просмотров
Astrolyabiya
Osmon jismlarining koordinatlarini aniqlash uchun dastlabki moslamalarning biri eramizdan avval 370 yilda olima ayol, faylasuf, astronom va matematik Gipatiya Aleksandriyskaya tomonidan ixtiro qilingan.
Wi-Fi
Kelajakda Wi-Fideb tanilib ketgan sirli aloqa vositasini 1941 yilda Xedi Lamar ismli ayol patentlagan.
Sirkulyar arra
Taxta tilish korxonasidagi erkaklarning og’ir mehnatini yengillashtirish uchun, Tabita Bebbitt ularning ishini muvofiqlashtirishga qaror qilib 1810 yilda dastlabki sirkulya rarraning prototipini ishlab chiqqan.
Suvosti kemalari uchun periskop
1845 yilda Sara Meter patentlagan ushbu moslama yordamida suvosti kemasidan boshqa obyektlarni kuzatish va shu obyektgacha bo’lgan masofani aniqlash mumkin.
Go’shtli konservalar
Go’shtli taom va uni uzoq muddat davomida saqlash usulini Nadejda Kojina o’ylab topgan va 1873 yilda Avstriyaning Vena shahrida umumjahon ko’rgazmada taqdim etgan.
Idish-tovoq yuvish mashinasi
Djozefina Kokreyn 1886 yilda idish-tovoq yuvish mashinasini o’ylab topishi bilan millionlab uy bekalarining va umumiy ovqatlanish ishchilarining mehnatini ancha yengillashtirgan.
Qor kurash mashinasi
Ko’chalarni qordan tozalash jarayonini soddalashtirish uchun oddiy kotiba Sintiya Vestover 1892 yilda birinchi qor kurash mashinasining prototipini ishlab chiqqan.
Oyna tozalagichlar
Ayollar tomonidan tozalik uchun kurash va bu jarayonni muvoiqlashtirish mavzusini davom ettiradigan bo’lsak, 19 asrning boshida haydovchilar har daqiqada old oynani tozalab olish uchun to’htayotganini biroz kuzatib, Meri Anderson oyna tozalagichlarni o’ylab topgan.
Qahva uchun filtr
1909 yilda Melitta Bents maxsus filtrni ixtiro qilib, qahva tayyorlash jarayonini ancha soddalashtirgan.
Avtomobil uchun glushitel
Yo’llarda shovqinni pasaytirishga 1917 yilda El Dolores Djons o’z ixtirosi bilan yordam bergan.
Tagliklar
Bugungi kunda ko’zga umuman tashlanmaydigan kichgina bir narsa – chaqaloqlarning tagliklari uchun insoniyat oddiy uy bekasi Marion Donovandan minnatdor bo’lishi kerak. U 1917 yilda u dush pardasidan yangi turdagi birinchi taglikni yaratgan.
Shokoladli pishiriq
Rut Ueykfild 1930 yilda juda muvafaqiyatli pazandalik tajribasini o’tkazgan: u pishiriq uchun tayyorlangan xamirga eritilgan shokoladni qo’shgan. Natija bugungi kunga qadar barcha shirinlik sevuvchilarni quvontirib kelmoqda.
Pushti shampan ichimligi
1808 yilda Nikol Barbe Kliko o’ziga xos rang va ta’mga ega bo’lgan ichimlik hosil qilish uchun shampan vinosini tayyorlashning tez usulini o’ylab topgan.
Bronejilet
Bronejiletning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan kevlar sintetik materialini 1965 yilda doktor Stefanii Kvolek yaratgan.
Silikon
Juda ko’p o’tkazgan tajribalaridan keyin haykaltarosh Patrisiya Billings 1970 yilda turg’un, egiluvchan, suv va olovning buzg’unchi ta’siriga qarshi tura oladigan yangi material – silikonni ishlab chiqqan.
Сообщения из Facebook