просмотров
Annang so‘zi mahalliy tildan tarjima qilinganda "Yaxshi gapiruvchi odamlar" degan ma’noni beradi. Bu esa ularning tillari juda yaxshi rivojlanganidan darak. Yovvoyi Afrika sharoitlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, mazkur qabila ular orasida so‘zlashuv madaniyati bilan ajralib turadi. Aynan shu sababli ham Annang qabilasi qurolli mojarolarga aralashishmaydi. Ular barcha muammolarni yaxshi gap va tinchlik yo‘li bilan hal qilishadi.
Qabilada tajribali jangchilar tayyorlanadi, ular o‘z mahoratlaridan ovqilish vaqtida foydalanadilar. Ushbu tajribali jangchilar shunchalar abjir bo‘ladilarki, qo‘shni qabilalar ularga bas kela olmasliklarini yaxshi bilishadi.
Annang qabilasi vakillari qo‘shnilari orasida o‘zlarining ajoyib to‘y an’analari bilan ajralib turishadi. Ular umrlari davomida bir marta oila qurishadi va to‘ylari ham tartibli holatda o‘tkaziladi.
Ushbu qabila vakillari uchun nikoh haddan tashqari muqaddas tushuncha.
Sayyohlarni qabilaning quyidagi odatlarni hayratda qoldiradi:
• Mazkur qabila erkaklari faqatgina ota bo‘lib, farzand ko‘rgach, ulg‘aygan hisoblanadi. Ana shundan keyingina unga uylanish huquqi beriladi. Erkak umri davomida faqat bitta ayolga uylanishi va u bilan umrining oxiriga qadar hayot kechirishi kerak.
• Agar qabila ayollaridan birining eri vafot etadigan bo‘lsa, u beva holatida ham erli ayol hisoblanadi va qayta oila qurishi mumkin bo‘lmaydi. Agar ayol takror oila qurishga qaror qiladigan bo‘lsa, marhum eri uning sadoqatsizligi uchun ayolni o‘zi bilan narigi dunyoga olib ketishi mumkin ekan.
Qabila qizlari ota-onalari tomonidan qattiq tarbiya qilinadi. Ularning ahloqi va tarbiyasi haqida qabila kattalari hamisha qayg‘uradilar. Annang qabilasi qizlari faqat ota-onalarining ruxsati bilan, ular rozilik bergan inson ila oila qurishlari mumkin. Agar ota-onalari rozi bo‘lmasalar, u tanlagan insoniga hech qachon turmushga chiqa olishmaydi.
Unashtiruv marosimidan keyin qizlar ma’lum vaqt davomida kichik kulbalarga qamab qo‘yiladi. Bu yerda bo‘lg‘usi kelinchaklar to‘ylariga qadar to‘yib ovqatlanishlari va imkon qadar semirishlari kerak. Shu sababli ham ularga kun davomida dam olib yotish va kamroq harakat qilish buyuriladi, haddan tashqari ko‘p ovqat iste’mol qilishlari nazorat etib boriladi. Agar kelin haqiqatan semira olsa, to‘y kuni belgilanadi, agar semirishni uddalay olmasa, uni kasal deya hisoblaydilar va unashtiruv bekor qilinadi.
Сообщения из Facebook