Alamdan qutulishning samarali 10 usuli
Alamdan qutulishning samarali 10 usuli
Qarshingizdan kelayotgan inson shundoqqina yo‘lingizni kesib o‘tdi, hamkasbingiz sizni ko‘rib turib ham ko‘rmaganlikka oldi, turmush o‘rtog‘ingiz esa har doimgidek dilingizni xira qildi. Bu kabi vaziyatlar hayotingizni yemirib tashlamasligi uchun qanday chora ko‘rish mumkin? Alamdan qutulishning qanday samarali usullari bor?

1. Alamda ekanligingizni tan oling.

Bu jarayon tomon tashlangan ilk qadamdir. Hissiyotlaringizni tan oling, alamni ichingizga yutib, o‘zingizni qiynamang.

2. Chuqur va ohista nafas oling.

Alam miya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chuqur nafas olish esa uni neytrallashtirish uchun yordam beradi. Nafas olish mashqlari imkon qadar uzoqroq davom etishi kerak. 

3. Xavfni to‘liq anglang.

Alamdan hosil bo‘lajak xavf nimadan iborat ekanligini tushuning. Bu qaysi bir sohada sizga zarar yetkazmoqda? Balki jismoniy, shaxsiy yoki professional jihatdan ziyon keltirayotgandir? Agar xavfni his qilsangiz, ishga kirishing! 

4. Shoshilinch qarorlar chiqarmang

Balki hamkasbingizning siz bilan salomlashmaganiga sabab o‘zini yomon his qilayotgani yoki o‘z hayollari bilan band ekanligidir. Keskin qarorlardan saqlaning, bosiqlik bilan mulohaza qiling.

5. Barcha narsa mukammal bo‘lmasligini tushunishga harakat qiling.

Dunyoda hech bir narsa mukammal bo‘lmaydi. Bu yo‘llarda sizga to‘qnash keladigan to‘siqlar ham, odamlar ham turli hildir. Shu sababli ushbu haqiqatni boricha qabul qiling.

6. Maydalashmang!

Muammolarga yengilroq qarashni o‘rganing, o‘zingizga past baho bermang. Vaziyat qanchalik yoqimsiz bo‘lsa ham, uni maydalashtirib yubormang va bunga e’tibor qaratishdan cheklaning.

7. Alamingiz asoslimi?

Alam o‘zimizni kuchli va qat’iy his qilishimiz uchun yordam beradi. Bundan to‘g‘ri foydalanishni biling. Balki sizga alam qilayotgan narsa hech qanday asosga ega emasdir? 

8. O‘zingizni nazorat qiling

Yoqimsiz hodisalarni boshdan kechirayotganingiz uchun begunoh insonlarga g‘azabingizni sochmang. Buning uchun ular aybodor emas axir! Har qanday holatda ham o‘zingizni nazorat qilishga o‘rganing! 

9. Harakatda bo‘ling!

Yugurish, sayr qilish, yoga bilan shug‘ullanish gormonlar konsentratsiyasini pasaytirish uchun yordam beradi. Aynan ular stress va alamni keltirib chiqaradi. Sport mashqlari kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan serotonin va dofamin darajasini ko‘tarish borasida ham benazirdir. 

10. Yaqinlaringiz bilan suhbatlashing

Sizni yaxshi bilgan odam vaziyatga o‘zgacha baho berishi va yoqimsiz holatdan qutqarishi mumkin. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook