Chiroyli ko'rinish - har bir qiz-ayolning istagidir. Lekin, chiroyli teri va parvarishlangan sochlarga ega bo'lish uchun qimmatbaho salon muolajalariga katta mablag'larni sarf qilishning aslo keragi yo'q.
Ba'zan, ozgina topqirlikni namoyon qilish, hamda nafaqat tabiiy o'zini parvarishlashning vositalaridan foydalanibgina qolmay, balki ba'zi layfxaklardan ham foydalanish kifoya qiladi. Hamda, birinchi qarashdan ular biroz g'alati bo'lib ko'rinsada, lekin ular haqiqatda ish beradilar. Bizning sharximizda har bir qiz-ayol uchun yanada chiroyliroq bo'lishda yordam beradigan 10 ta go'zallik layfxaklari.
Makiyajni yechish vositasi soch uchun bo'yoqni ketkazish yo'lida
Makiyajni yechish vositasi yuzdan soch bo'yog'ini yuvib oladi
Juda ham tez-tez shunday bo'lib turadiki, qiz-ayollar sochlarini to'q rangli bo'yoqqa bo'yaganlarida, peshona yoki quloqlarda bo'yoqning izlari qolib ketadi. Bu izlarni ketkazish juda ham mushkul ishdir. Bu muammoni yechish uchun miselyar suvini yoki makiyajni yechish vositasini qo'llash kifoya qiladi. Suyuqlikni ozginasini paxtali diskka quyib, terining bo'yoq tekkan qismini u bilan artish kerak bo'ladi. Mana bo'ldi. Muammo hal bo'ldi.
Soch rezinkasi uchun qaynoq suv
Soch rezinkasiga avvalgi shaklini qaytarish uchun, uni qaynab chiqqan suvga botirib olish kerak
Ba'zan shunday bo'ladiki, sochlar uchun sevimli rezinka Invisibobble o'z tashqi ko'rinishini yo'qotadi va juda ham qattiq cho'zilib ketadi. Agar yangi soch uchun rezinka xarid qilib olish uchun sharoit yo'q bo'lsa, lekin sochlaringizni yig'ib olish juda ham zarur bo'lsa, u holda eskirgan rezinkaga avvalgi ko'rinishini qaytarish uchun, uni besh soniyaga qaynoq suvga botirib olish yetarli bo'ladi. Shunda u o'zining avvalgi ko'rinishiga qaytadan kiradi.
Do'mboq lablar uchun qalampir yalpiz
Qalampir yalpiz yordamida lablarni yanada hajmliroq qilish mumkin
Lablarni yanada do'mboqroq va o'ziga tortadiganroq qilish uchun qalampir yalpizning efir yog'ini qo'llash kerak. Lablar uchun balzamga (balzamni oldindan tayyorlab qo'yilgan idishchaga solib olib), bir juft tomchi efir yog'ini tomizishning o'zi yetarli. Ularni yaxshilab aralartishingiz va lablaringizga surtsangiz bas! Samarasi deyarli, darhol sezilarli bo'ladi. Lekin, bunday usul bilan suiiste'mol qilish kerak emas, axir efir yog'ini miqdorini oshirib yuborish ehtimoli katta.
Ideal strelkalar uchun skotch
Skotch ideal strelkalar qilishga yordam beradi
Ideal strelkalar chizish uchun, skotchning bo'lagini pastki qovoqlarga yopishtirishning o'zi kerak bo'ladi. Bunda faqatgina suyuq surma bilan boyalishi kerak bo'lgan terining o'zini ochiq qoldirish lozim bo'ladi. Bo'ldi! Shunday qilib, o'rtacha surma skotch ustida qoladi. Bu sizga makiyaj qilayotganda vaqtini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
Bronzerni o'z qo'llaringiz bilan qiling
Bronzerni o'z qo'llaringiz bilan qilish juda onson
Agar qo'lingiz ostida haqiqiy bronzer yo'q bo'lsa, lekin teringizga chiroyli jiloni tezlik bilan berish lozim bo'lsa, unda bunday kosmetik vositani o'z qo'lingiz bilan tayyorlashingiz mutloq realdir. Buning uchun bir osh qoshiq dolchin kukunini bir choy qoshiq kakao va bir choy qoshiq muskat yong'og'ining kukuni plyus ikki choy qoshiq makkajo'xori kraxmallarini aralashtirish lozim. Mana bo'ldi. Bronzer tayyor. Albatta, bu to'laqonli kosmetik vositaning o'rnini bosa olmaydi, lekin kerakli daqiqalarda sizni qutqarib qola oladi.
Lab bo'yog'i yog'upa sifatida
Lab bo'yog'ini yog'upa sifatida ishlatish mumkin
Ta'tilga otlanib turib, har doim ham o'zingiz bilan birga barcha kosmetik vositalarni olib yurish imkoni bo'lavermaydi. Biroq, chiroyli bo'lib yurish istagi doim bor bo'ladi. Agar qo'lingiz ostida yog'upa bo'lmay qolsa, lekin yonoqlaringizni ajratib turish kerak bo'lsa, unda bunday muammoni lab bo'yog'i hal qila oladi. Buning uchun pushti yoki shaftoli tusdagi lab bo'yog'ini tanlab olish kerak bo'ladi. Avval lab bo'yog'ini kaftingizga surtishingiz lozim, so'ng sponjga, undan keyin yengil harakatlar bilan yonoqlar chizig'i bo'ylab xiralashtirib bo'yab chish mumkin bo'ladi.
Tish cho'tkasidan skrab
Tish cho'tkasini lab uchun skrab sifatida ishlatish mumkin
Agarda lablaringizga yanada sog'lom ko'rinish berish kerak bo'la-yu, biroq qo'lingiz ostida lab uchun skrab bo'lmay qolsa, sizga yordamga oddiy tish cho'tkasi keladi. Buning uchun tish yuvush vaqtida cho'tka bilan lablarni biroz uqalash kerak. Hujayralari o'lik joylari ko'chub tushadi, mentol esa, qon aylanishini yaxwilaydi va lablarga yanada sog'lom ko'rinish beradi.
Mayonez kondisioner o'rnida
Mayonezni soch uchun kondisioner sifatida ishlatish mumkin
Mayonezni faqatgina salatlar uchun ishlatibgina qolmay, balki sochlar uchun kondisioner sifatida ham ishlatish mumkin. Buning uchun mayonezni yog' bilan aralashtirib olish lozim va biroz vaqtga sochlarga surtish kerak. Oxirida ko'p miqdorda suv bilan yuvib tashlash kerak. Ammo, bu muolaja uchun faqat uy sharoitida tayyorlangan mayonez ishlatish mumkin. Chunki, boshqa mayonezlarfa tarkibida konsentratlar va kimyoviy moddalar juda ko'p bo'ladi.
Idish yuvish gubkasi chiroyli gajaklar uchun
Idish yuvish gubkasi sochlarda chiroyli gajaklar yaratish uchun yordam beradi
Chiroyli va go'zal gajaklar yaratish uchun albatta, sochlarni shikastlaydigan, issiq soch qisqichlari ishlatish kerak emas. Idish yuvish gubkasini qo'llash kifoya! Buning uchun sochlarni bo'lib olish kerak, so'ng ularni gubka o'rtasiga aylantirib o'rab chiqiladi. So'ng gubkani ikki buklab, rezinka yordamida maxkamlab qo'yish kerak. Bunday "turmak" bilan bir qancha vaqt yurish lozim. Eng yaxshisi buni uxlashdan avval qilgan. Erta tongdan esa, sochlaringiz juda chiroyli ko'rinishda bo'ladi.
Aktivlashtirilgan ko'mir tishlar oqligi uchun
Aktivlashtirilgan ko'mir tishlarni oqartirishga yordam beradi
Oppoq tabassumga erishish uchun, tishlarni oqartirish muolajasiga murojat qilish shart emas. Aktivlashtirilgan ko'mirdan foydalansa ham bo'ladi. Buning uchun bitta tabletka aktivlashtirilgan ko'mirni stakanga solish kerak, bir juft tomchi suv qo'shib, hammasini bir butun aralashma holiga kelgunicha aralashtirish lozim. So'ng, aralashmani tish cho'tkasiga surtib, tishlarni odatiy yo'l bilan tozalash kerak. Biroq, bunday muolajani bir oyda bir-ikki marotaba o'tkazish mumkin. Aks holda, tishlar sezuvchanligi oshishining havfi bor.
Сообщения из Facebook