Top 10: NASA kosmik agentligi tomonidan kashf qilingan har kunlik predmetlar
Top 10: NASA kosmik agentligi tomonidan kashf qilingan har kunlik predmetlar
Kosmosga uchish uchun byudjet pullarini sarf qilib nima qilasiz? Bu ko’pgina mamlakatlardagi soliq to’lovchilar orasida juda keng tarqalgan savol. Biz uchun boshqa sayyoralar hayoti qandoq hayratlanarli va istiqbolli tuyulishidan qat’iy nazar, shubhachilar pullarni faqatgina Yer yuzidagi hayot bilan bog’liq loyihalarga sarflash kerak deb o’ylashadi.

3. Ko’rinmas breketlar

3. Ko’rinmas breketlar
Kosmosga raketani yuborish uchun, uning tayyorlanishi uchun to’g’ri mahsulotlar kerak bo’ladi. NASA tadqiqotchilari yengil, mustahkam va ko’p funksiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun son-sanoqsiz soatlarni sarflashdi. Bu kabi materiallardan biri NASA bilan hamkorlik qiladigan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan, va infraqizil yorug’likni poylash uchun mo’ljallangan yarimshaffof yarimkristall alyuminiy oksidi bo’ldi. 1986 yilda Unitek nomli tashkilot ortodontik davolash muammosini hal qilishda yordam topish uchun agentlik bilan aloqaga kirdi. Unitek breketlar funksiyasini o’tash uchun mustahkam, va stomatologik xonalar kasallarini keyingi xunuk ko’rinishdan uyalish hissiyotidan qutqaruvchi, yanada shaffof breketlar uchun materialni qidirayotgan edi. Yangi “Ko’rinmas” breketlar ishlab chiqarilishi kompaniya xaridorlari orasida va keyinchalik butun duydo bo’ylab xitga aylandi. Oxir-oqibatda, ushbu materialni turli xil sohalarda, kosmik loyihalar yoki bolalar kulgusida ishlatish mumkin.

2. Sputnik televidenyesi

2. Sputnik televidenyesi
Yoshlarga buni tushnish qiyin, ammo bizlardan ko’pchiligimiz antennaning to’g’ri turishidan, butun oilaning televizor oldidagi vaqt o'tkazishlari kabi mushkul paytlarni eslaymiz, albatta. NASA dasturining eng foydali kashfiyotlaridan biri simsiz kommunikatsiya tizimini ishlab chiqishi bo’ldi, va uchun unga telekompaniyalar alohida minnatdor bo’lishlari kerak. 1950-1960 yillarda bir guruh yo’ldoshlarning omadli ishga tushirilishidan so’ng NASA agentligi 1962-yilda AT&T kompaniyasi uchun birinchi ijtimoiy yo’ldoshni barpo etishda yordam berdi. Keyingi yillarda NASA kommunikatsiya sohasidagi tadqiqotlarni olib borishda davom etdi va signal, rasm va yo’ldoshlar ishlatilishi davomiyligini rivojlantirdi. Yana bir marta, davlatning moliyaviy quvvatlashi yordamida mujassamlashtirilgan texnologiya ijtimoiy sohaga ham o’tib oldi. Kosmosning o’rganilishi bizga bir kun kelib boshqa olamlar bilan aloqa o’rnatishga imkon beradi, ammo qiyin ilm-fan muvaffaqiyatlari shuningdek, oddiy fuqarolarni bir-birlari bilan bog’lab, hozirda ham o’z yordamini berib kelmoqda.

1. Suzish kiyimi

1. Suzish kiyimi
2004 yilda Olimpiada o’tkazilishidan so’ng, NASA bilan hamkorlikda ishlaydigan – suzuvchilar kiyimini ishlab chiqaradigan Speedo tashkiloti tomonidan yana bir hayratlanarli narsa paydo bo’ldi. Bu ancha qiziq eshitilishi mumkin, ammo bunday hamkorlik uchun juda bamani sabablar bor edi. Professional suzuvchilar uchun suvda o’z tezliklari oshirish eng yaxshi yo’llaridan biri haligacha tormozlashni qisqartirishdir, aynan shu uchun ular butun tanalari sochlarni olib tashlashadi, maxsus bosh kiyimi taqishadi va kam kuch sarflaydigan harakatlar texnikasini rivojlantirishadi. Suyuqliklar dinamikasi sohasidagi NASA tadqiqotchilari esa ular muammolari haqida ozgina ko’proq bilishadi. NASA ning aeronavtika va kosmik bo’shliqni o’rganish Milliy boshqarmasi o’z ishining katta qismini tormozlashni qisqartirish va kosmik kemalar samadorligini oshirish ishlariga bag’ishlaydi. Bu sohadagi bilimlar endi LZR nomli suzish uchun sport kostyumi yaratilishiga xizmat qildi. Suvdagi sinovlar va matematik jihatdan o’ylab chiqilgan dizayni sababli bu ikki tashkilot birgalikda, suzish kiyimining avvalgi modeliga qaraganda, tormozlashni 24% ga kamaytirishga imkon beradigan kostyumni ishlab chiqishdi. Har bir millisoniya qiymatli bo’lgan shartlarda, bu kabi ko’rsatkich – haqiqiy yutuqdir. 2008 yilda keying Olimpiadada LZR Racer kostyumlarida bo’lgan ishtirokchilar 13 ta jahon rekordlarini urishdi. Kosmik raketalar uchirilishi uchun ishlab chiqilgan texnologiyalar, bunda asosiy rolni egalladi!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook