просмотров
Hammasi bo'lib shu vaqtgacha 12000 dan ortiq o'yinchi teleko'rsatuvga tashrif buyurgan. Bu kichik bo'lgan shahar aholisiga teng.
Ko’rsatuvning100 efirida Yakubovich zaldan ishtirokchiga yordam bergan odamni chiqarib yuborgan va finalchi bosh sovrin bo’lgan mashinadan quruq qolgan.
Yakubovich bir nechta ko’rsatuvni olib borganidan so’ng, u bilan "Pole Chudes” yarim yilga ham bormasligini aytib dasturni tark etmoqchi bo’lgan. Ammo buning aksi bo’ldi. Leonid Arkadievich birinchi navbatda o'yinni o'ynaydigan odamlarning shaxsiyatini ustun qo'yib, kontseptsiyani o'zgartirdi.
Xarflarni o’girib turuvchi va sovg’a qutilarini olib chiqib beruvchi Rimma Agafoshina ushbu dasturda 1996 yildan beri ishlaydi.
Bir safar Valdis Pelsh dasturning bitta sonini olib borgan.
Bir suratga olish kunida odatda 4 qism tezkor suratga olinadi. Tasavvur qiling - Leonid Arkadevich bir kunda kamida 36 ishtirokchi bilan suhbatlashishi kerak.
2000 yilda tomoshabinlar Afrikada suratga olingan dasturning chiqarilishini ko'rishdi. Aslida, bu hammasi Moskvada dekoratsiya yordamida suratga olingandi. Qora tanlilar esa oddiy talabalar edi.
"Pole Chudes" intellektual shousining har bir ishtirokchisi auditoriyaga ikkita taklifnoma oladi
Bugungi kunda ko’pchilik ushbu teleko'rsatuv faqat keksa yoshdagi insonlarlar uchun mo'ljallangan deya hisoblaydi. Kim biladi, ehtimol nafaqaga chiqqanimizda u hamon teleekranlarda namoyish qilinar va biz aynan shu ko’rsatuvni ko’rish uchun ekran qarshisiga intilib, o’yindan zavq olarmiz!
Сообщения из Facebook