ldi. U o’z qarashlari va klub a’zolari qarashlarining zidligini anglab yetdi.
Bu klub djentelmenlarniki bo’lishiga qaramay, uning a'zolarni kazinolarda girt mast holatida uchratish ham mumkin. Klubga a’zo bo’lish qirolichadan risarlik unvonini olishdek qiyin.
6 o’rin. Shimoliy Koreya, Pxenyan – Raqam 39
Dunyodagi deyarli barcha hukumatlar mahfiy jamiyatlar yoki “qabih ishlar” bilan bog’liq bo’lgan. Shimoliy Koreya hukumati Raqam 39 tashkiloti (Byuro 39, Qism 39) faoliyati bilan bog’liq.
Turli manbalar hukumat va bu tashkilotning giyohvand moddalar sotish va moliyaviy firibgarliklar bilan bog’liq noqonuniy ishlari haqida gap olib bormoqdalar.
Bu hamkorlikdan olingan pullar yadro quroli ishlab chiqish va davlat rahbarlarining shohona hayot kechirishlariga yo’naltirilmoqda.
5 o’rin. Rossiya, Boshqortoston – Mejgorye
Rossiyadagi bu shahar eng o’zga xos shahar deb hisoblanadi.Mejgorye – bu yopiq shahar, unda mahfiy tashkilotlarda ishlaydigan odamlar yashaydi. NATO da shahar aholisi yadro quroli ishlab chiqarishga aloqador deb hasoblashadi. U Sovuq urush yillari davrida asoslangan bo’lib, xozirgacha funksionaldir. U yerga maxsus ruhsatnomasiz kirishning imkoni yo’q.
4 o’rin. Islandiya – Syurtsey
Syurtsey– bu Islandiya sohillaridan uzoqda bo’lmagan va 1963 yili 14 fevralda dengizdagi vulqon otilishi hisobiga paydo bo’lgan oroldir. Dengiz ostidagi vulqondan 3.5 yil davomida lava otilib chiqishni davom ettirgan bo’lib, hududi1.4 km kv ga teng orolni vujudga keltirgan. Ammo dengizdan to’lqinlar orolning hududini eroziya proseslariga uchratib kamaytirib bormoqda.
Bu yer flora va faunasini o’rganish ilmiy tadqiqot ekspedisiyalari uchun juda jozibador joy, ammo orolda odamlarning qadam qo’yishlariga uning tabiati to’sqinlik qilmoqda.
3 o’rin. Avstraliya – “Payn gep”
“Payngep” – bu Avstraliyaning o’ta mahfiy xarbiy bazasi bo’lib, keng ommaga uning faoliyati haqida ko’p narsa ma’lum emas. Aytishlaricha u yerda uchuvchisiz uchar apparatlarni sinovdan o’tkazishar ekan.
Baza1970 yili asoslangan bo’lib, avstraliya hukumati u to’g’risida og’iz ochishni hush ko’rmaydi. Baza hududida koinotdan keluvchi signallarni shu bilan birga josuslar sputniklaridan keluvchi signallarni ham kuzatib turuvchi radar qurilmalari bor. Bazaga kirish qat’iyan man etilgan.
2 o’rin. Ukraina – Pripyat
Ukraina yadro yogilg’isini tinchlik maqsadlarida ishlatuvchi davlatlardan biridir. Biroq Chernobil halokati sayyoramiz butun jonzotlari uchun yadroning qanday katta havf olib kelayotganini ko’rsatib berdi.
Pripyat shahri Chernobil atom stansiyasida halokat yuz bergan kunga qadar zamonaviy, rivojlanayotgan, gullayotgan joy edi.
Bugungi kunda Pripyatda yuqori radiasiya miqdori sababli yashash mumkin emas. Bu yerga faqat maxsus xizmat kuzatuvi ostidagina kirish mumkin. Ruxsatnomasiz Pripyatskga kirish iloji bor, ammo bu hayot va sog’liq uchun o’ta haxfli.
1 o’rin. Braziliya – Ilonlar oroli
Braziliyadagi ilonlar oroliga borishdan o’zini tiygan ma’qul. Birgina uning nomi ko’p narsani oydinlashtiradi. U orolda 4 000 tagacha ilonlar bor bo’lib, ular qushlar bilan ozuqalanadilar va ularning zahri odamni bir necha daqiqa yoki soatda o’ldiradi. Orolga tashrif etishni Braziliya hukumati ham taq’iqlab qo’ygan.
Сообщения из Facebook