Quyoshdan himoyalovchi ko’zoynaklarni qanday tanlash kerak?
Quyoshdan himoyalovchi ko’zoynaklarni qanday tanlash kerak?
Bugungi kunda ko’zoynaklar nafaqat ko’zlarni zararli quyosh nuridan asraydigan uskuna, balki zamonaviy aksassuar ham sanaladi. Axir ular yordamida ham qo’pol, ham go’zal obrazni yaratish mumkin. Lekin savol tug’ilishi mumkin: quyoshdan himoyalovchi ko’zoynakni qanday tanlash lozim? Ko’pgina modellar orasida keraklisini qanday toppish mumkin?

Ninachi

Bu shakl 60-yillarning oxirlarida mashhur bo’ldi, va, shubhasiz, har bir qiz ular haqida orzu qilar edi. Hozir ninachiga bo’lgan moda qaytib kelmoqda. Bu ko’zoynaklar boshqalardan ajralishni xohlovchi qizlar va yigitlarga juda mos keladi.

Mushuk ko’zi

Dadillik bilan, bu ko’zoynak boshqalar ichida eng noziki desa bo’ladi. Ko’zoynak hoshiyasining burchagi sal ko’tarilgan va tepaga uzaytirilgan. Bu ozgina o’yinqaroqlik va tannozlik hissini qo’shadi. Model universal hisoblanib, undan nafaqat Ayol-mushuk obrazida, balki turlicha obrazlarni yaratishda foydalanilsa bo’ladi.

Vayfareralar

Birinchi marta ular AQSHda 1952 yildan taniqli RayBan tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan, ammo keyinchalik boshqa marka kolleksiyalarida ham uchray boshladi. Aytgancha, ushbu model eng katta mashhurlikka “Tiffanidagi nonushta” filmining ommaga chiqarilganidan keyin erishdi, va o’sha filmda asosiy qahramon qiz aynan shu vayferlarni taqib tushgan.

Broulaynerlar

Bundan oldingi model singari bu ko’zoynak ham o’tgan asrning 50-yillarida AQSHda ishlab chiqilgan. Uning nomidan bilinib turibdi: broulaynerlarning ustki qismi plastic aylanmalar bilan qoplangan, va aynan o’shalar ikkilamchi qosh ta’sirini paydo qiladi. Va aynan shu xususiyat uni avvalgi hoshiyalardan farq qilishiga undaydi.

Aviatorlar

Eng mashhur ko’zoynak turlaridan biri. Birinchi marta bu model boshida aytib o’tilgan RayBan tashkiloti tomonidan 1937 yilda ishlab chiqilgan va AQSH qurolli kuchlarining harbiy uchuvchilariga atalgan. Birov o’sha payt mana shu shakl kelajakda taniqli bo’lishini taxmin qila olganmidi?

Tisheydlar

Bu katta bo’lmagan aylana shakl linzali va mayin sim hoshiyali ko’zoynak. 60-yillarda ko’pgina odamlar xippiga mansublik belgisi sifatida taqishgan. Aytgancha, Ozzi Osborn ko’zoynagi esingizdami? Mana bu aynan o’shalar!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook