Asal qanday tayyorlanadi? Uning paydo bo’lish jarayoni qanday?
Asal qanday tayyorlanadi? Uning paydo bo’lish jarayoni qanday?
Quyida "shifobaxsh ne'mat" sanalmish asal va uning qanday paydo bo'lishi haqidagi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz. Marhamat tanishib chiqing!

Asalarilarning asal tayyorlashidagi ishi faqat nektarning namini “bug'lantirish”dangina iborat emas. Nektarga dastlab asalarining asal qorinchasida uzoq vaqt ta’sir ko’rsatiladi, ya’ni ishlov beriladi. 

Qabulchi asalari nektar yig’uvchi asalarining keltirgan nektarini qabul qilib olgach, qorinchasida muayyan vaqt saqlaydi, so’ngra og’zidan xartumchasini chiqarib, pastga egadi, shunda xartumcha uchida nektar tomchisi paydo bo’ladi, asalari tomchini yutadi, keyin yana chiqaradi, tag’in yana yutadi. Huddi shu jarayonni 240 martacha takrorlaydi. Shunday keyingina shirin nimfabrikatni mumkatakka joylaydi. Ish shu bilangina bitmaydi: nektarni asalga aylantirish kabi murakkab jarayonni boshqa asalarilar ham davom ettiradi. Ular suyuq holdagichala asalni mumkatakning bir ko’zidan olib boshqasiga joylaydi. Bu holatni asal quyiqlashguniga qadar davom ettirishadi. 

Yuqorida nektarning namini “bug’lantirish” haqida aytib o’tdik. Asalri shu maqsadda nektarni qanotlari bilan  yelpiganida uya ham shamollatiladi. Asalari nektarining namini asal qorinchasidagi mahsus bezlar yordamida ham shimib oladi. Shu bilan nektarni fermentlar, vitaminlar va mikroblarni o’ldiradigan moddalar bilan boyitadi, qisqasi, qorinchada asal sterilizatsiya qilinadi. Shunga ko’ra asal uzoq yillar saqlanganda ham aynimaydi. Bakteriyalar uning uchun xavfli emas.

Xisob kitoblarga ko’ra, 100 gr asal tayyorlash uchun bir asalari bir million gulning nektarini yig’ishi kerak! Ana shu “shifobaxsh ne’mat”dan iborat yukni uyaga tashish uchun asalari 15 ming marta (agar gullar asalari uyasidan bir yarim kilometrdan uzoqroqda joylashgan bo’lmasa) qatnaydi. Ba’zan asalarilar nektar yig’ish uchun 8 kilometr uzoqlikka uchib boradi, u holda ularning borib keladigan yo’li 46 ming kilometrni tashkil etadi. Bu esa asalarilarning yer sharini ekvator bo’yicha aylanib chiqishi bilan barobar. Mitti jonzotlarning shuncha mashaqqati natijasida atigi 100 gr asal olinadi.

Yuksiz asalari soatiga 65 kilometr tezlikda uchadi (bu – eng chopqir otning tezligi). Asalarining qorniga yiqqan nektari uning ¾ vazniga teng bo’ladi, u ushbu yuki bilan yuqorida aytilganidan ikki barobar sekinroq uchadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook