Sovuq yomg’irli kuz kunlarida biz hech qachon bir chashka issiq kofega yo’q deya olmasak kerak. Bizlardan ko’pchiligimiz hamma ishlarga ulgurish va tetik turish uchun doimo kofega muhtoj turishadi. Va har doim ushbu ichimlik uchun kofeynyaga kirganingizda, undagi ko’pikda yoqimtoy rasmlarni ko’rish qanchalik maroqli!
Kayfiyat shu zamonni o’zida ko’tariladi, kofe yanada mazaliroq bo’ladi, va u yordamida isinish yanada yoqimliroq deb tuyuladi. Shuning uchun biz sizga kofe ustidagi rasmlar haqida gapirmoqchi va uy sharoitlarida rasmlar chizishni o’rgatmoqchimiz!
Italiyalik Kaputsin-monaxlari kofe usitda ba’zan g’alati bezaklar paydo bo’lishini sezishdi – va shunday qilib kofeda rasm chizish fikri tug’ildi. Hozirda bu mohirlikni latte-art deb atashadi, va kofe bo’yicha ustani – barista deb atashadi.
Rasmni chizish uchun ba’zi kofe barmenlari trafaretlardan foydalanishadi, ammo asl san’at bezaklarning yordamchi uskunalarsiz chizilishi hisoblanadi, qachonki, espresso va amerikanoga sutli ko’pikni quyayotganda shunchaki o’z harakatlaringizga ishonishingiz kerak paytda.
Bizning vaqtda kofeda chizish san’ati shiddat bilan rivojlanmoqda, va baristalar yanada qiyinroq va noan’anaviy latte-art texnikalarni o’rganmoqdalar: ko'pikdan portretlar, hajmli rasmlar, koritsaning, sirop va boshqa ko'pgina narsalarning ishlatilishi.
Ammo latte-art boshlangan bir nechta klassik rasmlar mavjud. Ular ancha osonroq, va shuning uchun ulani uy sharoitlarida yaratish mumkin.
Yurak
Kofeda chizish uchun sizga 62-65 gradusgacha isitilgan, 3,4 % yog’li ko’pikli sut va sifatli pishirilgan espresso kerak bo’ladi, bo’lmasa, bezak aytgandek chiqmasligi mumkin. Ko’pikli idishni kofeli stakandan 5 santimetr uzoqlikda tuting, stakanni sal eging va ko’pikni aylanma harakatlar bilan soling. Eng oxirida ko’pikli idishni kofega juda yaqin keltiring va hosil bo’lgan aylanani “yoping”.
Rozetta
Espresso ichiga sutni mayin chiziq holatida soling. Ko’pikli stakanni kofening ustida balandroq tuting.Undan keyin sutli idishni chapga va o’ngga asta silkita turib suzing. Oxirgi harakat bilan rasmni “yoping”.
Lola
Ko’pikni kofe ichiga suzing. Stakan yarimigacha to’lganida, bir nechta yurakcha hosil qiling va ularni sutli chiziq yordamida bo’ling.
Endi siz kofeda rams chizish haqida ozgina ko’proq bilib oldingiz va hatto uy sharoitida chizib ko’rishga harakat qilishingiz mumkin. Kelayotgan kuzni, o’z ichinligingizni bezatgan holda, ozgina shinamroq qiling!
Сообщения из Facebook