просмотров
Lo'lilar uchun to‘y marosimi qadim zamonlardan beri muhim tushuncha bo‘lib kelgan. Shu sababli ular to‘y-tantanalar uchun hech qachon pul ayab o‘tirishmaydi. Lo'lilarning to‘ylari o‘zidagi hashamatdorlik va namoyishkorlikka bo‘lgan intilish bilan ajralib turadi.
Juda ko‘p oilalarning to‘y marosimi tufayli qarzdor bo‘lib qolish holatlari ham uchrab turadi.
Son-sanoqsiz mehmonlar, hovlidagi ulkan dasturxon, misli ko‘rilmagan tansiq taomlar, obdon bezatilgan kelin ko‘ylagi va unga taqdim qilingan tilla taqinchoqlar - lo'lilar to‘ylarining ajralmas birqismi hisoblanadi. Marosim davomida mehmonlarning barchasi sho'x musiqa sadosi ostida holdan toyguncha raqsga tushishadi.
Sovchilik
Har qanday to‘y marosimieng avvalo, sovchilik hamda unashtiruvdan boshlanadi. Kuyovning ota-onasi kelinning uyiga sovchi sifatida o‘z vakillarini yuboradilar. Agar kuyov vauning oilasi kelinning oila a’zolariga ma’qul bo‘lsa to‘y uchun rozilik berib yuboriladi. Lo'li qizlarining aksariyat qismi 16-20 yoshda oila quradilar. Zamonaviy hayotda ushbu ko‘rsatkichlar birozgina o‘zgargani rost. Lo'lilar orasida kichik yoshdagi bolalar va hattoki chaqaloqlarni ham unashtirib qo‘yish odati mavjud. Bolalar ulg‘ayib, katta bo‘lishgach, ota-onalar tomonidan to‘y marosimi uyushtiriladi. Bunday unashtiruvni buzishga hech bir tomonning haqqi bo‘lmaydi. Lo'lilarda shunday odatlar ham mavjudki, kichik yoshdagi qizaloqlar bolalikda unashtirilgan yigitlarining uylariga tarbiya qilish uchun berib yuborilgan. Kuyovning ota-onasi qizni o‘z qarashlaridan kelib chiqib tarbiya qilganlar. Qizning yoshi 12-13 ga yetgach, katta to‘y marosimi uyushtirilgan. Nima uchun lo'lilar bunchalar yosh oila qurganliklari haqida bilasizmi? Ularning fikriga ko‘ra, ajdodlar tomonidan tanlab berilgan bu yosh kelgusida kelin-kuyovning juda ko‘p farzand ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratar emish.
Kelin uchun qalin puli
Ko‘p hollarda kuyov oilasi lo'li kelinlar uchun katta miqdorda tilla buyumlar taklif qilishadi. Bundan tashqari, ayrim holatlarda kelin almashinuv jarayoni ham yuz berishi mumkin. Kuyov kelinni o‘z uyidan olib chiqib ketar ekan, uning o‘rniga singlisi, opasi yoki biror jiyanini qoldirishi kerak. Keyinchalik bu qiz kelinning akasi yoki ukasiga turmushga chiqadi. Lo'lilar bu odatni "te keres pe skimbate" deya ataydilar. Bunday holatda, kelin uchun qalin puli berish shart bo‘lmay qoladi.
Сообщения из Facebook