просмотров
Kosmos
Bashorat: Insoniyat Marsga uchadi
Ushbu g‘oyani ilk bor AQSHlik konstruktor Verner fon Braun rasmiylashtirgan bo‘lib, o‘z tasavvurlari va texnik hisob-kitoblarini 1948 yildagi "Mars loyihasi" kitobiga jamlagan edi. 1971 yilga kelib, Amerika kosmik agentligi ushbu sayyorada daryo yo‘llari mavjud ekanligini aniqladi. Bu esa Marsda suv, o‘z navbatida insoniyat uchun hayot mavjud bo‘lishi extimolini isbot etdi. Keyingi jarayonlar salkam poygaga aylantirib yuborildi. Ayni vaqtda Yevropa va Rossiyaning kosmik agentliklari tomonidan sayyoraga "EkzoMars-2020" loyihasi doirasida tadqiqot apparatlarini uchirish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
2020 yilning avgust oylariga Marsga "Kazachok" avtonom ilmiy stantsiyasi va "Rozalind Franklin" marsoxodi yetib borishi rejalashtirilgan. Apparatlar bu yerdagi yuza, iqlim va sayyora atmosferasini tadqiq qiladi.
Aynan shu vaqtdaAQSH ham o‘zining robotini Marsga uchirish niyatida. U Mars tuprog‘idan kerakli namunalarni olib, Yerga ilmiy tadqiqotlar uchun yuboradi. Olimlar Mars atmosferasidan kislorod olish va uni sinovdan o‘tkazishga qaror qilganlar.
Murakkabliklar
Mars missiyalarining asosiy muammosi - navigatsiyadir. Kemalarni jo‘natish va ularning sayyoraga yetib borish vaqtlari salkam 26 oyga cho‘zilishi mumkin. Shuningdek, sayyoraga parvoz qilgan odamlarni quyosh chaqnashlari, qumli bo‘ronlar va yuqori darajadagi radiatsiya ham kutadi.
Bashorat 2020 yilda amalga oshadimi? Yo‘q!
Bu boradagi ko‘plab savollar kutilayotgan yilda yechilmay qolib ketadi, missiyalar muddati cho‘zilishi ham mumkin.
Raqamli reallik
Bashorat: 5G standartlarining joriy qilinishi
2019 yilning aprel oyida ilk marta Janubiy Koreya, Shveytsariya, Xitoy va Rossiyada 5G avlod aloqasi sinovdan o‘tkazildi. U 1—2 Gbit/s tezlikka ega bo‘lib, ma’lumotlarni tezlik bilan uzatish uchun imkon beradi.
Deloitte kompaniyasi ma’lumotlariga kshra, 2019 yil oxirlariga kelib kompaniya bozorlardga mazkur texnologiya asosida ishlaydigan 1 millionga yaqin qurilmani taqdim qiladi. 2025 yilga kelib esa dunyodagi har yettinchi mobil qurilma 5G bilan ishlaydi. Ayni vaqtla ular orasida Samsung va Huawei qurilmalari mavjud, bundan tashqari Xiaomi va Nokia ham bozorlarga chiqishi kutilmoqda.
2020 yilga kelib 5G loyihalari ommalashib ketadi. Umumiy hisobda simsiz internetning turli standartlari yer yuzasining 85%ini qamrab olinadi.
Murakkabliklar
5G ing tirik organizmlarga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’siri hali to‘liq o‘rganilmagan. Xalqaro standartlar radiochastotalarning xavfsizlik darajasini ham hisobga olishi kerak.
Bashorat 2020 yilda amalga oshadimi: Ha!
Bashorat: AR/VR reallikning o‘rnini bosadi
Greenlight VR kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil oxirlariga kelib, 37 millionta virtual reallik qurilmalari sotilib ketadi. Bu borada Apple kompaniyasining umidlari juda katta. 2020 yilga kelib har bir jamoat joyida VR-stantsiyalari ishlaydi, deydi Alldot VR direktori Roberto Simmerman. Keyinchalik bunday stantsiyalarni insonlar o‘zlari bilan olib yurish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
VR-qurilmalar insonlarga liboslar tanlashda yordam beradi, o‘zlarini turli vaziyatlarda tasavvur qilib ko‘rishlari uchun imkon yaratadi. Virtual qahramonlarning paydo bo‘lishi hech kimni hayratga solmay qo‘yadi. Misol uchun ayni vaqtda raqamli san’at loyihasi sanalmish Lil Mikelaning Instagram sahifasini 1,5 milliondan ortiq odam kuzatib boradi.
Murakkabliklar
Foydalanuvchilar uchun virtual reallikka to‘liq mubtalo bo‘lish jismoniy xavfni keltirib chiqaradi. Misol uchun Pokémon Go o‘yini paydo bo‘lgan vaqtlarda o‘ta ommalashib ketgandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u taqdim etilgan vaqtdan 10 kun o‘tib mana shu vaqt davomida AQSHda 14 ta avtohalokatga sabab bo‘lgani aniqlangan.
Bashorat 2020 yilda amalga oshadimi: Yo‘q!
AR/VR texnologiyalari ma’lum ma’noda ommalashishi mumkin, ammo reallik o‘rnini to‘liq egallay olmaydi.
Mashina VS odam
Bashorat: Avtomobillar haydovchilarsiz harakatlanadi
Bespilotnik qurilmalar qishloq xo‘jaligida tuproqqa o‘g‘it solish va uni parvarish qilish jarayonini kuzatish, dorilarni tashib keltirish ketma-ketliklari, harbiy va shu kabi sohalarda keng qo‘llanila boshlaydi. Ammo, injenerlarning bu boradagi asosiy maqsadlari - bespilotnik avtomobillardir. Misol uchun, Toyota avtokonserni 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiada vaqti o‘zining E-Palette bespilotnik yuk shattli, dunyodagi birinchi seriyali avtobuslarni namoyish qilish niyatida. Shvetsiyaning Einride startapi esa T-pod mashinalarining 200 nusxasini ishlab chiqarishni reja qilgan. Ular masofaviy tarzda operatorlar tomonidan boshqariladi.
Murakkabliklar
Bespilotnik qurilmalar 2020 yilda ommalashsa ham, ularning yo‘llar bo‘ylab bemalol harakat qilishlari uchun ruxsatnoma 2023 yildan avvalroq berilmasa kerak. Bu yuridik, informatsion va texnologik chegaralar bilan bevosita bog‘liq. Ularning ommalashishi uchun keng shariotlar AQSH, Xitoy va Yevropa mamlakatlarida yaratiladi.
Bashoratlar 2020 yilda amalga oshadimi: Yo‘q!
Bundan avval xavfsizlik bilan bog‘lab ko‘plab savollarga javob topish lozim.
Сообщения из Facebook