Hech qachon aynimaydigan 10 ta mahsulot
Hech qachon aynimaydigan 10 ta mahsulot
Ovqatlanish inson hayot zanjiridagi uzilmas bir qism bo'lib, inson yashashi uchun o'ta muhimdir. Shundan kelib chiqqan holda inson iste'molidagi mahsulotlar ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hech kimga sir emaski, mahsulotlar iste’molchi uchun yoqimsiz bo’lgan aynish xususiyatiga ega. Yegulikning bunday kamchiligiga e’tibor qaratmay ilojimiz yo’q, chunki u inson hayotida muhim rol o’ynaydi. Ba’zi hayvonlardan farqli o’laroq inson organizmi aynigan mahsulotlarga tayyor emas. Albatta, mahsulotning yaroqlilik muddatini uzaytiruvchi bir necha usullar bor, lekin ular mahsulotning aynish xususiyatini butunlay yo’qota olmaydi. Shunga qaramay, ba’zi mahsulotlar juda uzoq, salkam abadiy “yashash” xususiyatiga ega. 

Masalan oq guruch, uni bemalol 30 yil saqlashingiz mumkin. Lekin u albatta sayqallangan bo’lishi lozim. Shundagina, unda hech qanday o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.

Asalni esa, ishonch bilan “uzoq yashovchilar” safiga qo’sha olamiz. Uhech qachon aynimaydigan birgina mahsulotdir.

Quruq sut ham hayratlanarli darajada juda chidamkor. U o’z xususiyatlarini saqlagan holida juda uzoq turishi mumkin.

Tuz. Ma'qul sharoitda yuz yil ham saqlanishi mumkin bo’lgan haqiqiy mineral. 

Shakar ham juda uzoq turishi mumkin, lekin u tuzdan farqli o’laroq mos sharoit talab qiladi. 

Quritilgan loviya – ro’yxatimizdagi yana bir “uzoq yashovchi” mahsulot. Uzoq yillar saqlangan fasolni iste’mol qilgan odamlar, uni yangi fasoldan ajrata olishmaydi. Fasol uchun 30 yil va undan ortiqrog’i ham xuddi bir kunday. 

Mos muhitda saqlangan soyali sous va zarang siropi ham uzoq turishi bilan sizni hayratlantirishi mumkin. Bu mahsulotlar tarkibida tez ayniydigan moddalar bo’lmagani sababli, oshxonangizning bir burchagida bo’lsa ham, ular uzoq saqlanishi mumkin. 

Hind qabilalaridan ajoyib mahsulot – pemikkan. Soddagina qilib aytganda quritilgan go’sht. Uni xohlagan ko’rinishida iste’mol qilishingiz mumkin. Shunga qaramay, hozirgi zamonaviy texnologiyalar bilan pemikkan tayyorlash jarayoni biroz o’zgartirilgan.

Ro’yxatimizni, kutilishi mumkin bo’lgan mahsulot – alkogol yakunlaydi. Aniqroq qilib aytganda, alkogolning o’tkir turlari, viski va aroqqa taaluqli. Ushbu mahsulotlar ham juda uzoq yillar davomida saqlanishi mumkin. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook