просмотров
1. Samolyotda kasallik viruslarini yuqtirib olish osonmi?
Havo bosimi kasallik bakteriyalarini tarqalishiga ta'sir qiladimi? Qisqa qilib aytganda, yo'q. Zamonaviy samolyotlarda havoni filtr orqali tozalovchi yuqorieffektiv sistemalar bo'lib, ular hatto eng mayda zarralarni ham o'tkazib yubormaydi(HEPA). Bu usul bilan tashqaridagi havoni salon ichidagi havo bilan qo'shish orqali toza havoga erishiladi. Shundan so'ng havo massalaridagi virus va bakteriyalar maxsus nasos yordamida yo'q qilinadi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Samolyot bortida havo almashinuvi har 2-4 daqiqada sodir bo'ladi.
2. Reys vaqtida yo'lovchi samolyotlarining eshiklarini ochish mumkinmi?
Ha, OAV parvoz vaqtida ba'zi aqldan ozgan yoki mast yo'lovchilarning qandaydir sabab bilan layner samolyotlarining eshiklarini ochishga harakat qilgani haqida yozib turadi. Odatda ularni hamrohlari yoki ekipaj a'zolari bostiradi, lekin bu vaziyatda shovqin solish kerak emas. Yo'lovchi samolyotlarining eshiklari "qopqoq" prinsipida ishlaydi: tashqarida hosil bo'ladigan bosim, ular mahkam qilib zich berkitilgan bo'ladi. Yuqorida eshikni ochish uchun 100 ta bodibilderlarning kuchi kerak bo'ladi. Bortda ko'plab og'ir atletikachilar bo'lsa va ularning hammasi sakrashga qaror qilsa, ana o'shanda qo'rqsangiz arziydi.
3. Yo’lovchini tualet tortib ketishi mumkinmi?
Bu ham oldingi stereotip kabi noto’g’ri fikr. Ha, “Uchuvchi samolyot” filmida bu holat kuzatilgan, qahramon buning oqibatida aviakompaniyani sudga bergan. Lekin bunga katta shubha bilan ishonish mumkin. Badiiy film-da baribir! Fizika qonunlaridan o’zib ketish, yoki zamonaviy laynerlardagi tualet o’rindiqlarining hajmi bunga texnik jihatdan umuman to’g’ri kelmaydi.
4. Barcha uchuvchilar juda boy bo’ladi.
Har doim ham emas. Masalan, Jet Blue aviakompaniyasida ishlovchi uchuvchilar yaxshi maosh olishlari uchun karyera yo’lida uzoq ishlashlariga to’g’ri keladi. Boshlang’ich etapda uchuvchining oyligi kamroq bo’ladi, bundan tashqari uchuvchilik bilimlarini chuqur egallash uchun juda ko’p vaqt va o’g’ir mehnat talab etiladi. Kommersiyalik uchuvchining shaxsiy litsenziyasini olish 35-40 ming funt sterling turadi. Avvallari aviakompaniyalar o’z ishchilarining parvoz mashqlari uchun pul to’lagan, lekin hozir faqatgina yosh nomzodlar uchun bu mumkin. Bundan tashqari uchuvchilarni boshqa kasb egalariga qaraganda oldinroq nafaqaga chiqarishadi, nafaqa esa unchalik yuqori emas. Uchuvchilarga ularning oyligi juda ko’p, degan mish-mishlar yoqmaydi. Xulosa qilib aytganda, uchuvchilarning hayotini jozibali deb bo’lmaydi: “Domodedovo”da nonushta, Yekaterinburgda tushlik va parvoz vaqtida “kechki ovqat”… Yo’qotilgan sog’lik uchun tovon bundanda ko’proq bo’lishi kerak edi.
5. Agar men o’z joyimdan qoniqmasam, meni boshqa joyga o’tirishimga yordam berishadimi?
Bu juda keng tarqalgan afsona. Ko’pchilik insonlar styuardessadan o’z iltimoslarini yaxshilab so’rashsa, ular salondagi qulayroq joyga ega bo’la oladilar, deb umid qilishadi. Yo’lovchilar buning uchun nimalarni qilmaydi deysiz? Lekin bortkuzatuvchidan bunday yordamni kutmagan ma’qul. Yaxshisi, samolyotga chiqishdan oldin, ya’ni registratsiya vaqtida o’z istaklaringizni bildiring. Ammo aviakompaniya xodimlarini ko’p gapga solmang, aks holda siz haqingizda noto’g’ri fikrga borib qolishlari mumkin.
6. Yuqorida parhezli kolaning toshishi qiyinmi?
Ha, bu to’g’ri. Gaz va balandlik parhezli kolaning quyilishini qiyinlashtiradi. Aslida styuardessa sizga gazirovka quyib bergan vaqtda boshqa 3 ta yo’lovchiga xizmat ko’rsatishi mumkin edi. Har ehtimolga qarshi, siz endi ekipaj a’zolarining asabiga tegish uchun qanday ichimlik so’rashni bilib oldingiz. Lekin aql bilan mulohaza qiling va yodda tuting: bu insonlar sizga ovqat beradi.
7. Samolyotlar har doim qushlar bilan to’qnashib ketadi.
Ha. Qushlar uchun afsusdamiz. Ammo bu to’qnashuvlar samolyot va ichidagilar uchun xavfli bo’lishi mumkin, yo’lovchilar buni sezmaydi ham. Boshqa tahlikalar kabi qushlar bilan to’qnashuv ham uchish va qo’nish vaqtida xatarlidir. Parvozning boshqa fazalariga kelsak, samolyot qushlar odatda uchmaydigan yuqori balandlikda bo’ladi. Ba’zi aeroportlar ko’p qushlar bor yerlarlarda joylashgan bo’ladi(masalan, Nyu-Yorkdagi Kennedi aeroporti Long-Aylenddagi katta qushlar qo’riqxonasining yonginasida joylashgan). Umuman olganda, qushlar ham aeroportlardan uzoqroqda bo’lishga harakat qilishadi, markaz ishchilari ham qushlar bilan to’qnashuvlar bo’lmasligi uchun barcha choralarni ko’rishadi.
8. Nima uchun uchish va qo’nish vaqtida bort illyuminatori pardalarini ochib qo’yish kerak?
Bu qattiq talab qilinmaydi: aviakomoaniyalar o’z talablarini o’rnatishlari mumkin. Baribir ko’p tashuvchilar pardalarning ochiq bo’lishini tanlashadi. Chunki bu favqulodda holatlarda evakuatsion xizmatlariga salon ichida nima bo’layotganini ko’rish imkonini beradi.
9. 240-qoida nima?
Siz faqatgina “240-qoida” sehrli so’zini tilga oling va shunda aviakompaniyalar har qanday noqulaylik uchun barcha xarajatlarni o’z bo’yniga oladi. Bu to’g’rimi? Bu qoida haqiqatdan ham mavjudmi? Afsuski, yo’q. Qachonlardir Amerikaning transport departamenti aviakompaniyalar yo’lovchilarga parvoz vaqtida maksimal qulaylikni yaratib berish maqsadida bu qoidani amalga chiqargan. Hozir esa tashuvchilar o’z qoidalarini o’rnatishadi, ularni “Tashuv shartlari” orqali bilib olishingiz mumkin. Yevropada bu shartlar EC qonunchilikda hisobga olingan, unda hech qanday 240-qoida mavjud emas. Aviakompaniya xodimlari oldida o’zingizni tashuvchilik tarixini yaxshi biladiganday qilib, oliftagarchilik qilishdan ko’ra, qoidalar bilan yaxshilab tanishib chiqing va uning nusxasini o’zingiz bilan oling. Tortishuvli vaqtlarda u sizga rostdan ham yordam berishi mumkin.
Сообщения из Facebook