Qiziqarli texnika: Olmacha: Yangi Apple iPhone 8 va iPhone X modellari haqida bilish kerak bo'lgan barcha ma'lumotlar
Qiziqarli texnika: Olmacha: Yangi Apple iPhone 8 va iPhone X modellari haqida bilish kerak bo'lgan barcha ma'lumotlar
Yangi Apple iPhone 8 va iPhone X modellari haqida bilish kerak bo'lgan barcha ma'lumotlar.
12 sentyabr kuni amerikalik Apple kompaniyasi o'zining yangi iPhone 8 smartfonini taqdim etdi. Taqdimot kompaniyaning Kupertino (AQSH) dagi yangi kampusi hududidagi Steve Jobs Theatre da bo'lib o'tdi. Apple ning boshqaruvchisi Tim Kuk uchta yangi model: iPhone 8, iPhone 8 Plus, iPhone X (Ten) larni taqdim qildi. Biz yangi iPhone hayratga soladigan barcha fishkalarni yig'dik.

Dizayn

Dizayn
IPhone 8 modellari uch rangda sotuvda bo'ladi: "silver", " space gray" va "gold".
Kompaniya iPhone 8 ni 4,7 duyum va iPhone 8 Plus ni 5,5 duymli displey bilan taqdim etdi. Smartfonlarning dizayni deyarli o'zgarmagan: korpus ramkasi hali ham metalldan, lekin orqa panel shishadan qilingan. Bunday o'zgartirishlar Qi simsiz zaryadka yangi funksiyasi uchun kerak edi. Modellari uch rangda sotuvda bo'ladi: "silver", " space gray" va "gold".
IPhone X ekranining diagonali 5,8 duym li 2436x1125 nuqta ruxsatili va True tone texnologiyasili bo'ldi.
IPhone X mideli iPhone 8 va iPhone 8 Plus dan bir oz farqlanadi. Orqa qismining dizayni deyarli bir xil (ikkiga ajralgan kameradan tashqari). Korpusning orqa tomoni ham shishadan. Lekin frontal panelning deyarli butun yuzini ekran egallaydi. IPhone X ekranining diagonali 5,8 duym li 2436x1125 nuqta ruxsatili va True tone texnologiyasili (ekrandagi oq rangni iliqligini sozlaydi) bo'ldi. iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X modellarining barchasi chang va suvni o'tkazmaydilar.
iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X modellarining barchasi chang va suvni o'tkazmaydilar.

Nachinka

Nachinka
Apple smartfonida 64 bitli A11 Bionic prosessori qo'llaniladi.
Apple ning yangi smartfonida 64 bitli A11 Bionic prosessori, 4,3 millon tranzistorlari bor bo'lib, avvalgi A10 prosessoridan 25% ga ko'proq, qo'llaniladi. Grafik chipining samaradorligi esa, 30% ga ortdi.
Tarixda birinchi bora iPhone X displeyi OLED texnologiyasini ishlatadi.
iPhone X 3 Gb operativ xotira va 128/254 Gb qo'shimcha xotiraga ega bo'ldi.
Tarixda birinchi bor displey OLED texnologiyasini qo'llaniladi, bu esa, foydalanuvchilarni yaxshilangan kontrastlik va rang uzatuvchi ekran bilan ta'minlab, qurilmani yupqaroq va energiya sarfini tejankorroq qiladi. Apple mutaxassislarining ta'kidlashicha batareyasining zaryadi iPhone 7 dan ko'ra ikki soatga ko'proq yetadigan bo'ladi. iPhone 8 oddiy lightning naushniklarini ulash uchun kabel-adapterga ega.

Himoya

Himoya
iPhone X da "Home" tugmasi yo'q.
iPhone X da "Home" tugmasi yo'q. Uning funksiyasini ekran bo'ylab pastdan tepaga svaypi bajaradi. Shu bilan birga, privatlikni ta'minlashning asosiy vositasi bo'lgan, barmoq izi bo'yicha skaner ham tarixda qoladi. Endilikda bu rolni ekranning pastki qismida joylashgan, foydalanuvchining yuzini tanishga qodit bo'lgan, sensorlar bajaradilar. Bu sensorlar 3D tasvirlar bilan ishlashni biladilar. Smartfon egasining yuzini u hatto soqolini o'stirib yuborsa, yoki soch turmagini o'zgartirsa ham taniy oladi. Apple mutaxassislari aytishlaricha, yuzlarni taniy bilish funksiyasi barmoq izini skaner qilishdan ko'ra ming marotaba mustaxkamroq bo'lib, smartfonni buzib ochilish ehtimoli esa, milliondan birga teng. Shunday deb Apple mutaxassislari ta'kidlamoqdalar.

Kamera

Kamera
iPhone 8 12 megapiksellik kamera bilan jihozlangan. iPhone 8 f/1.8 diafragmalik, 12 megapiksellik kamera bilan jihozlangan. iPhone 8 Plus - f/2.8 diafragmalik telefoto bilan. Bular sababli sur'atlarning sifati yomon yorug'likli sharoitlarda yaxshilanadi. iPhone 8 4K formatidagi videoni bir soniyada 60 ta kadr qilib sur'atga tushira oladi.
Bundan tashqari, iPhone 8 4K formatidagi videoni bir soniyada 60 ta kadr qilib sur'atga tushira oladi, hamda 1080p ni bir soniyada 240 kadrda sur'atga oladi. iPhone 8 qo'shimcha reallik va ARKit dasturiy ta'minoti bilan ishlay oladi. Gadjet qo'shimcha reallik va ARKit dasturiy ta'minoti bilan ishlay olib, yomon yoritishlilik sharoitida bir soniyada 60 ta kadrni tasvirga olishga qodir.

Narxi

Narxi
iPhone 8 ning narxi 699 AQSH dollaridan boshlanadi. Flagman iPhone X ning narxi 999 AQSH dollaridan boshlanadi.
Apple taqdimot davomida an'anaviy tarzda yangiliklarning amerikalik do'konlar uchun aktual narxlarni aytib o'tdi. Shunday qilib iPhone 8 ning narxi 699 AQSH dollaridan boshlanadi, iPhone 8 Plus - 799 AQSH dollaridan boshlanadi. Flagman iPhone X ning narxi esa 999 AQSH dollari va undan ortiqni tashkil qiladi. iPhone X 256 GB lik versiyasining narxi taqdimotda aytilmadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook