Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan 6 qoida
Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan 6 qoida
Bugungi kunda moda olamida katta nufuzga ega bo‘lgan, mashhur aktyor Jorj Klunining rafiqasi Amal Kluni haqida juda ko‘p bor etishgan ekanligingiz aniq. Britaniyalik yurist Amal nafaqat halqaro masalalar va jiddiy advokatlik ishlari bilan shug'ullanadi, balki zamonaviy ayolning ofis uslubidagi asos garderobi qanday bo‘lishini ham ajoyib jihatdan ko‘rsatib beradi.

 

Amalning muvaffaqiyat cho‘qqisiga qadar yetib kelishi ko‘ringani kabi oson bo‘lmagan. Uning yutuqlari ayoldagi mehnatsevarlik, o‘ziga bo‘lgan ishonch, aql va ish samaradorligining mahsulidir. Bir paytlar Gollivudning eng mashhur bo‘ydoqlaridan bo‘lgan va sohibjamol qizlarni ko‘rganda har narsani unutadigan Jorj Kluni ham Amal bilan tanishganda uning jozibasi-yu aqli qarshisida tasliq bo‘ldi. 2014 yili juftlik munosabatlarinikoh rishtalari bilan mustahkamlandi. Biroq Amal Gollivud yulduziga turmushga chiqqandan keyin ham o‘zidagi mehnatsevarlik odatidan voz kechmadi, halqaro masalalarni hal qilish va sevimli ishi bilan mashg‘ul bo‘lishda davom etdi. Bundan tashqari u o‘zi bilmagan holatda moda olamining nufuzli shaxslaridan biriga aylandi.

Agarsiz ham ofis uslubini zerikarli kostyum-yubkalar, klassik ko‘rinishdagi ko‘ylaklar va oq-qorarangdan iborat debo‘ylasangiz, Amalning kundalik obrazlariga diqqat qaratishni maslahat beramiz.U Jorj Kluniga turmushga chiqishidan avval ham hamkasblari orasida o‘zidagi nozik did va kiyinish madaniyati bilan alohida ajralib turgan. Uning betakror obrazlari esa ofis uslubining faqatgina jiddiy dress-kod emas, keng imkoniyatlar ekanligini isbotlab beradi. Demak bugun Gollivud erkatoyi  Jorj Klunining yuragini band etgan sohibjamoldan uslubiy ko‘rinishga hos odatlarni o‘zlashtiramiz. 

1. Yorqin ranglardan qo‘rqmang.

 

Kundalik obrazlarning odatiy ranglardan iborat ekanligi haqidagi tasavvur sizniqo‘rqitib ham, chalg‘itib ham qo‘ymasin. Misol uchun to‘q sariq rangli libosda sud zaliga tashrif buyurgan Amalning o‘ziga ishongan va jiddiy qiyofasi juda chiroyli ko‘rinadi. Eng qizig‘i, bu kabi yorqinlik ortiqcha bezaklarsiz holatda haqiqatan jiddiy obraz yaratish uchun yordam bera olarkan. Bir hil gammadagiranglardan iborat bo‘lgan to‘plamlar esa har kun tongda libos tanlash uchun ketadigan vaqtingizni tejaydi, shu bilan birga doim go‘zal va jozibali ko‘rinishingiz uchun yordam beradi. Yorqin rang bir deganda kishi e’tiborini ham jalb qiladi, albatta, shu sababli fakturalar uyg‘unligi, qo‘shimcha aksentlar va ortiqcha aksesuarlar haqida o‘ylashingiz  uchun hojat qolmaydi. 

2. Futbolkani ofis libosiga aylantirish mumkin

Ofis uslubi asosini tashkil qiluvchi bluza, nimchali ko‘ylaklar, klassik bichimdagi yubka va shimlar har bir garderobdan topilsa kerak. Ammo bu kabi garderobga qora rangli futbolkani qo‘shish ham mumkin. Futbolkada ortiqcha tasvirlar va yozuvlar bo‘lmasligi juda muhim. Uni asosiy garderobingizga qo‘shib qo‘yish orqali bir deganda ikki quyonni urishingiz mumkin. Odatiy liboslar bilan kiyilganda ofis uslubini yaratgan futbolka casual uslubidagi liboslar bilan romantik ko‘rinish hosil qiladi. 

Hajmdor va katta sumkalar

Zamonaviy ko‘rinishdagi mikro-sumkalar va turli bezaklar bilan boyitilgan klatchlar haqiqatan chiroyli hamda oxirgi tendensiyalarga mos ko‘rinishi aniq. Ammo ishbilarmon ayollar uchun ichiga bittagina pudra va telefondan boshqa narsa sig‘maydigan bu kabi buyumlar mos kelmaydi. Ular uchun noutbuk, turli papka va muhim hujjatlarni solishga mo‘ljallangan sumkalar kerak. 

 

Bu o‘rinda sizga katta hajmli va barcha buyumlaringizni sig‘dirish imkoniyatiga ega sumkalar qo‘l keladi. Amal Kluni obrazlarining aksariyat qismi ham aynan shunday sumkalar bilan to‘ldirilgan. Eng ajoyib jihati shundaki, bu turdagi sumkalarni bitta mavsumdan keyin uni uloqtirish ham shart emas, ular hamisha urfda bo‘lgan va shunday bo‘ladi ham. Agar siz ham ishlaydigan ayollar sirasiga kirsangiz, bu turdagi sumkalardan bir juftini o‘zingizga "sovg‘a" qilish haqida unutmang.

Mukammal ko‘rinishdagi va turli-tuman kostyumlar

Klassik bichimdagi kostyumlar har qanday ofis dress-kodining ajralmas qismini sanaladi, Amal Kluni ham bu borada uddaburonlik bilan ish olib boradi. unng ish kostyumlariga qaragan paytingizda turli-tuman hamda qiziqarli bichimlar bilan to‘qnash kelasiz. Bu turdagi bichimlar ish paytida ham zamonaviy ko‘rinishingizni ta’minlab beradi.

 

Koko Shanel uslubidagi tivit kostyumlar deysizmi, keng palatso shimlarining kalta nimcha bilan uyg‘unligimi, katak gulli vayo‘l-yo‘l liboslarlar deysizmi - barchasi mukammal holatda va o‘z o‘rnida tanlangan.

 

Bundan tashqari Amal Kluni obrazlari orasida keng shimlar bilan birga kalta nimchalar va qora kostyumlar bor ekanligini ham ko‘rasiz. Kristian Dior uslubidagi mazkur uyg‘unlikda yelka chiziqlariga katta ulg‘u berilgan. Eng qizig‘i, bu turdagi libosning yuqori qismini alohida, shimini alohida kiyish ham mumkin. 

Ofis uslubi + yorqin printlar

Yorqin printlar va ofis uslubi bir biriga mos kelmaydigan tushuncha degan tasavvurda bo‘lsangiz, qattiq adashasiz. Buning eng ajoyib yechimlarini esa Amal Kluni obrazlari orqali topishingiz mumkin. U o‘zining ish uslubidagi liboslarini yorqin printlar va gulli naqshlar bilan mohirona uyg‘unlashtira oladi. Eng muhimi, bu borada oltin o‘rtalikni topa bilishdir, ana shu chegaradan o‘tib ketmaslik uchun esa turfa printga ega liboslarni bir hil rangdagi va klassik uslubdagi ust-bosh bilan kiyish, ortiqcha aksessuarlardan voz kechish va oddiygina tufli bilan kifoyalangan ma’qul.

Baland poshnali tufli

 

Ofisdagi kundalik yumushlar ayrim paytlarda insonni shunchalar holdan toydirishi mumkinki, tushlik yoki 5 daqiqalik hordiq uchun ham vaqt ajratish muammo bo‘lib qoladi. Bu kabi vaziyatlarda esa qulay poyabzalning o‘rni juda katta. Biroq ofis uslubidagi deyarli barcha liboslarni baland poshnali tufli bilan kiyish kerak bo‘lsa-chi? U holatda o‘zingizga qulay bo‘lgan balandlikdagi, qalinroq poshnalarga diqqat qaratavering. Bu o‘rinda Amalning obrazlarini yana bir bor ko‘zdan kechirsangiz arziydi. 

 

Bugungi kun trendlari behad turli-tumandir, ular orasidan o‘zingizga keraklisini tanlab olish ham katta muammoga aylanmaydi. Ishingiz boshingizdan oshib yotgan bo‘lsa ham, o‘zingizga ishongan holatda qadam tashlash uchun qulay poyabzal yordami kerak ekanligini unutmang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook