Asr to’yi: Shahzoda Garri o’z malikasini aktrisa Megan Markl timsolida topdi!
Asr to’yi: Shahzoda Garri o’z malikasini aktrisa Megan Markl timsolida topdi!
Megan Markl va shahzoda Garrining to’ylari so’nggi kunlarda internetda eng ko’p muhokama qilingan mavzulardan biri bo’ldik desak adashmaymiz. Ular Vindzor qasridagi Avliyo Georgiy cherkovida nikohdan o’tdilar, kelinning libosi qanday ekanligi o’sha paytga qadar sir tutildi.

Qadimiy Rolls Royce Phanton IV mashinasida onasi bilan cherkov qarshisiga tashrif buyurgan Megan pastga tushganidan keyin barchani go’zalligi bilan sehrlab oldi. Oppoq libos haqiqatan betakror edi. 

To’y libosi

Uning to’y ko’ylagi Givenchy modalar uyi dizayneri Kler Ueyt Keller tomonidan yaratildi. Ushbu brend joziba va uslub timsoli sanaladi. U ko’p asrlik klassik bichimlarga sodiq qolgan holatda ko’pchilik mashhur insonlar – Odri Xepberndan tortib Kim Kardashyanning garderobigacha zabt etgan. 

Megan Keller bilan 2018 yilning boshlarida tanishtirib qolgan: kelinchak jozibador liboslardan iborat garderob yaratishi kerak edi. Kundalik  liboslar bo’yicha hamkorlik to’y ko’ylagini yaratish g’oyasiga ham olib keldi. 

Kler Ueyt Keller Megan uchun to’y ko’ylari yaratar ekan uning barcha istaklarini hisobga oldi: kelin libosning yelka chiziqlari aniq ko’rinib turishi, uzun englar bilaksohasidan bo’lishi va zamonaviylikka ham urg’u berib turishini istagandi.Bu eskirmaydigan minimalistik jozibadorlik timsoli ham edi

“Men uchun Megan Markl bilan bunday ajoyib hodisa yuzasidan hamkorlik qilish sharafli ish bo’ldi. Biz birgalikda tarixga aylanuvchi libos yarata oldik” deydi Keller.

Hisob-kitoblarga ko’ra nikoh ko’ylagi narxi 100 000 funtni tashkil qilgan. Ko’ylak uchun pulni Meganning o’zi to’lagan. Bir paytlar gertsoginya Keyt ham o’z libosiga o’zi pul to’lagan edi. 

Libosning 5 metrlik fatasi ayniqsa diqqatga sazovor bo’lib, unga qo’l mehnati bilan floristik kompozitsiya tikilgan. Undagi har bir gul Hamdo’stlikning 53 ta mamlakatini anglatib beradi. Matoni va iplarni toza holatda saqlash uchun libosni tikayotgan chevarlardan har 30 daqiqada qo’llarini yuvish talab qilingan. 

Tiara

Megan azaldan nafis taqinchoqlarni xush ko’radi va to’y kuni ham o’z odatiga qarshi borgani yo’q. Uning betakror ziraklari Cartierga tegishli bo’lib, tiarasi 1932 yilgi qirollik kolleksiyasidan olingan. Ushbu olmos tiara qirolicha Meriga tegishli bo’lgan va uni Britaniyaning Garrard zargarlik uyiga buyurtma qilgan. 

Nikoh uzugi

Garri suyuklisining barmog’ida uzuk taqish borasida ham an’analarga sodiq qolgan holatda ish ko’rdi. Uning uzugi Uilyamga buvisi tomonidan 2011 yildagi to’y munosabati bilan taqdim qilingan oltin bo’lagidan bo’lib, ingichka tilla tasmani aks ettiradi. 

To’ydagi Garri nutqi

To’y chog’ida shahzoda Garri rafiqasiga tayyorgarlik jarayonida jasorat bilan harakat qilganini aytib o’tar ekan unga qarata “Biz sen bilan ajoyib guruhmiz va qolgan umrimizni birgalikda o’tkazishimiz qanday yaxshi” deya xursandchiligini bildirib o’tdi. 

Jorj Kluni janjali

Har bir to’yda bo’lgani kabi qirollik xonadonining to’yi ham janjalsiz bo’lmadi va uni mashhur yulduz Jorj Kluni boshlab berdi. Tantanaga mehmon sifatida kelgan Jorj bir muddat tashqariga chiqib telefon orqali gaplashganidan keyin uni binoga qayta qo’yishmadi. Shundau atrofdagilarga qarata “Mening kimligimni bilmaysizlarmi?” deya g’azabini sochdi. Hayriyatki, uning yoniga rafiqasi Amal Kluni kelib aktyorni tinchlantirdi va vaziyatni silliqqina hal qildi. Uning tajribali advokat ekanligi shu paytda ham ish berdi. 

Guldasta

Megan Marklning guldastasi uchun florist Filippa Kreddok javobgar edi, u kelinning istaklarini hisobga olish bilan birga qirollik an’analarini ham o’ylab ish tutdi. Ulardan biriga ko’ra qirolicha Viktoriya davridan berib oila kelinchaklari guldastasi tarkibida albatta “Muhabbat o’simligi” – mirta bo’lishi kerak. Ammo mirta bo’lganda ham oddiysi emas, balki 170 yil avval Viktoriya o’z bog’ida ekkan buta gullaridan!

Bundan tashqari kelin o’z guldastasini turmushga chiqmagan dugonalariga taqdim qila olmadi.Megan uni noma’lum askar qabriga qo’yishi kerak bo’ldi. Ushbu an’ana 1923yildan qirol Georg VI paytidan qolgan.  

Jarayonlar ketma-ketligi

Marosim London vaqti bilan  Vindzordagi Avliyo Georgiycherkovida boshlandi. Uni arxiepiskop Jastin Uelbi olib bordi. Garri va Megan marosimdan keyin karetaga o’tirib, Vindzorni kezdilar. Ular Castle Hill darvozasidan boshlab High Street ko’chasidan Windsor Townni sayr qilib chiqishdi.Keyin ular uchun  St George's Hallda “yopiq” bazm uyushtirildi va bu yerga ularning yaqinlarigina tashrif buyurishdi. 

Megan va Garri nikohdan o’tayotgan paytda binoda Charlz Uesli tomonidan yozilgan to’y gimni –Love Divine, All Loves Excelling musiqalari yangradi. Ushbu gimn shahzoda Uilyamva Keyt Middlton, Zara va Piter Fillips, shahzoda Charlz va gertsoginya Kamillalarning ham to’ylarida ijro qilingan edi. 

“Yopiq bazm”

To’ydan keyingi bazmga kelin-kuyovning yaqinlarigina tashrif buyurdilar. Ular orasida shahzoda Uilyam va Keyt Middlton, shahzoda Endryu qizlari  – malika Yevgeniya va Beatrislar bilan, shahzoda Edvard va malika Sofiya, Meganning onasi Doriya Regland, kelinning eng yaqin dugonalari bo’lmish – Serena Uilyams va Priyanka Chopra, Jorj va Amal Klunilar tashrif buyurishdi.

Bazm payti yangi juftlik Uitni Xyustonning I Wanna Dance With Somebody taronasiga raqs tushdilar. Ushbu raqs maydoni bazm tugaguniga qadar tinchimadi. Aytishlaricha, tinib-tinchimagan Jorj Kluni bazm payti qirollik oilasining har ikki kelini –Keyt Middlton va Megan Markllar bilan raqs tushib ham ulgurgan. 

Gertsoginya Ketrin

Gertsoginya Ketrin

To’y ishtirokchilari orasida alohida ajralib turgan inson Gertsoginya Ketrin bo’ldi. U to’yda 3 farzandini dunyoga keltirganidan keyin ilk marta ko’rinish berdi va tantanada to’ng’ich farzandlari bilan ishtirok etdi. 

To'y mehmonlari

To'y mehmonlari

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook