просмотров
1. Qo’lda qilingan suv o’tkazmaydigan chexol
O’z smartfoningizni sotib olishyoki o’z qo’llaringiz bilan yasashingiz mumkin bo’lgan, suvdan va namlikdan maxsussuv o’tkazmaydigan chexol orqali himoya qilishingiz mumkin. Bu uchun kichik Zip-lock qulfli paket yoki olov orqali chetlarini birlashtirilgan sellofanli paket kerakbo’ladi. Bunday “chexolda” telefonni qo’rqmasdan toqqa yoki plyajga olish mumkin,bunda u namlik natijasida ishdan chiqishi haqida o’ylamasa ham bo’ladi.
2. Esdalik uchun rasmlar
Smartfon kamerasini nafaqat chiroyli selfilar yoki do’stlar bilan esdalik rasmlarini tushirish uchun, balki har kunlik muhim hodisalarni belgilab qo’yish uchun ishlatish mumkin. Misol uchun, do’konga chiqishdan oldin, o’z muzlatgichingiz ichidagi mahsulotlarni rasmga olishingiz mumkin, va bu bilan siz uning ichidan nimalar bor, va nimalar yo’qligini aniq bilasiz, yoki to’la mashinalar to’xtash joyida turgan mashinangizni “rasmga tushirib”, kun oxirida uni tezroq topishingiz mumkin.
3. Muhim ma'lumot
Qulflash ekranida be’mani fon rasmchasidan ko’ra, o’z ismingizni, aloqa telefoningizni, hamda favqulot holatida yaqinlaringizdan birining uyali telefon raqamini qo’yish mumkin.
4. Smartfon zaryadkasi
Ish safariga borganda, mehmonxonaga kirib, zaryadkangizni yoki rozetka uchun adapterni unutganingizni bilib qoldingizmi? Zerikmang, smartfonni zamonaviy televizorning orqa yoki o’ng/chap tomon panelida USB ulanadigan joyi orqali teefoningizni zaryadlashingiz mumkin.
5. Budilnik balandligi
Uxlashdan oldin smartfoningizni yoqilgan budilnik bilan bo’sh chashka yoki stakanga qo’ying. Ushbu makkorlik smartfon tovushi balandligini ancha ko’tarishga yordam beradi, va odatda signalni eshitmaydiganlar va bu uchun doimiy kech qoladiganlar uchun ayni kerakli narsadir.
6. Naushniklardagi farq qilinish belgilari
Naushniklarning o’ng va chapi qaysiliginidoimo tezlik bilan va xatosiz toppish uchun ularni belgilan qo’ying. Belgilash sifatida tuguncha bog’lab qo’yishingiz, simlarning birida chiziqlar chizibqo’yishingiz yoki turli rangdagi rezinkalarni ishlatishingiz mumkin.
7. Smartfon uchu ustuncha
Smartfon uchun ustuncha sifatida xohishiy ko’zoynakni ishlatishingiz mumkin. Bunday ustuncha videorolik yoki film ko’rish uchun smartfonni tikka holda xavfsiz o’rnatib qo’yish uchun qulaydir.
8. Zaryadka simini himoyalash
Zaryadkangiz simini sinishlarva uzilishdan asrash uchun, uning boshlanishini kichik prujina bilan“mustahkamlang”.
9. Makroobyektiv
Smartfoningiz yordamidanoyob rasmlarni tushurmoqchisiz, lekin maxsus linzaga ega bo’lishga imkoniyatingizyo’qmi? Tushkunlikka tushmang, maxsus obyektiv o’rnini bir tomchi suv bilan qoplash mumkin, va u tomchini kameraga rasmga tushirishdan oldin sekingina qo’yish lozim bo’ladi.
Сообщения из Facebook