Baykal, Michigan, Viktoriya kabi ko’llar o’zida bir necha avlod vakillariga yetkazish mumkin bo’lgan miqdordagi toza ichimlik suvini saqlaydi. Inson organizmning 80%i suvdan iborat bo’lgani sababli toza ichimlik suvi odam hayotining ajralmas qismi sanaladi. Biroq dunyodagi barcha ko’llar ham toza ichimlik suv bilan ta’minlanmagan.
Betakror shotland ko’llari o’z atrofidan Lox-Ness plezioavr izlaganlari uchungina emas, ikki asrdan buyon Britaniya orollariga olib boruvchi va kema qatnovini ta’minlovchi asosiy kanallardan biri sanalgani uchun ham mashhurdir. Keling, bugun inson “sharofati” va tabiat “in’omi” tufayli hech qachon hayot mavjud bo’lmaydigan ko’llar ro’yxatini ko’rib chiqamiz.
Rio Tinto, Ispaniya
Rio – daryo, Tino – qizil degan ma’nolarni anglatadi. Bir vaqtlar Braziliya Portugaliya kolonachilari tomonidan qizil daraxt deya atalgani ham bejizga emas. Ispan provintsiyasi bo’lmish Andalusiya bugungi kunda qadar Yevropa tarkibidagi hudud hisoblanadi.
Uch ming yildan buyon esa u yerdan oltin, kumush, mis, nikel, molibden qazib olishadi. Asr o’rtalarigak kelib hududdan simob olish ishlari ham boshlab yuborildi. Ko’lning suviga ta’sir etuvchi ushbu jarayonlar natijasida suv havzasining ko’rinishiga ham o’zgarib ketdi.
Bu yerda faqatgina ekstremel bakteriyalar hayot kechirishadi, ular anaerobik bo’lgani bois havo talab qilishmaydi, ammo azotsiz yashay olishmay ham. Astrobiologlar bu turdagi bakteriyalarning Marsda ham yashash ketishlari mumkinligini tahmin qiladilar.
Karachay, Rossiya
Ushbu ko’lga atomchi olimlar faqatgina bir sabab: azobli o’lim uchungina tashrif buyurishlari mumkin. Osoyishta ko’l o’z ortida o’lim keltiruvchi strontsiydan to plutoniygacha bo’lgan turli radioaktiv elementlar yig’indisini berkitgan.
2017 yilgi natijalarga ko’ra, suv qirg’oqlarida kimyoviy va radiohimoya libosisiz bir soat turish o’lim olib keladigan miqdordagi radiatsiya qabul qilib olish uchun yetarli ekanligi ma’lum bo’ldi. Baliqchilar bu ko’lni ayrim hududlarida bahaybat dengiz jonivorlari yashaganlari uchun ham yaxshi ko’rishadi. Ammo ularni yeyishga esa hech kimning, hatto eng jasoratlilarni ham yuragi betlamaydi.
Sitarum, Indoneziya
Hind okeani sarhadsizdir. Indoneyziya arxipelagi dunyodagi eng katta arxipelag sanaladi. Ammo undagi ichimlik suvi bilan bog’liq muammolar industrial revolyutsiyaga qadar boshlanib bo’lgandi. Bugungi kunda 300 million odam ichimlik suv uchun yuvidini qaynatib ishlatishga majbur va bu tropik ob-havo sharoitida amalga oshiriladi. Sitarum ko’liga esa 100 dan ortiq korxonalarning chiqindilari oqib keladi va guruch maydonlariga tushadi.
2011 yili hukumat ushbu muammoni hal qilishga qat’iy ravishda va’da bergan edi. Ko’lning reabilitatsiya jarayonlari uchun yaratilgan 15 yillik loyihaga esa 4 mlrd dollar daromad ajratildi va bugungi kunda ahvol asta-sekin yaxshilanmoqda.
Qaynovchi ko’l, Dominikan Respublikasi
Dominikan Respublikasidagi qaynovchi ko’l o’z harorat darajasi bilan dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi. Bu shunchaki Getszer vodiysi emas, to’laqonli ko’ldir. Ko’l “Fano vodiysi” da joylashgan bo’lib, bu xududning nomi ham uning qanday ekanligidan darak berib turadi. Suv havzasi qirg’oqlaridagi harorat 83-93 darajaga teng va ko’lda tirik qolish butkul imkonsiz.
Yaxshi hamki, ko’l bir zumda qaynab tinadi. Ammo ushbu harorat magmatik siniqlar ichidan chiqadi va uxlayotgan vulqon otilguday bo’lsa, haqiqiy issiq harorat atrofni bir zumda qoplab olishi mumkin.
Moviy ko’l, Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyadagi moviy ko’l bir qarashda go’zalligi bilan kishini rom etib qo’yadi. Ammo unga hatto qo’l uchi bilan ham teginish xavfli. Uning betakror rangdagi suvi toksik moddalar kontsentratsiyasi miqdori Chernobil ko’rsatkichlaridan ham o’tadi. Ushbu ko’lga hech kim respitorsiz yaqinlashmaydi, u yerdagi o’tkir ammiak hidiga esa hatto kalamushlar ham chiday olmaydilar. Qanchalik hayratlanarli bo’lmasin, tadqiqotlar ko’ldagi suv o’z-o’zidan tozalanishini ko’rsatadi.
Taqa ko’li, Kaliforniya
Kaliforniya izdan chiqqan ekologiyasi bilan mashhur va “Taqa ko’li” ham aynan shunday hududlardan biri hisoblanadi.
Ko’l uni ko’zdan kechirish uchun suv havzasiga haddan ortiq yaqinlashgan uch nafar o’rmon nazoratchisi haqidagi hodisa tufayli juda mashhur bo’lib ketgan.
Yolg’iz ko’l, Kaliforniya
O’ta qadimiy, shu bilan birga yolg’iz ko’l Kaliforniyadagi eng xavfli suv havzalari ro’yxatining ikkinchi o’rnini band etgan. Uning Tinch okeaaniga chiqish yo’llari mavjud emas, ammo haddan ortiq sho’r ekani bilan nom qozongan. Olimlar buning sababini muzlik davridan qolgan tuz kolonalari bilan izohlaydilar. Ornitologlar ayrim paytlarda ko’lga qushlar uchib kelishi va ularda hid bilish hamda o’lim xavfini sezish juda yaxshi rivojlangani uchun qushlarning bunday harakatini shunchaki qiziqish tufayli deya izohlaydilar. Bu yerda faqat o’ta chidamlilargina tirik qolishlari mumkin.
Kivu: Kongo va Ruanda
Ko’l yarim asrdan buyon davom etib kelayotgan qabila urushlari frontining old tarafiga joylashgan bo’lib, bu o’z-o’zidan ko’lning o’ta xavfli ekanligini bildiradi. Ammo urushayotgan ikki davlat uchun tabiatning o’zi ma’lum chegarani yaratib qo’ygan: ko’l ostidan muntazam ravishda metan va isli gaz ajralib chiqadi. Yig’ilib qolgan paytlarda esa bir bora vintovkadan otish yoki pastga gugurt chaqib tashlash yetarli. Shunday holatlar bo’lganki, ko’l sabab 50-100 km radiusdagi bor tirik jon qirilib ketgan. Afrikada suv osti vulqonlari yetarlicha, ammo bu barchasidan xavflirog’idir.
Сообщения из Facebook