просмотров
Shaffof rang lak kapron kolgotkalardagi strelkani darxol to'xtadi.
Shuningdek, shaffof rang lak vannaning yuzasidagi zanglagan dog'lar bilan kurashishda yordam beradi. U bilan shampun va boshqa kosmetika vositalari idishlarini tagini buyab quying - ayanchli izlar boshqa paydo bo'lmaydi!
Kichkina mixcha - ziraklar va to'g'nag'ichchalarni, ularni tugmalarga kiygazgan holda saqlash juda qulay. Hamda xech narsa yo'qotilmaydi ham!
Sochingizni bo'yash uchun vaqt bo'lmagan hollarda ayyorona layfxakni qo'llasangiz bo'ladi. Bu favqulodda chora bo'lib, lekin u juda ham kerak bo'lib qolishi mumkin!
Sochingiz rangiga mos yaltiroq zarralari bor bo'lgan tenlarni tanlang. Sochingiz ildiziga va unga yaqin joydagi sochlarga lak seping va darhol tenlarni surting. Bu narsa vaqtinchaga o'sib ketgan xunik ildizlarni va oq sochlarni berkitishga yordam beradi.
Sariq sochlilar uchun juda ham zo'r layfxak. Agarda siz sochingizni och rang palitrasiga boyasangiz, u holda sochlaringiz o'z rangini birdaniga yashil tusga o'zgartirishiga tayyor turing. Odatda bu hol xlor solingan suvli basseynlarga tashrif qilgandan so'ng yuz beradi. Sochlaringizga jilo va oqlikni qaytarishga ketchup yordam beradi - uni boshingizga surtib, 15 daqiqa ushlab turing, huddi niqob kabi. Keyin yuvib yuboring.
Tualet qog'ozi bemalol kosmetik salfetkalarni, agar ular qo'l ostida yo'q bo'lib qolsa, o'rnini bosa oladi. Teridan yog'li yaltirashni juda yaxshi olib tashlaydi.
Bosma qog'oz statik elektrni nafaqat kiyimingizdan, balki sochlaringizdan ham olib tashlaydi.
Сообщения из Facebook