Alibaba.com bilan birga biznes hamkorlik qilish uchun 7 ta biznes g‘oya
Alibaba.com bilan birga biznes hamkorlik qilish uchun 7 ta biznes g‘oya
Eng avvalo Alibaba Group bu qanday hodisa, qay tarzda dunyoga kelgani va nima bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida bilib olaylik.

Alibaba Group —Alibaba.com B2B veb-portalining egasi, internet-tijorat sohasida ishlaydigan Xitoy ommaviy kompaniyasi. Kompaniyaning Bosh idorasi Xanchjou shahrida joylashgan. Faoliyatning asosiy turlari V2V sxemasi bo‘yicha kompaniyalar o‘rtasidagi savdo operatsiyalari va chakana onlayn-savdodan iborat. 2012 yilda Alibabaning ikkita portalida sotuvlar hajmi 1,1 trillion yuanni (170 milliard AQSh dollarini) tashkil etdi. Kompaniya eng avvalo Xitoy Xalq Respublikasida faoliyat yuritadi va 2014 yil 19 sentyabr kunidagi birlamchi aksiyalar taklif qilinishining (IPO) tarixiy sanasida Alibabaning bozor qiymati 231 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Tarixi

Kompaniya 1999yilda Alibaba.com internet-sayti ro‘yxatdan o‘tgan Xanchjou shahrida 17 nafar sheriklar ishtirokida tashkil etilgan. Boshidan boshlab Alibaba kichik va o‘rta korxonalar savdosi uchun maydon sifatida ko‘rilgan.

2005 yildaYahoo! kompaniyasi Alibaba Group kompaniyasi aksiyalarining 43 foizini sotib olgan, ammo 2012 yilning 18 sentyabr kuni Alibaba o‘z aksiyalarining Yahoo! kompaniyasi tasarrufida bo‘lgan 20 foizini qayta sotib olish jarayonini yakunlagan.

2007 yil noyabrida aksiyalar Gonkong fond birjasida joylashtirilgan, biroq 2012 yilda kompaniya ularning delistingini, ya’ni o‘zi emitent sifatida fond birjasining kotirovka ro‘yxatidan chiqarilishini amalga oshirgan.

2011 yilning 31mart kuniga ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning soni dunyoning 240 mamlakati va mintaqalaridan 65 million kishidan oshib ketdi.

Xitoyningi Research kompaniyasining hisobotlari bo‘yicha Alibaba Group ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar va bozordagi foyda nisbati jihatidan 2006 yil holatiga B2B-savdo maydonlari bozoridagi eng yirik Xitoy kompaniyasidir. U xalqaro bozorlarida ham ishlaydi, xususan, 2012 yilda Alibaba.com kompaniyasi Qiwi internet to‘lov tizimi bilan kelishuv bitimini tuzib Rossiya bozoriga kirib keldi. Oradan bir yil o‘tib, 2013 yilda u Web Money Transfer tizimiga ulandi, 2014 yilda esa Yandeks.Dengi orqali “Sberbank”ning shu nom bilan nomlangan elektron hamyonlari va terminallarini ulagan.

2014 yil 28 avgustida rejalashtirlgan IPO o‘tkazilishidan oldin rasmiy hisobotni chop etdi. Hisobotdan olingan kalit ko‘chirmalar: 2014 yilning ikki choragi davomidagi tushum 2,54 milliard AQSh dollari (yillik hisobga nisbatan 50,81 % va birinchi chorakka nisbatan 9,41 %), sof daromad 1,99 milliard AQSh dollari (yillar nisbatida + 182 %), faol haridorlar soni 279 milliongacha ko‘paydi (yillar nisbatida 50,81 % va oldingi chorakka nisbatan 9,41 % ko‘proq).

2014 yil sentyabrida Nyu-York fond birjasida birlamchi ommaviy taklif 21,8 milliard AQSh dollarini jalb qildi, keyinchalik esa 25 milliardgacha ko‘payib, tarixdagi eng yirik IPO (birlamchi ommaviy taklif) bo‘lib qoldi.

2018 yilning bahorida Alibaba taom yetkazib berish bo‘yicha Ele.me Xitoy onlayn-xizmatini sotib oldi. Shartnoma qiymati 9,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

2018 yil Apreloyida kompaniya harakatlanish avtonomligining to‘rtinchi darajasi talablariga to‘la javob bera oladigan haydovchisiz transport vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani e’lon qildi. Shu soha rivojlanishini qo‘llab-quvvatash maqsadida Xitoy hukumati mamlakat hududida haydovchisiz avtomobillar sinovini o‘tkazish shartlari va jarayonlari to‘g‘risida qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqib qabul qildi.

Guruh strukturasi

Komaniya Alipay o‘z elektron to‘lov tizimiga ega. Ushbu to‘lov tizimidan kompaniyaning Taobao.com nomli shu’ba tarmog‘idagi hisob-kitoblarda ham foydalaniladi. Kompaniya korxonani boshqarish maqsadida o‘zining barcha tarmoqlari uchun yagona bo‘lgan,shuningdek mintaqalar va tarmoqlar bo‘yicha taqsimlangan maxsulotlar vakorxonanng ma’lumotlar bazalariga ega bo‘lgan dasturiy ta’minotdan foydalanadi.

Alibaba Group o‘zining bir necha tarmoqlarini boshqaradi:

•        Alibaba.com (Alibaba China, Alibaba International) — kompaniyaning asosiy aktivi, tashkilotlar uchun savdo maydoni

•        Alibaba Pictures (Alibaba Pictures Group) — Xitoy kinokompaniyasi

•        AliExpress.com — maxsulotlarni chakana va mayda ulgurji tarzda sotadigan internet-do‘kon. Maxsulotar to‘g‘risidagi ma’lumot turli tillarga avtomatik tarzda tarjima qilinadi. Xizmatning o‘ziga xos fazilati shundaki, sotuvchi to‘lovni faqatgina maxsulot haridorga yetkazib berilganidan keyingina oladi.

•        Taobao.com — chakana savdoning onlayn-bozori, internet-do‘kon va internet-auksion (taklif etilayotgan barcha maxsuotlarni AliExpress orqali sotib olish mumkin)

•        Alipay — onlayn eyektron to‘lovlar uchun platforma

•        PAL — maydonchalarga ulanishni amalga oshiruvchi xizmat ko‘rsatish kompaniyasi

•        1688.com — ulgurji savdo uchun onlayn maydoncha

•        Tmall.com

•        Juhuasuan

•        eTao

•        Alibaba Cloud Computing

•        Yahoo! China

•        Ele.me

 

Mana endi Alibaba bilan birga biznes hamkorlik qilishning 7 usuli bilan tanishamiz.

Avval aytib o‘tilganidek, Alibaba B2B (inglizcha “Business to business”, ya’ni “biznes uchun biznes”, qisqartirilgan holda “bi-tu-bi” deb atalish odat tusiga kirib qolgan) sektoridagi eng yirik internet-maydonchasi. Bu platformasi biznesning hajmi va uning joylashgan manzilidan qat’iy nazar butun dunyo bo‘ylab kichik va o‘rta biznesni bog‘lash maqsadida maxsus ishlab chiqilgan. Shunday ekan, keling bir ko‘rib chiqaylik - ushbu maydoncha yordamida biznes uchun qanday g‘oyalarni topish va shuning yordamida qanday qilib pul ishlash mumkin ekan.

Brendning vatani Xitoy. Biroq, Alibaba Group allaqachon o‘z vatani sarhadlaridan tashqariga chiqib ketib, internet-savdosidagi butun dunyoga mashhur brendga aylanib qolgan. Kompaniyaning joriy daromadi eBay va Amazon.com kompaniyalarning birgalikda olingan ko‘rsatkichlaridan 40 foiz ortiqroq. Bu esa Alibaba Group kompaniyasini elektron tijorat hamda xalqaro biznes bilan savdo sohasidagi eng yetakchi kompaniyalardan biri sifatida namoyon qiladi. Biz ushbu platforma mavjudligiga befarq qola olmadik, shuning uchun ham Alibaba.com bilan bir necha biznes g‘oyani hukmingizga havola qilmoqchimiz. 

1. Alibaba aksiyalari savdosi

Alibaba kompaniyasi bir necha yillar avval o‘z aksiyalari bilan Nyu-York birjasiga chiqqan. Shundan beri uning aksiyalari faqat barqarorlik va yuqori o‘sish sur’atini ko‘rsatib kelmoqda. Alibaba Group aksiyalarining daromadliligi ayrim paytlarda 90 foizga yetadi. Bu a’lo darajadagi investitsion sarmoya qo‘yilmasi.

Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kundagi Rossiyaning eng taniqli va badavlat kishilaridan biri Alisher Usmonov bu kompaniyaning aksiyalari faqat o‘sadi deb hisoblagan holda Alibaba Group qimmatli qog‘ozlariga allaqachon o‘z sarmoyalarini kiritgan. Buni hamma qila olishi mumkin, chunki aksiyalar savdosi doim ochiq.

2. Alibabaning vositachisi bo‘lish

Internet butun dunyo bo‘ylab dev qadamlar harakatlanayotganiga qaramay, undan foylanish imkoni hammada ham bor, deb bo‘lmaydi. Yoki internetdan foydalanishni hamma ham shunchaki bilmaydi. Ha, bunga qanchalar taajublanmang, biroq, hamma ham siz kabi tarmoqdan ustalik bilan foydalanishni hali bilmaydi. Shuning uchun, siz bundan foydalanib bemalol pul ishlab olishingiz mumkin - barcha istak bildirganlar uchun Xitoydan samarali maxsulot yetkazib berishlarni izlay boshlang. Samarali takliflarni izlang, logistik kompaniyani toping. Ya’ni, maxsulotlarning tijorat partiyalarini topish va yetkazib berish bo‘yicha barcha tashkiliy masalalarni o‘z zimmangizga oling. Alibabada yetkazib beruvchilar juda ham ko‘p, maxsulot bo‘yicha takliflar esa undan ham ko‘p, nimani va kimdan tanlab olish uchun imkoniyatlar cheksiz bo‘lmasa ham, haddan tashqari ko‘p. Juda samarali takliflarni topish mumkin.O‘zingiz yaxshi biladigan biror maxsulotni tanlang. O‘z shahringiz yoki mintaqangizdagi shu maxsulot bozorini o‘rganib chiqing. Alibabada yetkazib beruvchilarni toping. Shu yerning o‘zida logistikani ham topish mumkin. Maxsulotning ulgurji partiyasi yetkazib berish va bojxona harajatlari qo‘shilgan holda qancha turishini hisoblab chiqing. O‘zingizning ustamangizni qo‘ying va maxsulotni mahalliy sotuvchilarga taklif qiling. Siz vaqtdan boshqa hech narsani yo‘qotmaysiz, chunki maxsulotni sotib olish va yetkazish uchun oldindanto‘lov olish mumkin. Sotuvchilar bilan ishlagingiz kelmayaptimi? Huddi shunda yoldindan to‘lov bilan jamoviy haridlar tashkil eting, ulgurji partiya va uning sizgacha yetkazib berilishi uchun pul yig‘ib oling, maxsulotni qabul qilib olgandan keyin esa barcha haridorlarga jo‘natib chiqing. Yoki bundan ham  oddiyrog‘i - zarur mahsulot yetkazib beruvchiga bog‘lanish uchun ma’lumotlarni yig‘ib chiqib, ushbu maxsulotning narhlarini ro‘yxatga yozib chiqing va ro‘yxatni barcha istak bildirgan kishilarga soting. Masalan OLX maydonchasi orqali. Talab bo‘ladi, bunga 100 foiz javob! Alibabada ro‘yxatdan o‘tish tekin.

3. AliExpress bilan ikkita biznes g‘oya.

AliExpress - Alibabaning “qizi”. Xitoy savdogarlaridan xitoy maxsulotlarini sotib olish uchun chakana savdo internet-maydonchasi. AliExpress Sahifalarida Xitoy mayda-chuydalaridan tortib Hi-End toifasidagi eng zo‘r elektronika maxsuslotlarigacha kerak bo‘ladigan hamma narsani topsa bo‘ladi.

1. AliExpress hamkorlik dasturi. AliExpressda ro‘hatdan o‘tgandan keyin, sizning ssilkangizdan o‘tgan foydalanuvchilarning harididan 8,5 foizini olishingiz mumkin. Juda qulay hamkorlik sahifasida maxsulot tanlash, ssilkani olish, banner yaratish mumkin. Ssilkalarni forumlarda, shaxsiy saytda, guruhlar va ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish mumkin. Yagona kamchiligi - hamkorning shahsiy kabineti faqat ingiz tilida. Ingliz tilini bilmagan taqdirda unda ishlash ancha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, lekin odatda bu vaqtincha hol.

AliExpressda sotiladigan istalgan maxsulotni rekalama qilish mumkin. Shaxsiy kabinetda harbir maxsulot uchun alohida ssilka yaratib, uni istalgan joyingizda joylashtirishingiz mumkin.

2. Ali Express vositachisi bo‘lish. Siz biror savdo markazida o‘zingizning vitrinangizni ochishingiz mumkin. Buning uchun sizga internet, noutbuk, katta monitor yoki televizor va 1x1 o‘lchamidagi peshtahta kerak bo‘ladi. Kichginagina viveska.Televizor yoki monitorda maxsulot va uning narxlari aylanib turadigan chiroyli animatsion zastavka yarating. Masalan:

- erkaklar uchun paypoqlar - 7000 so‘mdan boshlab,

- telefonlar uchun g‘iloflar - 3000 co‘mdan boshlab,

- bolalar kiyimlari - 28000 so‘mdan boshlab.

Va hokazo.Barcha qiziquvchilarga AliExpressdan maxsulot buyurtma berish bo‘yicha axborotxizmatini ko‘rsatishingiz, maxsulot tanlashga, “xaridlar savatchasi”nitayyorlashga yordam berishingiz, yetkazib berishni rasmiylashtirishingizmumkin. To‘lovni ular eng yaqin bankomat orqali amalga oshirishlari mumkin.To‘g‘ri tashkil qilingan reklama va odamlarga muomala bo‘lsa birinchimijozlaringiz savdo markazidagi sotuvchilarning o‘zi bo‘lib qoladi, ulargamaxsulotlarning ulgurji partiyalar doim kerak bo‘ladi. Ularni esa sizAliibabadan topishingiz mumkin.

Biroq oddiy xaridorlarning oqimi ham sizga yaxshigina daromad keltirishi mumkin, chunki o‘z yordamingizning yarim-bir soati uchun oladigan xizmatingiz uchun 20000 - 50000 so‘m olganingizdan tashqari terminaldan o‘z foizingizni ham olasiz, xitoy maxsulotlariga esa, kim nima desa ham, baribir talab doimiy ravishda bor. Avvaldan shuni eslatib qo‘yishimiz kerakki, o‘zingiz uchun bir oyda 1000 AQSh dollarigacha maxsulot buyurtma qila olishingiz mumkin. Undan ortib ketib qolsa bojxona bojini to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, istagan hamma uchun o‘z manzilingizga buyurtma bera olmaysiz.

4. Alibabada to‘g‘ridan to‘g‘ri biznes uchun uchta biznes-g‘oya.

Alibabada o‘zingiz uchun maxsulotning  ulgurji partiyasini buyurtma berib, shundan keyin maxsulotni o‘z shahringizda sotishingiz mumkin.

1. O‘z kiyim va poyafzal do‘konini ochish. Alibaba orqali taniqli Xitoy dizaynerlari yoki brendlardan kiyim-kechak, poyafzal va aksessuarlarning ulgurji partiyalarigaega bo‘lish mumkin. Buning uchun siz xitoy kiyim-kechagining ko‘p brendli do‘konini ochishingiz kerak bo‘ladi. Bu soha - kiyim-kechak sotish - bir maromdagi talabga ega, xitoy maxsulotiga bo‘lgan narxlar esa daromadi o‘rtachava o‘rtachadan past bo‘lgan kishilar uchun juda mos keladi. Nomi chiqqan Xitoy brendi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi-yetkazib beruvchi o‘ziga xos sifat kafolati bo‘la oladi. Shuningdek, bolalar hamda ayollar kiyimi, poyafzali, bijuteriya, maktab formasi va aksessuarlarga ham talab doimiy ravishda mavjud. Alibabada bir necha ishonchli yetkazib beruvchilarni tanlab, nafaqat yetkazib beruvchidan maxsulotiningizni sotib olib, balki uni tekshirib, bojxonadan o‘tkazib QQSni o‘zingizga qaytarib bera oladigan kargo-kompaniyasi turidagi yetkazib berishning yaxshi va arzon tizimini topish kerak. Navbatdagi- masala maxsulotni ustama bilan sotish. Natijada siz foydadasiz.

2. Xitoydan mini-ishlab chiqarish uchun dastgohlar. Xitoydan dastgohlarga da’volar ko‘p, eng asosiysi - mustaxkamlik. Lekin bunday dastgohga bo‘lgan narx istalgan kamchilikni qoplab ketadi. Bundan tashqari, hozircha faqat Xitoydan keltirilayotgan arzon dastgohlar kichik biznesga “oyoqqa turib olish” imkonini yaratib berib kelyapti. Keyinchalik xitoyning arzon dastgohlarini asta-asta ancha mukammalrog‘iga almashtirib olish mumkin. Samorezlar va metizlar, rezina plitkalari, bruschatka, gazobeton, sayding va turli boshqa narsalarni ishlab chiqarishni bugungi kunda Xitoyning kichik dastgohlarisiz tasavvur ham qilish qiyin. Shu bilan birga, grillar, shaurma uchun mashinalar, plitalar, sovutgichlar, termoslar kabi oziq-ovqat sanoati va tayyor tezkor ovqatlanish ob'yektlari ham Xitoy dastgohlarida ishlaydi. Siz bu narsalarni ustama qo‘yib sotish uchun, yoki butlovchi qismlarni Xioydan sotib olib o‘zingizning dastgoh ishlab chiqarishingizni tashkil qilishingiz mumkin.

3. Alibaba.comda noan’anaviy biznes. Alibabada sotuvchilar va maxsulotlar ichida shunday takliflar uchrab qoladiki, boshqa mamlakatlardagi bozorlar ular haqida hatto hali eshitishga ham ulgurmagan. Biroq o‘sha narsaga shartli talab baribir bor.Bu nima bo‘lishi mumkin deysizmi? Istalgan narsa - shakllarga ega turli ranglardagi karamel tayyorlovchi qandaydir apparat deysizmi, poxol bilan undan omuxta yem tayyorlovchi moslama deysizmi, hammasini shu yerdan topsa bo‘ladi.Umuman aytganda, misol izlab uzoqqa borishning ham hojati yo‘q - hozirgi paytda asta sekinlik bilan Rossiya, Qoziog‘iston va Markaziy Osiyoda ommalashib borayotgan chuqur fermentatsion to‘shama. Uni ulgurji savdogarlar Xitoydan topib Alibabadan sotib olmoqdalar. Bunaqa takliflar juda ham ko‘p, faqat ularni Alibaba.comda izlab ko‘rib, ko‘lamini o‘z vatanidagi sharoitlargacha kengaytirish kerak, xolos.

Yana bir yorqin misol -hayvon so‘yish, ya’ni qushxona ko‘chmanchi komplekslari. Bu yukli shatakchi transport vositalariga tirkama shaklida. Tirkamalar tezkor kuchli muzlatish uchun muzlatgichlarigacha bo‘lgan barcha zaruriy anjomlar bilan jihozlangan. U chekka hududlarda uy hayvonlarini so‘yib joyida go‘sht  maxsulotlarini nimtalash uchun mo‘ljallangan. Shu tarzda kichik fermer xo‘jaliklari odatdagidek, hayvonlarni qushxonaga olib borgunicha o‘z ustamasini qo‘yib maxsulot narhini oshishiga sababchi bo‘ladigan olib-sotarlarga sotishning o‘rniga go‘sht maxsulotlarini tayyorlash uchun o‘z qushxonalariga ega bo‘lmagan holda shunday kompleksni ijaraga olib, bozorga tayyor muzlatilgan go‘shtni qimmatroq sotishi mumkin. Komleksning mobilligi o‘z mintaqasidagi barcha qishloq fermer xo‘jaliklariga bemalol xizmat ko‘rsatish mumkin. Xoh ishoning, xoh ishonmang, lekin shunday kompleks yoki uni yig‘ish uchun dastgohlar aynan Alibabada sotiladi. Buning uchun Alibaba.comda izlab topishga atigi bir necha bo‘sh soatingizni sarflasangiz bo‘lgani.

Alibaba.comda qanday qilib ishonchli sotuvchi va yetkazib beruvchini topish mumkin?

Afsuski, juda ommabop bo‘lgan savdo maydonchasi faqat haloli pok savdogarlarnigina jalb qilish bilan chegaralanmaydi. Savdo maydonchasida turli toifadagi firibgar va olib-sotarlar ham juda ko‘p. O‘zingizni va moliyaviy mablag‘ingizni ularning takliflari, aniqrog‘i to‘g‘onog‘idan havfsizlantirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim.

1.      Sotuvchining statusiga e’tibor bering, u Gold Supplier bo‘lishi kerak - bunday status faqat to‘lov asosida, sotuvchi sinkovlik bilan tekshirilganidan keyin taqdim etiladi. Har yili statusning muddatini uzaytirish kerak, agar u uzluksiz uzaytirilib kelayotgan bo‘lsa, bu xaqda maxsus belgi bo‘ladi.Masalan, agar sotuvchi 5 yil tinmay Gold Supplier statusini uzaytirib kelayotgan bo‘lsa - bu albatta uning anketasida ko‘rsatilgan bo‘ladi - 5 yil Gold Supplier. Agar u orada tanaffus bilan statusini uzaytirgan bo‘lsa, u statusining keyingi uzaytirilishi muddati to‘g‘risidagi belgisiz beriladi. Statusi kamida 2 yildan beri uzaytirib kelinayotgan sotuvchini tanlashga harakat qiling.

2.      Xaqiqiy sotuvchi va ishlab chiqaruvchilarda barcha kerakli hujjatlar - biznes-litsenziyalari, sertifikatlari va hokazolari mavjud. Ko‘pincha O‘zbekiston bilan ishlash niyatidagi yoki allaqachon ishlab kelayotgan kompaniyalarning O‘zbekistonda amaldagi qonunchilik talablariga javob bera oladigan hujjatlari va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘ladi.

3.      Shartnoma tuzishdan avval Googleda yetkazib beruvchining nomlanishiga “mulohaza”, “baho”, “aldov”, “firibgar” so‘zlarini qo‘shib tekshirib ko‘ring. Agar sotuvchi firibgar bo‘lsa, aldanganlar ichidan hech bo‘lmaganida birortasi bu to‘g‘rida albatta yozib chiqqan bo‘ladi.

4.      Yaxshi sotuvchilarda avtomatik tarzda robot tomonidan tarjima qilinganidan ko‘ra sifati yancha baland bo‘lgan yaxshi ingliz yoki rus tilidagi sahifasi bo‘ladi, albatta. Bunday sotuvchilarga ham bemalol ishonishingiz mumkin.   

5.      Yaxshi sotuvchi Aliekspressda chakana savdo do‘koniga ega bo‘ladi. Agar unda shunday do‘koni mavjud bo‘lsa, u yerda esa bildirilgan mulohazalar, tashakkurnomalar va berilgan  ijobiy baholar bo‘lsa, bunday sotuvchiga ham hech ikkilanmay, bemalol ishonish mumkin. Siz sifatni tekshirish va baholash uchun ushbu sotuvchining Ali ekspressdagi do‘konidan maxsulot na’munasini sotib olishingiz, yoki u sizga na’munani mutlaqo tekin jo‘natib yuborishi ham mumkin.

6.      Sotuvchilar bilan faqatgina Alibaba Escrow to‘lov tizimi orqali ishlang. Ha, bu tizim buyurtmaning 5 foizini so‘raydi, biroq agar aldanib qolsangiz, pullaringizni hech qiyinchiliksiz qaytarib olishingiz mumkin.

7.      Alibabadagi eng ommabop yetkazib beruvchilarida ular to‘g‘risidagi mulohazalar, fikrlar mavjud bo‘ladi, ular bilan aloqa bog‘lashdan avval shular bilan tanishib chiqing.

8.      Sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hisobni tekshirib ko‘ring, hisobdagi ma’lumotlar uning Alibaba.comda berilgan anketasi bilan bir hil bo‘lishi kerak. Agar sotuvchi put o‘tkazishni jismoniy shaxsga yoki tezkor pul o‘tkazish tizimi orqali o‘tkazib berishingizni so‘rayotgan bo‘lsa - bunga aslo rozi bo‘lmang, bu firibgar!

9.      Agar siz yirik buyurtmani rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, siz ishlab chiqarish bo‘yicha ekskursiya tashkil etilishini iltimos qilishingiz mumkin. Halol pudrachti o‘z buyurtmachisiga “yo‘q” demaydi.

10.    Ehtimoli eng baland bo‘lgani shuki, siz Xitoy bilan xaridingizni Xitoyda tekshirib oladigan va bojxonadan o‘tkazib bera oladigan qandaydir biror agent orqali ishlarsiz. Odatda bu ish bilan kargo-kompaniyalar shug‘ullanadi. O‘z agentingizdan yetkazib beruvchingizni tekshirib ko‘rishni iltimos qiling. Balki, agentingiz u bilan avval ham uchrashgandir.

 

Alibaba - bugungi kunda Xitoy bilan biznes boshlashning eng zo‘r va eng arzon usuli, va hozircha shu imkoniyat borligi uchun uni qo‘ldan boy bermang. Buning uchun sizdan faqat salgina sa’y-harakat talab qilinadi, xolos.        

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook