Asablar tizimini tinchlantirishga qodir mashg'ulotlar
Asablar tizimini tinchlantirishga qodir mashg'ulotlar
Inson ruhiy holati olam va atrofdagilarga nisbatan qanday munosabatda ekanligi, eng muhimi, o’z-o’zini qay tariqa baxolashiga bevosita bog’liq. Biroq atrofni o’rab turgan muhitda bosim va asabiy sharoit hukmron bo’lsa, bu holat kayfiyatga ta’sir qilmay qolmaydi.

Har qanday vaziyatda ham o’zini hotirjam tutishga intiluvchi va dardini ichiga yutib yashovchi insonlarda oshqozon yarasidan tortib, onkologik kasalliklarga qadar turli hastaliklarni ortirib olish xavfi yuqori ekan. Shu sababdan, asab tizimiga nisbatan bee’tibor bo’lmang va vaqti-vaqti bilan muammolardan tin olishga harakat qiling. 

Kontrast dush asablarni a’lo darajada tinchlantiradi. Buning uchun sovuq va issiq suvni birin ketin almashtirib yuvinish lozim. 5-10 daqiqa davomida issiq (ammo kuydiradigan darajada emas) suv ostida turing. Issiq va sovuq suv navbatini 5-6 bor almashtirish darkor, bu esa taxminan 1 soat vaqtingizni olishi mumkin. Kontrast dush asab tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, 1 oy davomida o’tkazilgan kontrast dush qabulidan so’ng asab tizimi sezilarli darajada baquvvatlashadi. Agar dush uchun 1 soat vaqt ajrata olmasangiz, bu muddatni  30 daqiqa deb belgilash mumkin.

Tinchlantiruvchi vanna

Jo’ka (lipa),shuvoq va ro’zmarin giyohlari teng miqdorda aralashtirilib, 1 kg aralashma ustiga 4 litr sovuq suv quying, qaynash holiga keltirib, 5 daqiqa qaynating va10 daqiqa damlab qo’ying. Suzib olingan damlamani  yarmiga qadar suv bilan to’ldirilgan vannaga quying. Zarur hollarda unga yana ozroq iliq suv quyish mumkin. Bu kabi tinchlantiruvchi vannalar uhlashdan avval, haftasiga 1-2 marta 30 daqiqadan qabul qilinadi.

Oziq-ovqat mahsulotlari

Muntazam ravishda iste’mol qilingan ayrim mahsulotlar asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun, oddiy piyoz asab tizimini tinchlantiribgina qolmay, bosh og’rig’idan ham bir zumda halos etadi. Kundalik taomnomangizda sut mahsulotlari, ayniqsa, tabiiy yogurt bo’lishi sizni asabiylik balosidan asraydi.

Har kuni ma’lum miqdorda asal iste’mol qilish ham asabiylik bilan kurashishda yordam beradi.

Giyohlar

Oddiy choy o’rniga giyohlar damlamasini ichish lozim. 1 oshqoshiq arslonquyruq (yoki melissa, yalpiz, valeriana ildizi, moychechak) o’ti ustiga bir stakan qaynagan suv quying. Ushbu giyohlar tinchlantiruvchi hususiyatga ega bo’lib, ularni navbati bilan ham qabul qilish mumkun.

Musiqa

Mutahassislarning fikricha Betxoven, Chaykovskiy, Shubert, Bax, Shuman asarlarini tinglash asabiylikni bartaraf etishda yordam berishini ta’kidlaydilar. Ruhshunoslar fikricha, ayrim insonlarga tinchlanish uchun rok musiqasi ham yordam berishi mumkin ekan. Kayfiyatni ko’taruvchi har qanday musiqa stressni bartaraf eta oladi. Bilasizmi, ayrim ijodkorlar repertuariga oid asarlar va turli janrga mansub musiqalar yordamida migren, nevroz, yuqori qon bosimi, uyqusizlik, epilepsiya, gastrit, ichkilik va tamakiga bo’lgan qaramlikni davolash mumkin. XXI asr – stress asri deyilmoqda. Biroq unutmang, asabiylik yengib bo’lmaydigan kasallik emas! Agar uni mag’lub etish istagi bo’lsa, g’alaba qozonish qo’lingizdan keladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook