просмотров
52 yillik faoliyati davomida Boeing 737 samolyotlari turli modifikatsiyalarining 215 nafar bortlari izsiz yo’qolgan, 115marta uni olib qochishga urinishlar bo’lgan, halokatlarda qurbon bo’lganlarning soni esa 5562 tani tashkil etadi. Quyida shunday aviahalokatlardan ba’zilari haqida eslab o’tamiz.
Jakarta yaqinidagi halokat 28.10.2018
JT-610 reysi Jakarta – Pankalpinang yo’nalishi bo’yicha parvozni amalga oshirayotgan edi. Osmonga ko’tarilgandan 13 daqiqa o’tgach samolyot radar ekranidan yo’qolib qoldi. Yangi ogohlantirish tizimidagi yanglish ma’lumotlar halokatga sabab bo’ldi. Layner Yava oroli yaqinida quladi, uning bortidagi 181 nafar yo’lovchi va 8 nafar ekipaj a’zolarining barchasi halok bo’lgan.
Tehron yaqinidagi halokat 08.01.2020
“Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasiga qarashli avialayner Tehron – Kiyev yo’nalishi bo’yicha parvozni amalga oshirayotgan edi. Havoga ko’tarilganidan uch daqiqa o’tgach, UR-PSR bort raqamli Boeing 737-8KV Eronning jangovar holatda turgan Harbiy Havo Kuchlari tomonidan tasodifan urib tushirildi. Natijada samolyot uchib chiqqan aeroporti yaqinida qulab tushdi, uning bortidagi 176 nafar odamdan hech kim tirik qolmadi.
Mangalurdagi halokat 22.05.2010 yil
Hindistonga qarashli Air-India-Express kompaniyasining bort 737 avialayneri Dubay-Mangalur yo’nalishi bo’yicha parvoz qilayotgan edi. Havo ochiq bo’lishiga qaramay bort VT-AXV qo’nayotgan vaqtda qattiq sirg’anish sodir bo’lib, samolyot qo’nish chizig’idan chiqib ketib, ancha joygacha sirg’anib bordi va jarlikka qulab tushdi. Bortdagi 166 yo’lovchidan 159 tasi halok bo’ldi.
Addsi-Abeba yaqinidagi halokat 10.03.2019
Yangi 737 MAX modelidagi birinchi avialayner halokatidan (Jakartadagi) ko’p o’tmay ushbu modeldagi samolyotlardan yana biri quladi. Uchoq Addis-Abebadan Nayrobiga qarab parvozni amalga oshirayotgan edi. Havoga ko’tarilganiga ko’p bo’lmay, uchuvchilardan biri bortda kelib chiqqan nosozliklar haqida xabar berib, avariya holatida qo’nishga izn so’radi. Biroq parvozning yettinchi daqiqasida ekipaj bilan aloqa yo’qoldi. Birinchi galdagidek halokat sababi ogohlantirishdagi noto’g'ri ma’lumotlar edi. Bortdagi 157 nafar odamlar halok bo’ldi. Bu aviahalokatdan keyin aviakompaniyalar Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni to’xtatdilar.
Сообщения из Facebook