Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar
Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar
Siz Amerika tarixini yoddan bilishingiz mumkin, ammo Oq uy ichida bo’lib o’tgan voqealarning hammasidan ham boxabar emassiz. Uotgeyt va Monika Levinskiy ishi - bu sir tutiladigan va ommaga oshkor qilinmaydigan siyosiy janjallarning bir qismi, xolos.

Amerika prezidentlarning tarjimai hollari g’ayritabiiy, be’mani, ajoyib va g’aroyib faktlarga boy, shuning uchun ham Ronald Reyganning aktyorlikdan davlat rahbari lavozimiga ko’tarilishi odatiy hol sifatida qabul qilinadi. Bugungi maqolamizda AQSH prezidentlari haqidagi qiziq va taajjubli ma’lumotlarni keltiramiz: be’mani o’lim, oilaviy janjallar, qotillik, giyohvandlik, yo’l qo’yib bo’lmaydigan parishonxotirlik va yana boshqa aql bobar qilmaydigan dalillar.

1. Jorj Vashington ot minishni yaxshi ko'rar edi. Biroq, u o'tiradigan otning mukammal toza bo'lishini talab qilardi. Vashington hatto hayvon tishlarining tozaligini ham tekshirardi.

 2.Tomas Jefferson mustaqil ravishda o’ziga atalgan qabr toshining dizaynini yaratdi va matnni ham yozib qo’ydi. Ammo matnda u prezident bo’lganligini ko’rsatmagan.

3. Jon Kvinsi Adams erta tongda Potomak daryosida yalang'och holda cho’milishga odatlangan edi . U deyarli kiyimlarini o'zgartirmas edi va o'n yildan ko'proq vaqt davomida bitta kostyumni kiyib yurgan.

4. Endryu Jekson duelning ashaddiy ishqibozi edi. Duellarning birida u ko’kragidan o’q yeydi, jarrohlar uni olib tashlay olmadilar va Jekson umrining oxirigacha shu qo'rg'oshin bo’lagi bilan yashagan.

5. Martin Van Buren Oq uydan chiqib ketgandan so'ng, qiziqarli xotiralarini yozdi, biroq bu memuarlarida rafiqasini umuman esga olmadi. 

6. Uilyam Xarrisonning inauguratsiya marosimi (1841) o'ta sovuq kunda o'tkazildi. Yangi prezident darhol shamollab qoldi. Ko'p o'tmay, shamollash zotiljam (pnevmoniya) ga aylandi va bir oydan keyin prezident vafot etdi. Garrison AQSH tarixida mamlakatni eng kam muddat boshqargan prezident bo’ldi. 

7. Jon Tayler AQSh tarixidagi eng serfarzand prezident bo’ldi. Uning birinchi xotinidan 8, ikkinchi xotinidan 7 ta farzandi bor edi. Uning 15-farzandi prezident yetmish yoshdan oshganida tug'ilgan.

8. Zahari Teylor har doim va hamma yerda tamaki chekib yurgan. Barcha rasmiy tadbirlar chog’ida uning qo’lidan tamaki qutisi va tamaki tushmagan.

9. Millard Fillmore Oksford universitetining faxriy doktori mantiyasini qabul qilishdan bosh tortgan. U buni ilm rivojlanishi uchun hissa qo’shmaganligi bilan izohlagan.

10. AQShning o'n birinchi prezidenti Jeyms Polkning 17 yoshda, o't pufagi olib tashlangan. Jarrohlik og’riqsiz o’tishi uchun shifokorlar bo’lajak prezidentga konyak ichirganlar.

11. Jeyms Byukenan – turmush qurmagan AQShning yagona prezidentidir. Bir vaqtlar u unashtirilgan edi, biroq ozgina vaqtdan keyin uning qallig’i unashtiruvni bekor qildi va tez orada vafot etdi.

12. Prezident Avraam Linkoln doimo boshiga uzun qora ssilindr kiyib yurgan, ichida esa xatlar, moliyaviy qog'ozlar, qonun loyihalari va shaxsiy qaydlarini saqlagan.

13. Endryu Jonson hech qachon maktabda o’qimagan. Unga bo'lajak rafiqasi Eliza Makkardel 17 yoshida o'qishni o'rgatgan. Prezident Jonson faqatgina o'z qo'llari bilan bichgan va tikkan kiyimlarnigina kiygan.

14. Uliss Grant butun umri davomida kuniga 20 tadan sigara chekar edi. U tomoq saratonidan vafot etgan.

15. Prezident Jeyms Garfild ikkala qo'lini ham mohirona boshqara olgan hamda bir necha xorijiy tillarni bilgan. U bir vaqtning o'zida bir qo’li bilan qadimgi yunon tilida, ikkinchi qo'li bilan lotin tilida yoza olgan. U barmoqlarini kesib olishi natijasida vafot etdi – jarohatlangan barmoqlarni davolash jarayonida qonning zararlanishi sodir bo’ldi.

16. Chester Arturning shkafida 100 juft shim bor edi.

17. Grover Klivlend yashirin jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazgan. Operatsiyada jag'ning saraton kasalligiga chalingan qismi olib tashlangan.

18. Benjamin Harrison elektr chiroqlarni jini suymas edi. U Oq uyda bo'lgan paytida chiroqlarni o'chirib, sham yoqishlarini talab qilardi.

19. Ovlardan birida prezident Teodor Ruzvelt ona ayiq bilan ayiq bolasini o'ldirishdan bosh tortdi. Shu voqeadan so'ng, yangi o'yinchoq paydo bo'ldi – yumshoq “teddy ayiqchasi” (Teddi – Teodor ismining erkalovchi varianti).

20. Uilyam Taftning vazni 136 kgdan oshiqroq bo’lgan. Oq uyda u uchun o’lchamlari kattalashtirilgan maxsus vanna o'rnatilgan.

21. Uorren Garding haftasiga kamida ikki marta poker o'ynar edi. Bir marta u hatto Oq uyga tegishli bo’lgan Xitoy chinni servizini yutqazib qo’ygan. Uning maslahatchilariga "Poker kabineti" laqabini berishgan, chunki ular ushbu qimor o'yinida uning asosiy sheriklari bo'lishgan.

22. Kalvin Kulidjning oshqozoni juda qattiq og’rir edi.  Davolash va profilaktika maqsadida u tunda 10-11 soat uxlardi, shuningdek kun davomida ham dam olar edi. Oq uyda u bilan birga ikkita qo’lga o’rgatilgan yenot ham yashagan.

23. Gerbert Gover 16 dan ortiq kitob yozgan va nashr etgan. Uning kitoblaridan biri "Kayfiyatni ko’taruvchi va ruhni tozalovchi baliq ovi" deb nomlangan.

24. Franklin Ruzveltning Oq uyda o'zidan oldingi 11 ta prezident bilan qarindoshlik aloqasi bo’lgan.

25. Garri Trumanning Oq uy oldida maysazorda o'tlaydigan echkisi bor edi.

26. Harbiy qo’mondon va prezident Duayt Eyzenxauerning pazandachilikdan xabari bo’lgan va mohirona taomlar tayyorlagan. U hattoki lochin chechagining poyasi qo’shilgan sabzavotli sho’rva retseptini ham yaratgan.

27. Jon Kennedi Amerika tarixidagi boyskaut bilan shug’ullangan birinchi prezident bo’lgan.

28. Lindon Jonson o'z xodimlari va mehmonlariga sovg'alar berishni yaxshi ko'rardi. Uning eng yaxshi ko'rgan sovg'asi elektr tish cho'tkalari edi. Jonsonning tarjimai holi haqida yozgan muallif 10 yil davomida o'z qahramonidan 12 ta cho'tka olgan.

29. Richard Nikson bug’ bilan isitish tizimidan foydalanishni yoqtirmas va hamisha o'z kabinetini kamin bilan isitgan.

30. Gerald Forddgha 12 yoshida ota-onasi uni asrab olganliklarini aytishgan.

31. Jimmi Karter tarixiy romanni (Ari uyasi) nashr ettirgan AQShning birinchi prezidenti bo'lgan. To'g'ri, Karter romanni Oq uydan ketganidan keyingina yozgan.

32. Ronald Reygan Oq uyning "20 yillik la'nati" ni yengib chiqishi bilan mashhur bo'lgan. Unga ko'ra,  oxiri nol bilan tugaydigan yilda saylangan Oq uy rahbari o’zining prezidentlik muddati tugamasidanoq vafot etar yoki halok bo’lar edi. 

33. Katta Jorj Bush Meksika va Xitoy oshxonasining taomlarini yaxshi ko'rgani bilan ajralib turardi, ammo u hech qachon brokkoli iste'mol qilmagan.

34. Bill Klinton mushukchasi Sox uchun shaxsiy veb-sayt yaratishni buyurgan.

35. Jorj Bush va uning rafiqasi Laura tanishganlaridan uch oy o'tgach turmush qurishgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook