просмотров
1. Havaskorlarning kontentining sifati va miqdori oshdi
Agarsiz dial-up-modemlarning qo'pol ovozini eslasangiz, unda yuqoridan pastga qarab chiziqlar bilan yuklanadigan rasmlarni unutmagansiz.O'sha vaqtda selfi haqida hech qanday tasavvurga ega bo’lishmagan va katta bayramlardagina o'zlarining fotosuratlarini Internetga joylashtirganlar.
Agar biron bir filmning sifati "bo'sh"- 700 megabaytli CD-ROM hajmiga qarab aniqlangan bo'lsa, video haqida nima ham deyishimiz mumkin! Diskdagi materiallar asosan qalbakilashtirilgan edi: xira surat va sifatsiz ovoz, go'yo boshqa xonadan kelayotkandek.
Endi hatto tunda smartfon orqali suratga olingan video ham yaxshiroq ko'rinadi. Sifatsiz va xira fotosurat hech kimga yoqmaydi. Tez Internet tufayli rasm va videoga bo'lgan talablar oshib ketdi. Yaxshi narsaga esa tezda ko'nikasiz.
2. Bizga faqat yuqori tezlik kerak
2000-yillarda bitta mp3 qo'shig'ini yuklab olish uchun bir necha daqiqa kerak bo’lgan va umuman jonli efirda ulashiladigan video bo’lmagan. Saytlarda asosan matnli kontent bo’lgan: ko’p grafikali sahifalar ochilishiga juda ko’p vaqt kerak bo’lgan. Sekundiga 256 kilobit tezlikdagi cheksiz uy Interneti yaxshi takli fdeb hisoblangan.
3. Gadjetlar ko’paydi
Dial-up davrida, Internet tarmog'iga telefon liniyasi orqali ulanganda, yoki Internetda o'tirish yoki kimgadir qo'ng'iroq qilish mumkin edi. Har bir xonadonda faqat bitta kompyuter bo'lgan va mobil Internet sizga faqatgina qo'ng'iroq tovushini yuklab olishga yoki ob-havoni tekshirishga imkon berardi.
Hozirda har yili o'nlab yangi gadjetlar paydo bo'lmoqda va ularni tarmoqqa ulash allaqachon zaruratdir. Biror narsani kompyuterga yoki smartfonga yuklab olish,keyin uni qurilmaga yuborish uzoq va qiyin vazifadir. Masalan, yaqin vaqtgacha ba'zi navigatorlar uchun xaritalar avtomatik ravishda yangilanmas edi: avval ularni kompyuterga yuklab olish va shundan keyingina USB kabel orqali gadjetga yuborish kerak edi. Bugungi kunda sotuvda Wi-Fi interfeysli qurilmalar mavjud bo’lib, xaritalarni yuklab olish va yangilash uchun ularga faqat Internet kerak.
Aqlli texnologiyalar Internet orqali mustaqil ravishda ma'lumot almashishni o'rgandi. Masalan, ular retseptlarni yuklab olishi, Internet-do'konda mahsulotlarga buyurtma berishi, hatto o'g'rilar aqlli uyga kirishga harakat qilishsa, politsiyaga qo'ng'iroq qilishi mumkin.
4. O'qish va sevimli mashg'ulotlar bilan shug’ullanishga yangi imkoniyatlar paydo bo’ldi.
Ilgari to'garaklarga va bo'limlarga borardik, endi bizda Internet bor. YouTube videodarslari yordamida siz har qanday narsani o'rganishingiz mumkin: to'qish,dasturlash, va hatto mashinani ta'mirlash! Va bu mutlaqo bepul.
Internetda pulllik o'qituvchi topish ham oson. Har bir odamni istagiga va byudjetiga qarab ta'lim platformalari, shuningdek Skypeda darslar mavjud: istalgan vaqtda va joyda bilim olishingiz mumkin. Vebinarlar, video darslar, onlayn marafonlar-millionlab ishtirokchilar va milliardlab pul aylanmasiga ega bo'lgan ulkan sanoatdir. Bu yuksalishga, o'zingizni anglashga, ko’ngilga yoqadigan mashg’ulotva hamfikrlarni topishga yordam beradi.
5. Masofadan turib ishlash va yangi kasblar davri keldi
Agar siz noutbukni olib, uydan yoki qahvaxonadan ishlashga qodir bo'lsangiz, nega ofisga borishga bir necha soat vaqt sarflashingiz kerak? Dunyo bo'ylab tobora ko'proq ish beruvchilar ushbu formatni targ'ib qilmoqdalar. Agar xodim uydan ishlayotgan bo'lsa, ofisni ijaraga olish, asbob-uskunalar va kommunal to'lovlarga pul sarflashning hojati yo'q. Intizomingiz kuchli bo’lsa, tez Internet va kuchli kompyuter tufayli "divanda" o’tirib ishlash samaradorligi ofisdagidan yuqori bo'lishi mumkin.
Yangi vaqt - yangi kasblar. Yuqori tezlikdagi Internet bizga onlayn trafik - menejerlari, ma'lumotlar tahlilchilari, veb-tahlilchilar, SMM mutaxassislarini taqdim etdi. Ishga bo'lgan munosabat o'zgardi. Siz nafaqat dunyoning istalgan burchagidan ishlashingiz, balki sizning biologik ritmingizga mos keladigan vaqt zonalarida mijozlar topishingiz mumkin.
6. Biz ko'p qirrali bo'lib borayapmiz
Bizning ota-onalarimiz bir vaqtning o'zida gazeta o'qish va televizor ko'rishgan. Biz brauzerda o'nlab ish oynalarini almashtiramiz, bir vaqtning o'zida qo’shiq tinglaymiz va smartfon ekrandagi “push-eslatmalar”ni ko'ramiz. Biz bir vaqtning o’zida yuzlab narsani amalga oshirishimiz mumkin: bir nechta suhbatlarda muloqot qilish, ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlar bilan bo'lishish, yangiliklarni o'qish va ma'lumotlarning ishonchliligini tekshirish.Ha, va bir ko'z bilan serial tomosha qilish ham!
Сообщения из Facebook