просмотров
o'zlashtirish rejalarini tuzmoqda, Yevropa falsafa haqidagi suhbatlardan bahra olmoqda, Rossiya
Arktikani o'rganmoqda, Shimoliy Koreya esa kommunizm tuzish bilan ovvora.
Yarim asrdan buyon KXDR fuqarolari totalitar mamlakatda zo'rg'a yashab kelmoqdalar. Bu yerda birgina nojo'ya nigoh uchun qamoq jazosi beriladi, esnagani uchun hattoki mudofaa vazirini ham otib tashlashadi.
Chet el musiqasi
Shimoliy Koreyada musiqa shaydolari uchun qiyin. Hamma axborot vositalari, radio
eshittirishdan boshlab internetgacha hammasi hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Kanye
Uestni tinglamoxchimisiz? Unda qamoqqa marhamat! Shimoliy Koreya estradasini yerga
urish kerak emas edi, uning o'rniga radioni yoqib Chuchhe haqidagi musiqalarni kuylash kerak!
Haykallarga e'tiborsizlik qilish
Shimoliy Koreyada Kim Ir Sen va Kim Chen Inlarning monumental haykallari ko'p uchraydi. Bu sizga hozir hech kimni qo'rqitmaydigan qandaydir Leninning haykali emas. KXDR da rahbarlarning haykallariga hatto turistlar ham ta'zim qilishlari kerak, mahalliy aholi uchun esa bu odatga aylangan. Haykallarga hurmatsizlik qilgan odam qattiq jazolanadi.
Baxt ko'z yoshlari
Kim Chen Ir uchun 100 kun motam tutilgan. Kim motam tutgan? Butun mamlakat! Shimoliy Koreya xalqi 3 oy davomida tom ma'noda jazavaga tushib qolgan. G'am chekayotganiga ishontirolmagan odamlar darrov politsiya mahkamasiga tushuntirish uchun chaqirtirilgan. Lekin ko'pchilik u yerdan qaytmagan.
Ish vaqtida uxlab qolish
2014-yilning may oyida Kim Chen In navbatdagi majlisni to'playdi, bu majlisga apparatning barcha vakillari kelishi shart bo'lgan, albatta. Hamma Chuchhening og'ziga qarab, eshitib o'tirgan. Lekin birgina Xalq Qurolli Kuchlari vaziri uxlab qoldi. Bu kun tarixda yana bir voqea bilan qoldi: Xen Yen Chxol esnagani uchun yuzlab odamlar orasida otib tashlandi.
Alkogolizm
To'g'risini aytganda, buni alkogolizm deb ham bo'lmaydi. KXDR da hech kim ko'ngli tusagan payt icha olmaydi: buning uchun davlat bayramini kutish kerak. Ichishning sababi haqida hech kim so'rab o'tirmaydi. Yarim yil oldin bir ofitser ishdan bo'shatishgani uchun pinhona ichgan(Kim Chen In uchun 100 kunlik motam paytida). Uni ham otib tashlashgan.
Omarlarni boqa olmaslik
Xayriyatki, bu faqat sanoat sohasida. 2015-yilning boshlarida Kim Chen In toshbaqa fermasini aylanishni qaror qiladi-toshbaqa fermalari odamlarga nimaga kerak o'zi? Tekshiruv vaqtida boshliq biologlardan: "toshbaqalar bilan birga omarlarni ham boqishni xohlarmidingiz?", - deb so'ragan. Hayron qolgan ishchilarni omilikda ayblashgan, ularning boshqaruvchisini esa o'ldirishgan.
Divanda serial ko'rish
Shimoliy Koreyada 2013-yilning o'zida 120ta odam rasmiy ayblanib, o'ldirilgan. Ularni Janubiy Koreyada ishlangan seriallarni ko'rishda ayblashgan. 2014-yilda divan xatar sevuvchilari kamaydi: 50ta serial ishqibozlari otib tashlandi.
Boshqa dinga e'tiqod qilish
Diniy ozodlikmi? Ahmoqgarchilik! Shimoliy Koreyada faqat bitta din mavjud: kimizm yoki Chuchhe. Birinchi navbatda ular Kim Ir Senning 1980-yillarda chiqarilgan maqolalarini o'qishlari kerak. Mamlakatda boshqa dinga e'tiqod qilishga rasmiy ruxsat berilgan. Lekin 2013-yilda 80ta odamni uyidan Bibliya kitobi topilgani uchun otib tashlangan.
Chet el kitoblari
KXDR da chet el musiqasi kabi chetdan kelgan kitoblarni o'qish ham taqiqlangan. Ularning fikricha, bu kitoblar ularni to'g'ri yo'ldan adashtiradi. Kitobga bo'lgan muhabbat 21-asr kommunist fuqarosi uchun hayot bilan xayrlashishiga olib keladi.
Ovqat o'g'irlash
Qadimda Sharq bozorlarida o'g'rilarning o'ng qo'lini kesib tashlashgan, boshqa odamlarning cho'ntaklarini o'marmasligi uchun. Lekin bu chora Shimoliy Koreya uchun emas (mehnat lagerlarida odamlar yo o'g'rilik qilishi yo ochlikdan o'lib ketishi mumkin edi). O'g'ri xalq orasida otib tashlangan.
Сообщения из Facebook