просмотров
Biz kino yulduzlaridan bo'lgan odamlarni katta muvaffaqiyatsizlikka uchraganda osonlik bilan yengilish mumkin bo’lgan vaziyatida o’zida jur'at yig’ib maqsad sari intilgan insonlarni hikoyalarini to’pladik.
Uinston Churchill
Uinston Churchill
Cherchil oltinchi sinfdan yettinchi sinfga o’tkazilmagan. U yillar davomida o’zi urinib ko’rgan siyosiy lavozimga erisha olmagan. Keyinchalik 62-yilda Britaniya Bosh vaziri bo'ldi.
Tomas Edison
Edisonning o'qituvchilari unga biror narsa o'rganish uchun juda ham aqmoq ekanligini aytishdi. Bundan tashqari, u ishlaydigan lampochka versiyasini olishdan oldin 1000 omadsiz versiyasini yaratgan.
Harland David Sanders
Sanders KFC, tovuqlarini hech kimga sotolmadi. U1000 dan ziyod restoranlardan rad javobini olgan. Lekin keyinchalik bir restaran rozi bo’lgan va bugungi kunda dunyodagi KFC belgisida mavjud oshpazda o'zining surati aks etgan.
R.H. Meysi
Nyu –Yorkdagi do’kondan tortib Meysida butun boshli bizneslarning omadsiz yakunlari juda ko’p edi. Biroq u to’xtamadi va bugungi kundagi eng yirik univermaglardan biri Macy’s ni tashkil qildi.
Steven Spilberg
Stiven Spilbergni uch marta ketma-ket o’zi istagan Janubiy Kaliforniya Universitetiga qabul qilishmagan. U boshqa bir joyda ta'lim olishga qaror qildi, keyin esa o’qishni tark etib rejisorlikni boshlagan.
Charli Chaplin
Charli Chaplinning chiqishlari menedjerlar tomonidan iliq kutib olinmadi: ular ushbu chiqishni odamlar tushunishlari uchun juda ham chigal deya baholashdi. Lekin ular baribir ham sinab ko’rdilar va Charli Chaplin Amerikaning birinchi raqamli kino yulduziga aylandi.
Merlin Monro
Columbia Pictures kompaniyasi bilan Merlin Monroning birinchi shartnomasini bekor qilingan: prodyuserlar Monroni aktrisa bo’lish uchun yetarli darajada chiroyli va iqtidorli emas deyishgan. Merlin Monro rollarida izlanishda davom etgan va Gollivudning eng yorqin yulduziga aylangan.
Soichiro Honda
Toyota kompaniyasiga muhandis sifatida ishga joylasha olmadi va Honda ishsiz qoldi. Ammo keyin u mototsikllarni to'plashga kirishdi, o'z biznesini ochib, milliarderga aylandi.
Vera Vong
U AQSh Olimpiya terma jamoasiga figurali uchish bo’yicha kira olmagan. Shundan so’ng u Vogue Jurnalida muharrir bo’lib ishladi. Lekin u bosh muharrir bo’la olmadi. 40 yoshida Vera Vong to’y liboslari dizayneriga aylandi va bugungi kunda u ushbu sohaning eng yetakchi dizaynerlaridan biridir.
Walt Disney
Gazetaning muharriri Disneyni ishdan bo'shatdi, chunki u "hayol va tasavvurdan mahrum edi". U bir nechta kompaniyalarni yaratdi, ammo ularning barchasi mag'lub bo'ldi. Ammo keyin Disney "Oppog’oy" multfilmini oldi va bugungi kunda bolalarning aksariyati ushbu multfilmni sevib tomosha qilib ulg’aymoqdalar.
Albert Eynshteyn
Enshteyn gapirishni to’rt yoshidan , yozishni esa yetti yoshidan boshlagan. O'qituvchilar uni "ezma" va "aqliy rivojlanmagan" deb atashgan. Ammo Eynshteyn o'zining fizika bo'yicha Nobel mukofotini tasdiqlaydigan maxsus fikrga ega edi.
Charlz Darvin
Darvinni aqlsiz talaba deya hisoblashgan. Darvin tibbiy martabasidan voz kechib, diniy maktabda o'qishni boshlaydi. Ammo tabiatni o'rganish orqali Darvin o’zini topdi.
Isaak Nyuton
Sir Isaak Nyuton oilaviy fermani boshqarishga tayinlangan bo'lsa-da, u qattiq ishdan qochib qutulavergan. Keyinchalik Kembrij universitetiga yuborildi va u fizikga aylandi.
Dik Cheyni
Cheyni Yel universitetidan ikki marta haydalgan. Jorj Bush bir paytlar hazilida : "Endi biz bilamizki: Yelni tugatsangiz, siz prezident bo'lasiz. Agar siz o’qishni tugatolmasangiz, u holda vitse-prezident bo’lasiz. " degan edi.
Jerri Seinfeld
Seinfeld birinchi sahnada paydo bo'lganida, xaloyiq uni yaxshi kutib olmadi. Keyinchalik mashhur komediyachi bo'ldi va eng sevimli televizor serialidan birini suratga oldi.
Fred Aster
Fred Asterning birinchi kino filmlari natijalariga ko'ra, “sudyalar” yozgan: "U o'ynashni bilmaydi, qo'shiq ham aytolmayapti. Juda kam raqsga tushdi”. Aster tarixdagi eng mashhur raqqos bo'ldi va amerikalik ayollarning qalbidan joy egalladi.
Sidni Puate
Birinchi ekran sinovidan so’ng Sidni Puatega o’zi va atrofdagilarni vaqtini behuda sarflamaslikni, undan ko’ra idish tovoq yuvishga yoki shunga o'xshash ishga joylashishini aytishdi. U Oskarni qo’lga kiritgan va dunyo aktyorlari undan ibrat olishadi.
Opra Uinfri
Opra o'zining birinchi televizion ishidan bo'shatildi: xo'jayinlar uning tashqi ko'rinishi ekranda noto'g'ri deb qaror qilishdi. Ammo u o'zida kuch yig’di ,ishlashni davom ettirdi va televizion tok-shoularning malikasiga aylandi. Shu o’rinda milliarderga ham.
Lusill Boll
Ko'p yillar davomida Bolli uchinchi darajali aktrisa hisoblanib qoldi, uning agenti unga yana bir narsa qilishni maslahat berdi. U Amerikada uzoq yillar davomida eng mashhur tele ko'rsatuv bo'lib qolgan "Men Lucy-ni sevaman" teleseriali bilan kashfiyot qildi.
Harrison Ford
Fordning birinchi filmidan keyin prodyuserlar unga hech narsaga eisha olmasligini aytishdi. Ammo bugungi kunda Ford dunyo bo’yicha eng “kassabop” aktyorlar ro’yixatining uchinchi o’rinida turadi.
Vinsent Van Gok
Vaan Gok hayoti mobaynida chizgan asarlaridan faqatgina bittasini sota oldi bu ham bo’lsa do’stiga. Ba’zan suratlarini (800dan ortiq) chizish uchun och qolishiga ham to’g’ri kelgan . Bugungi kunda esa uning asarlari bebaho hisoblanadi.
Doktor Syuss
Doktor Syussning birinchi kitobi 27 noshir tomonidan rad etildi. Bugun u bolalar kitoblarining eng mashhur muallifi.
Genri Ford
Genri Fordning birinchi avtomobil kompaniyasi bankrotga uchradi. Ikinchi kompaniyasini esa sherigi bilan janjali tufayli tashlab ketdi, uchinchisi yuqori pog’onalarga ko’tarila olmadi. Lekin oxir-oqibatda u eng katta amerikalik tadbirkorlardan biri bo'ldi.
Jeyms Dayson
Sirli Jeyms Dayson 15 yil davomida changyutkichning ixtirosi ustida ishlagan, 5126 nomaqbul prototipni sinovdan o'tkazdi va ularga katta mablag’ sarfladi. Ammo 5127 prototip omadli ishlab chiqildi va bugungi kunda Qo'shma Shtatlarda changyutgichlarning ko'pchiligi Dayson markasi ostida sotilmoqda.
Stiven King
Avvaliga Kingga o’zining birinchi romani “Kerri” yoqmagan va uni axlat qutisiga uloqtirgan. Kingning xotini qo'lyozmani savatdan topib oladi. Bugungi kunga qadar u 49 ta roman, 350 million nusxadagi tiraji bo'lgan romanni yozgan.
J.K. Rowling
Rowling ishsiz, ajrashgan va qizini ijtimoiy yordam orqali voyaga yetkazayotgan edi. Garri Potter kitobini yozmaguniga qadar. Bugungi kunda u xalqlar aro mashxurlikka ega va kitob yozuvchilar ichida milliarderga aylangan ilk odamdir.
Сообщения из Facebook