Ta’riflashga til ojiz bo’lgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi
Ta’riflashga til ojiz bo’lgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi
Ta’til paytida barcha odamlar dam olgani boradilar. Dam olishni uchar likopchada atrof manzaradan bahra olib o’tkazmoqchimizsiz yoki muzliklar dunyosidami, balki mayoqda o’tkazishni xohlarsiz. Bu sifatlar dam olish uchun mo’ljallangan mehmonxonalar haqidadir. Quyida siz dunyoning 20 ta noyob mehmonxonalari bilan tanishasiz.

1.Attrap’Reves

1.Attrap’Reves

Yuqori Pravans Alplari, Frantsiya

Ushbu otelning mehmonlari shaffof elastik materialdan tayyorlangan yirik pufaklarda yashaydilar. Bu material kunduzi quyoshning ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi, kechqurunlari esa hasharotlar va namlikdan himoya qiladi. Poli o’tdan tayyorlangan bo’lib, xona ichkarisiga silindrli koridorlar orqali kirish mumkin. Otelning narxi - $ 139 dan boshlanadi.

2.The Manta Resort

2.The Manta Resort

Pemba oroli, Tanzaniya

Bu dengiz bo’yidagi kurort mehmonxona bo’lib, uning bitta xonasi – suzib yuruvchi uychadan iborat. Ushbu ekzotik konstruktsiyaning palubasida kunduz kunlari quyosh nurida toblanish yoki kechalari yulduzlarni tomosha qilish mumkin. Suv osti yotoqxonadan dengiz tubidagi baliqlarning hamda kalmarlarning hayotini kuzatish mumkin. Underwater room otelida yashash bir kechaga -$ 1000 atrofida.

3.Poseydon Undersea Resort

3.Poseydon Undersea Resort

Fidji

Bu noyob otel 74 ta xonadan iborat bo’lib, ulardan 25 tasi 15 metr chuqurlikdagi suv ostida joylashgan, qolganlari esa suv ustida joylashgan. Pastki qavatlarda dam olayotgan mehmonlar dengiz jonivorlarining hayotini kuzatishlari mumkin, buning uchun ular suv ostida yashovchilarni jalb qiluvchi maxsus svetni yo’qishlari lozim. Otelda 7 kun yashash bir kishiga $15 000 ga teng, ikki kishiga $30 000.

4.Arctic TreeHouse Hotel

4.Arctic TreeHouse Hotel

Rovaniyemi, Laplandiya

Hashamatli apartamentlarga ega Arktika oteli shundoqqina archazorda joylashgan. Otel Shimol yog’dusidan bahra olish uchun ajoyib imkon yaratadi va Santa-Klaus Qishlog’ini ziyorat qilish uchun juda qulaydir. Mehmonxona narxi – 2 sutkaga $850 ga teng.

5.Jumbo Stay

5.Jumbo Stay

Stokgolm, Shvetsiya

Boing 747- 212B samolyoti bir paytlar kasodga uchragan shvetsiya kompaniyasiga tegishli bo’lgan, so’ngra unga o’zgartirish kiritib, Arland aeroportining kiraverishiga o’rnatdilar. Unda 29 xona bo’lib, eng shinam xonalar uchuvchilar kabinasida joylashgan. Uchuvchilar kabinasidan aeroport kafdek ko’rinadi, boshqa xonalardan esa uchish yo’lagini korish mumkin. Bu yerda bir kecha-kunduz turish $136 ga tengdir.

6.Skylodge Adventure Suites

6.Skylodge Adventure Suites

Urubamba, Peru

Bu noodatiy otel 3 ta shaffof kapsuladan iborat bo’lib, Perudagi Kusko Muqaddas vodiysida 120 metr balandlikda joylashgan. Bu otel tuzilishining qulayligi uchun vodiy manzarasidan bahra olish mumkin. Bu kapsulalarga yetib olishning o’zi bir sarguzasht – qoyalardan chiqib, tog’ning mashaqqatli yo’llarini bosib o’tish kerak. Kapsulada 8 kishi yashashi mumkin, bir kishiga bir sutka uchun 270$ to’lanadi.

7.Sheraton Huzhou Hot Spring Resort

7.Sheraton Huzhou Hot Spring Resort

Xuchjou, Xitoy

Noyob shakldagi bu hashamatli otel oval formada bo’lib, 27 ta qavati suvdan balandda, ikkitasi pastroqda. Dunyoning eng qimmat mehmonxonalarining o’ntaligiga kiradi. Bir sutka turish bahosi $200 ga teng.

8.Inntel Amsterdam Zaandam

8.Inntel Amsterdam Zaandam

Amsterdam, Niderlandiya

Bu otelning fasadi 70 ga yaqin bir-birining ustiga qurilgan uylardan iborat – kottejlardan tortib, shahar chetidagi ichi uylargacha, bular Amsterdamning odatiy uylaridir. Bu mehmonxonada bir kecha kunduz yashash $ 130 ga tushadi.

9.Free Spirit Spheres

9.Free Spirit Spheres

Vankuver Oroli, Kanada

Bu otelning xonalari shar shaklida yasalib, daraxtlarga osib qo’yilgan. Agar siz shu xonalarga joylashsangiz shamolda yengil tebranib uxlashingiz mumkin. Bir kecha kunduz yashash narxi - $ 155 ga teng.

10.The Boot Berd’n Breakfast

10.The Boot Berd’n Breakfast

Tasman, Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiyadagi Tasman regionining markazida ulkan botinka shaklidagi 2 qavatli kottedjli mehmonxona joylashgan bo’lib, u ikki kishigagina mo’ljallangan bo’lib, romantic dam olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bir kecha kunduz yashash narxi - $ 250 bir juftlik uchun.

11.Giraffe Manor

11.Giraffe Manor

Nayrobi, Keniya

Bu Nayrobining eng mashhur mehmonxonalaridan biri hisoblanib, ajoyib bog’ hamda ayvonchasiga egadir. Lekin eng asosiysi – bu yerda kunni jirafalar bilan o’tkazish mumkin. Bir kecha kunduz yashash narxi -$ 490 ga teng.

12.ION Luxury Adventure Hotel

12.ION Luxury Adventure Hotel

Nes’yavellir, Ispaniya

Bu otel YUNESKO himoyasida turgan Tingvedlir Milliy bog’ining yaqinida Xeyngidl vulqoni qoyasida joylashgan. Mehmonxona huddi tog’lar ichidan paydo bo’lib, havoda muallaq osilib qolganga o’xshaydi. Bu yerda bir sutka yashash narxi - $496 ga teng.

13.Giant Wine Barrel Room

13.Giant Wine Barrel Room

Zasbaxvalden, Germaniya

Bu eko-otel Germaniyada joylashgan bo’lib, o’zining uzumzorga qaragan ulkan bochkasimon original xonalari bilan tanilgan. Otel adirliklarda, daraxzor yaqinida joylashgan. Bu mehmonxonada bir sutka yashash -$156 ga teng.

14.Treehouse Lodge

14.Treehouse Lodge

Ikitos, Peru

Amazonka djungliyalarida yomg’ir yoki ovozi yoki qushlarning sayrashi ostida uxlash – haqiqiy orzudir. Otelning xonalari daraxtlarga o’rnatilgan bo’lib, mehmonlar aynan shu yerda dam oladilar. Tashqaridan qaraganda xonalar qushlarning uyasini eslatadi. Bunday sharoit Peru tabiati bilan uyg’unlikda dam olish imkoniyatini beradi. Bahosi ikki sutkaga -$ 1 238 ikki kishi uchun.

 

15.Icehotel

15.Icehotel

Yukkasyarvi, Shvetsiya

Icehotel – Shvetsiyaning haqiqiy javohiridir. Uning betakror interyeri va arxitektura ansamblini har yili butun dunyodan tashrif buyuradigan rassom va haykaltaroshlar yaratadilar. Muz xonalarni jihozlashda svetodiod lampalar, hayvonlarning terilari, suratlar va muz haykallardan foydalaniladi. Bu muz xonalarda yashashni istovchi mehmonlarga ogohlantirishishlari olib boriladi. Otelda bir kechadan ortiq yashash tavsiya etilmaydi, narxi ham bir kecha uchun - $578 ga teng.

16.Treehotel

16.Treehotel

Xarads, Shvetsiya

Treehotel oteli tashrif buyuruvchilarga shundoqqina daraxtlarda joylashgan ajoyib xonalarni taqdim etadilar. Mehmonlar yashash uchun turli ko’rinishdagi xonalarni tanlashlari mumkin: manzara ko’rinishli oynali kapsulalar, yirik qush uyasi, ko’zgudan yasalgan kub yoki havoda muallaq turib qolgan uchar likopcha. Ikki kishi uchun yashash bahosi - $503 ga teng.

17.LeapRus Eko-oteli

17.LeapRus Eko-oteli

Kabardino-Balkariya, Rossiya

Bu otel dunyoning eng yuqori tog’ cho’qqisida joylashgan mehmonxonalaridan biri bo’lib, dengiz sathidan 3912 metr balandlikda joylashgan. Endi Elbrus cho’qqisiga chiqish nafaqat ekstremal, balki qulay ham bo’lib qoldi. Albatta, sayyohlar endi hamma qulayliklarga ega mehmonxonalarga joylashishlari mumkin: issiq va sovuq suv muhayyo, pol isitiladi, Wi-Fi bor, to’laqonli uch mahal ovqat. Otelga yetib olish uchun avval argimchoq yo’lorqali 3 800 metr yo’l bosib o’tiladi, so’ngra snegoxodda eshigining tagigacha borilladi. Bu yerda bir kecha kunduz yashash narxi - $ 7500-8800 ga teng.

18.Otel “Iglu, Togli hudud”

18.Otel “Iglu, Togli hudud”

Nachiki qishlog’i, Rossiya

Ushbu ekzotik mehmonxona etnik koloritga ega bo’lib, qordan qurilgan iglu inshootlarining majmuasidan iborat. Ularning ichida xoll, bar va kamin bot. Karavotlar qordan yasalgan bo’lsada, hayvonlarning terisi va yotoq tizimi tufayli ularda sovuq qotmasdan bemalol uxlash mumkin. Otelda bir sutka yashash – $2000-9000 ga teng.

19.Montana Magika Lodge

19.Montana Magika Lodge

Neltume, Chili

Ushbu ertaksimon tog’ uychasi Uilo-Uilo qo’riqxonasida joylashgan bo’lib, tashqi ko’rinishi vulqonni eslatadi. Bu otelga faqatgina osma ko’prik orqali yetib olish mummin. Ikki sutka yashash narxi - $367 ga teng.

20.Societe Duvetnor

20.Societe Duvetnor

Kvebek, Kanada

Muqaddas Lavrentiy daryosida 1862 yilda mayoq qurilgan bo’lib, yuz yil o’tib tashlandiq holga tushgan edi. 1989 yilda uni otel sifatida tikladilar. Bu yodgorlikda 32 ta xona bo’lib, ular o’tgan asr ko’rinishida bezatilgan. Bir kishi uchun yashash - $ 175 ga teng.   

  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook