просмотров
1. Agar klyonkadan yasalgan dasturxoningizni biror joyini kesib qo’ysangiz, o’sha joyiga rangsiz tirnoq bo'yog'idan surting.
2. Gaz plitasi ustidagi zanglarni yo’qotish uchun uni issiq o’simlik yog’iga botirilgan mato bilan ishqalang.
3. Pishloqni maydalashdan oldin qirg’ich yuzasiga o’simlik yog’i surting, shunda pishloq qirg’ichga yopishmaydi va tozalanishi ham oson bo’ladi.
4. Sarimsoqpiyozni qirg’ichdan chiqarishda qo’llaringizga shikast yetmasligi uchun qirg’ich atrofini paket bilan o’rab qo’ying.
5. Yangi qirg’ich juda o’tkir bo’ladi va u qo’llaringizga zarar yetkazishi mumkin, buni oldini olish uchun qirg’ichni najdak qog’oz bilan ishqalang.
6. Usti yopiq non idishga biroz tuz solib qo’ying, bu usul nonlarni mog’ordan saqlaydi.
7. Uy sharoitida tez va oson yo’l bilan mayonez tayyorlash uchun smetanaga ko’pirtirilgan tuxum oqi va bir choyqoshiq gorchitsa solib yaxshilab aralashtiring.
8. Oshxona pardalari yaxshi yuvilishi va rangi chiroyli bo’lishi uchun uzoq muddat tuzli iliq suvga ivitib qo’yish kerak.
9. Erkaklar bo’yinbog’ini dazmollash shart emas. Agar bo’yinbog’ juda g’ijim bo’lsa, uch litr bonkaga qaynoq suv quyib, bo’yinbog’ni unga aylantirib chiqish kerak.
10. Shimlarni tizzasi chiqib qolmasligi uchun dazmollash oldidan o’sha joyga sirkali suv sepish kerak bo’ladi.
Сообщения из Facebook