просмотров
Bugungi kunda ko’pgina elektromobillar konstruktsiyasida ekstender - ichki yonish dvigateli mavjud bo’lib, uning energiyasi akummulyatorlar quvvat olishi uchun ishlatiladi. Ren superkarining ekstenderi gazoturbinalar asosida qurilgan bo’lib, avtoni quvvat bilan ta’minlab turadi. Buning natijasida mashina 2,5 soniya ichida tezligini soatiga 100 km gacha yetkaza oladi. Maksimal tezligi esa soatiga 300 km ga teng.
Superkarning xususiyatlaridan yana biri kabinasining tuzilishidir: xaydovchining joyi kabina markazida joylashgan, orqada esa 2 ta yo’lovchi o’rindigi o’rnatilgan. Avtomobil umumiy quvvati 1303 ot kuchini beradigan oltitta dvigatel yordamida harakatlanadi.
Yangi supercar bir necha komplektatsiyalarda ishlab chiqariladi: asosiysi 25 kVt*s hajmli litiy-marganets-oksidli akkumulyator batareyasi asosida qurilgan. Qolgan variantlari esa 32 va 14 kVt*s hajmli akkumulyatorga ega. Ushbu yangi rusumli avtomobilning davomiy ishlab chiqarilishi vaqti ham, uning bahosi ham noma’lum.
Сообщения из Facebook