просмотров
12. Ostin, Texas shtati, AQSH
Ostin nafaqat Texas shtatining poytaxti, balki "jonli musiqaning dunyoviy poytaxti", sergap, erkin va jozibador joylari bilan kishini o'ziga tortadi. Sayr paytida notanish odam bilan umumiy mavzuni topish va hatto yangi do'st orttirish Lady Bird mahalliy ko'lida yoki Barton-Springsda yoki bo'lmasa Franklin parkidagi barbekyuda - shahar mehmonlari uchun eng oson va yoqimli ish.
11. Keyptaun, Janubiy Afrika
Keyptaun dunyodagi eng ko'p millatli shaharlardan bo'lib, o'zining xotirjamligi va pozitivligi bilan mashhur. Issiq iqlim, mehmondo'st odamlar va go'zal tabiat uni butun Afrikadagi eng mashhur turistik yo'nalishga aylantirgan
10. Savanna, Jorjiya shtati, AQSH
Bu Jorjiya shtatining qadimgi shaharlaridan biri. Savanna har yili millionlab turistlarni o'ziga jalb qiladi, tashrif buyuruvchilar tosh yotqizilgan ko'priklar, qadimiy parklar va bahaybat tarixiy binolarning ajoyib manzarasidan bahra oladilar. Bundan tashqari mahalliy aholi totuv, mehribon va juda mehmondo'st.
9. Edinburg, Shotlandiya, Buyuk Britaniya
Edinburg - Buyuk Britaniyada Londondan keyin turistlar orasida mashhurlik bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Ushbu shahar juda boy arxitekturaga ega. Travel + Leisure jurnalini o'quvchi sayohatchilar undagi mehmondo'st ekanligini ham alohida ta'kidlab o'tishgan va natijada uni dunyodagi eng mehmondo'st shaharlar reytingida 9-o'ringa loyiq deb topishdi.
8. Sidney, Avstraliya
Avstraliyaning ushbu megapolisi aslida tabiat go'zalligi va ijobiy vibratsiya bilan hamnafas. Bu yerda soatlab to'shama yo'llarda, sohillarda sayr qilish va ko'plab jozibador diqqatga sazovor joylardan bahra olish mumkin.
Va yana shuni ta'kidlash lozimki, Sidney aholisi juda mehribon, har doim yordamga tayyor.
7. Melburn, Avstraliya
Melburn ta'lim, o'yin-kulgi, sog'liqni saqlash, turizm, sport va zamonaviy hayotning boshqa ko'plab sohalardagi dunyoviy reytinglarda eng yuqori cho'qqilarni egallab keladi. Shuning uchun ham bu shahar dunyodagi yaxshi hayot kechiriladigan shaharlardan biri hisoblanadi. Uning yana bir yutug'i shundaki, mahalliy aholi juda ochiq, mehribon va mehmondo'st odamlardan tashkil topgan. Balki ular juda yaxshi hayot kechirayotganligi uchun ham mehribondir?
6. Oklend, yangi Zelandiya
Oklend Yangi Zelandiyadagi eng katta shahar bo'lib, juda toza, xavfsiz va mehmondo'stligi bilan mashhur. Tinch okeanining faqatgina janubi-g'arbiy qismiga xos bo'lgan jozibador manzaraga ega bu shaharda 1,5 million ochiqko'ngil aholi yashaydi. Ular deyarli har doim yaxshi kayfiyatda bo'lishadi.
Сообщения из Facebook