Sayohatni xush ko’ruvchi insonlar uchun: ko’nglingizni hayajonga soluvchi palatkalar
Sayohatni xush ko’ruvchi insonlar uchun: ko’nglingizni hayajonga soluvchi palatkalar
Agar siz tabiat qo’ynida faol dam olish ishqibozi bo’lsangiz va sizning bisotingizda hech bo’lmaganda bittagina palatkangiz bo’lsa ham albatta ushbu maqolani o’qib chiqishingiz kerak. Dunyoda qanday o’ziga xos va noodatiy palatkalar borligidan taajubda qolasiz, ishonavering. Ayrim palatkalar esa ko’p vaqtgacha yodingizda qoladi va sotib olish orzusida bo’lasiz.

Maggiolina roof toptent

Amerika brendi tomonidan yaratilgan ushbu palatka nima bilan boshqa turdagi palatkalardan ajralib turishi mumkin? Gap shundaki, uni avtomobilingizning tomiga o’rnatib olishingiz imkoni va siz mo’ljaldagi maskaningizga etib olguningizga qadar u to’g’risida unutishingiz ham mumkin. Agar yo’lda to’satdan charchab qolsangiz mashinada uxlash kerak bo’lmaydi.
Siz “ikkinchi qavatni” pastga tushirib, uni darrov yerga o’rnatib olishingiz ham mumkin. Palatkani o’rnatish uchun kalitdan foydalanish kerak bo’ladi. Palatka ikki qavatga ega va komplektda narvoni ham bor. Eng arzon varianti 2600 AQSH dollari atrofida turadi.

Tentsile Connect

Agar siz g’ayrioddiy hissiyotlarni yaxshi ko’rsangiz aynan mana bu palatkaga e’tiboringizni qaratishni tavsiya etgan bo’lar edik. Palatkani o’rnatish uchun umuman ortiqcha joy, yana ham aniqroq aytganda yer yuzasini talab qilinmaydi.
Qurilma palatka burchaklaridagi chilvirlari bilan turli tomonlardagi daraxtlarga bog’lanadi. Palatkaning afzalligi shundaki, u yerdan yetarlicha balandda joylashadi. Bu variantni tahminan 500 va undan ortiqroq AQSH dollariga sotib olish mumkin.

Tentsile Connect

Bugungi kunda quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan ko’pdan ko’p obyektlar va qurilmalar mavjud. Palatkalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham bundan chetda qolishni istashmadi. Shuning uchun ham, kutib oling – quyosh batareyali palatka! Bir quyoshli kun davomida bunaqa uycha shu darajada zaryad olishi mumkinki, uning kuchi bilan tunda o’zining atrofidagi kichikgina hududni ham bemalol yorita oladi. Darvoqe, palatkaning ichida mobil uskunalarni ham zaryad qildirish mumkin.

Amok Draumr Hammock

Bu variant esa bir qarashda oddiy gamak, ya’ni to’r belanchakni eslatadi. Ochig’ini aytganda, bu oddiy gamakning o’zginasi, biroq, ahamiyatli farqlari ham yo’q emas. Bu qurilmada nafaqat yotib dam olish, balki o’zingizga tegishli barcha mayda-chuydalarni ham joylashtirish mumkin. Bu esa juda ko’p qulayliklarni yaratib beradi.

Crystal Bubble Tent

Tasavvur qiling, siz uyg’onayapsiz va atrofingizni ta’riflashga til ojizlik qiladigan go’zallik kurshab turibdi: daraxtlar, ko’l va boshingiz uzra nigoh solgan moviy musaffo osmon. Bu faqat orzu bo’lib qoladi deb o’ylaysizmi? Mana bu palatkani sotib olgan holda bemalol tabiat qo’ynida uxlashingiz ham mumkin. Komplektda krovat, shkaflar, yoritish dastgohlari va o’rmonda istiqomat qilish uchun kerakli boshqa ko’p narsalar bor. Bu turdagi komplektning eng arzon narxi 1700 AQSH dollarida baholanadi.

Quechua 2 SECONDS Tent

Agar sizning safaringiz bir necha soat davom etgan bo’lsa, palatkani yoyish va o’rnatish uchun madoringiz ham qolmasligi tabiiydir. Endilikda bu haqida qayg’urmang. Sababi ixtirolar ichida atigi bir-ikki soniyada o’rnatilishi mumkin bo’lgan qurilma ham bor. Uning mohiyati nimada deysizmi? Palatkani oddiygina qilib havoga uloqtirasiz va u yerga ochilgan holatda tushadi. Bunaqa ajoyib variantlar qurilmani o’rnatish vaqtini anchagina qisqartirish imkonini beradi.

POD Tent

Goho bir o’zing sayohatga chiqqing ham kelmaydi, buning o’rniga do’stlar yoki oila a’zolari bilan yo’lga chiqish anchagina qiziqroq bo’ladi. Har bir kishi uchun alohida palatka sotib olish – ortiqcha sarf-harajatdir. Marhamat, ko’p sonli odamlarni sig’dira oladigan a’lo darajadagi variantni qarshi oling! Qurilmaning bir bo’lagi 8 kishini sig’dira oladi. Tushunganingizday, bo’laklar qancha kerak bo’lsa, shuncha qo’shilishi mumkin. Xonalar orasida tomli qulay tonel mavjud va bu hech qanday yomg’irdan qo’rqmaslik uchun asos bo’la oladi.

Heimplanet

Qurilmada ikkita joy mavjud. Uning g’ayrioddiyligi oddiy variantdan farqli bo’lgan qiziqarli tashqi karkasidadir.

Lotus belletent

Agar siz xashamat muhlislaridan bo’lsangiz, mana bu uychaga bir nazar tashlang. Bu ko’proq turistlar palatkasi emas, yirik marosimda ko’ngil yozish bilan vaqt o’tkazish uchun mo’ljallangan qurilmaga o’xshaydi. Ogohligingizni susaytirmang, sababi, qurilma sizni yog’ingarchilikdan himoya qila olmaydi.

Alpinistlar palatkasi

Ekstrimni sevasizmi? Unda mana bu palatkani albatta xarid qilishingiz kerak. Uning ekstremalligi nimada deysizmi? Ushbu palatka bilan 1000 metr balandlikda yotishga urinib ko’ring, shunda bilib olasiz. Buni faqat dovyuraklargina uddalay olishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook